2-mavzu: Ma’naviyat tushunchasi va uning mazmun-mohiyati. Reja
Download 0.6 Mb. Pdf ko'rish
|
2-мавзу
birinchidan, davlat rivojlanishining iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy va ma’naviy-
ma’rifiy sohalaridagi vazifalarni o‘zida mujassamlashtiradi; ikkinchidan, bir davlat, bir mamlakat miqyosida barcha fuqarolarni, turli millat, elat, sinflar va ijtimoiy guruhlarni bir g‘oya va maqsad sari birlashtirishga xizmat qiladi; uchinchidan, davlat olib boradigan ichki va tashqi siyosat g‘oyalarini o‘zida mujassamlashtirib, uni fuqarolarga targ‘ib etadi; to‘rtinchidan, davlat doirasida yashayotgan fuqarolarni yaratuvchilik, bunyodkorlik, ijodkorlik faoliyatlarini faollashtiradi va ularni jamiyat maqsadlariga yo‘naltiradi; beshinchidan, xalqning orzu-umidlarini o‘zida ifoda ettiradi, jamiyatda mavjud bo‘lgan muammolarni hal qilish uchun butun jamiyat va fuqarolarni harakatga keltiradi; oltinchidan, mafkura jamiyatda ma’lum siyosiy, iqtisodiy va ma’naviy- ma’rifiy qarashlarni shakllantiradi. Mafkuraning jamiyat, millat, shaxs va fuqaro hayotidagi ana shunday roliga qaramay, mustaqillikning dastlabki yillarida respublikamizda umuman mafkuraga uning mohiyatini tushunganlar ham, tushunmaganlar ham qarshi kurash boshlab yuborgan edilar. Ya’ni, hech qanday mafkuraga ega bo‘lmagan, mafkuraviy bo‘shliqqa asoslangan, o‘z g‘oyasiga ega bo‘lmagan jamiyat qurish kabi qarashlarni ilgari sura boshladilar. Bu jarayon Birinchi Prezident Islom Karimov tomonidan 2001 yil 6 aprelda respublikamizning bir guruh jamoatchilik vakillari bilan uchrashuvida “Milliy istiqlol mafkurasi”ni yaratish vazifasini kun tartibiga qo‘yguncha davom etdi. “Mafkura har qanday jamiyat hayotida zarur. Mafkura bo‘lmasa odam, jamiyat, davlat o‘z yo‘lini yo‘qotishi mumkin. Ikkinchidan, qaerdaki mafkuraviy bo‘shliq vujudga kelsa, o‘sha yerda begona mafkura hukmronlik qilish tayin”,- deb ta’kidlagan edi. Buni har bir inson chuqur anglashi kerak. Negaki, jamiyat a’zolarining mustahkam va ravshan mafkurasi, g‘oyasi, maqsadi bo‘lmasa inqirozga yuz tutadi. Insoniyat tarixida davlat va jamiyatlar paydo bo‘libdiki, ular egizak holatda mafkuraviy qarashlar bilan mavjud bo‘lgan. Milliy mafkura, avvalambor, o‘zligimizni, muqaddas an’analarimizni anglash tuyg‘ularini jamiyatimiz oldiga qo‘yilgan oliy maqsad va vazifalarni qamrab olishi shart 1 . Milliy g‘oya birinchi navbatda yoshlarni vatanparvarlik, el-yurtga sadoqat ruhida tarbiyalash, ularning qalbiga insonparvarlik va odamiylik fazilatlarini payvand qilishdek olijanob ishlarda madadkor bo‘lishi zarur. Vatanimizning shonli o‘tmishi va buyuk kelajagini uzviy bog‘lab turishni o‘zimizni ulug‘ ajdodlarimiz boqiy merosining munosib vorislari deb his qilishi, shu bilan birga, jahon va zamonning umumbashariy yutuqlariga erishmoqqa yo‘l ochib beradigan va shu maqsadlarga muttasil da’vat qiladigan g‘oya bo‘lishi kerak. Mafkura – umummillatga, umumxalqqa, butun jamiyatga taalluqli ulkan g‘oyalar birligidir. Ammo uning ildizlari har bir insonning vijdonida, imonida, aql- idroki va tafakkurida. Shu bois, haqiqiy, hayotiy chuqur, insoniy mafkurasi bor xalq, mamlakat va jamiyat qudratlidir. Download 0.6 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling