2-mavzu: Ma’naviyat tushunchasi va uning mazmun-mohiyati. Reja


Download 0.6 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/10
Sana06.10.2023
Hajmi0.6 Mb.
#1694078
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
2-мавзу

hech kimga qaram bo‘lmaydi”, deb komil ishonch va qat’iyat bilan jahonga e’lon qildi. 
Binobarin, bu yuksak g‘oya tanlagan yo‘limizdan bizni og‘dirmoqchi bo‘lganlarga 
ogohlantirish bo‘lsa, tinchlikparvar va mehnatsevar xalqimiz uchun ertangi kunga ishonch 
manbai, bunyodkorlik yo‘lidagi ma’naviy tayanch va suyanchdir. 
Mamlakatda o‘tkazilayotgan islohotlar davrida ma’naviyatning o‘rni haqida 
Birinchi Prezident Islom Karimov shunday degan edi: “Moddiy islohotlar, iktisodiy 
islohotlar – o‘z yo‘liga. Ularni hal qilish mumkin. Xalkning ta’minotini xam amallab 
turish mumkin, ammo ma’naviy isloxotlar – qullik, mute’lik iskanjasidan ozod 
bo‘lish, qaddini baland tutish, ota-bobolarimizning udumlarini tiklab, ularga voris 
bulish – bundan og‘irroq va bundan sharafliroq vazifa yo‘q, bu dunyoda”. 
Ma’naviyat o‘z-o‘zidan shakllanadigan narsa emas, u avvalo har bir insonning 
ichki ma’naviy salohiyatini shakllantirish yo‘lida barcha moddiy va ma’naviy 
boyliklarni o‘zlashtirish, Vatan va millat manfaatlari yo‘lida halol, fidoyilik bilan 
mehnat qilish jarayonida shakllanadi. Shu ma’noda “Ma’naviyat – taqdirning ehsoni 
emas. Ma’naviyat inson qalbida kamol topishi uchun u qalban va vijdonan, aql va 
qo‘l bilan mehnat qilishi kerak”. 
Ma’naviyat har qanday taraqqiyot uchun manba bo‘lib xizmat qiladi. Chunki 
ma’naviyat qancha yuksak bo‘lsa, qilinadigan ishlar samaradorligi va unumi ham 
shu darajada yuksak bo‘ladi. 
Ma’naviyat orqali inson va millat qilinayotgan ishlarning mazmuni va 
mohiyatini aniq tushunib yetadi, o‘z mehnatini quvonch hamda taraqqiyot omiliga 
aylantirishga erishadi.
Konseptual 
g‘oyalarni umumlashtiradigan bo‘lsak, ular quyidagi 
yo‘nalishlarni o‘z ichiga oladi: 
- ma’naviy meros va diniy qadriyatlarni chuqur o‘zlashtirish, millatimizning 
o‘z-o‘zini anglashiga erishish, milliy g‘urur va iftixor tuyg‘ularini izchillik bilan 
mustaxkamlash; 
- mustaqillik sharoitida milliy g‘oya va milliy mafkurani shakllantirish hamda 
uni xalqimiz dunyoqarashiga aylanishiga erishish;
- ta’lim tizimini isloh qilish, kadrlar tayyorlash milliy dasturini amalga oshirish 
asosida barkamol avlodni tarbiyalash, sog‘lom avlod dasturini amalga oshirish 
asosida jismonan baquvvat, ruhi, fikri sog‘lom, imon-e’tiqodi butun, bilimli, 
ma’naviyati yuksak, mard va jasur vatanparvar avlodimizni shakllantirish; 
- milliy-ma’naviy salohiyatimizning jahon sivilizatsiyasidagi o‘rnini tiklash va 
bugungi kunda ma’naviyat, ma’rifat, fan, texnika, texnologiya yutuqlarini chuqur 
o‘zlashtirish asosida hozirgi zamon umumjahon ma’naviyati tizimi rivojiga hissa 
qo‘shish. 


Komil inson g‘oyasi – bu g‘oya ham milliy, ham umumbashariy mohiyatga ega 
bo‘lgan, odamzotga xos eng yuksak ma’naviy va jismoniy mukammallikni o‘zida 
mujassam etgan, uni hamisha ezgulikka undaydigan olijanob g‘oyadir. 
O‘zbekiston o‘z istiqloliga erishgandan so‘ng jamiyat ma’naviy hayotini 
sog‘lomlashtirish va rivojlantirishga, inson omiliga katta etibor berdi. 
Komil inson g‘oyasi nafaqat alohida shaxslarni, balki butun-butun xalqlarni 
yuksak taraqqiyot sari yetaklagan, ularni ma’naviyat va ma’rifat sohasida tengsiz 
yutuqlarga ilhomlantirgan. Komillikni orzu qilmagan, barkamol avlodlarni voyaga 
yetkazish haqida qayg‘urmagan xalqning, millatning kelajagi yo‘q. Bunday xalq va 
millat tanazzzulga mahkum. Jamiyat taraqqiyotidagi yuksalishlar, taraqqiyot 
imkoniyatlari, komil inson shaxsining shakllanishi muayyan ma’naviy muhit va 
imkoniyatlar bilan bog‘liq bo‘lgan. 
Milliy g‘oyamizning asosiy maqsadlaridan biri – har tamonlama komil insonni 
tarbiyalashdan iborat. Komil inson esa, bu – ozod shaxs, erkin fikr yurituvchi, o‘z 
xalqining ideallari uchun kurashuvchi, Vataniga halol xizmat qiluvchi insondir.
Komillik – mehr-muruvvat, adolat, to‘g‘rilik, vijdon, or-nomus, iroda, 
tadbirkorlik, matonat kabi ko‘plab asl insoniy xislat va fazilatlarning majmuidir. 
Zardo‘shtiylikning muqaddas kitobi “Avesto”da halol mehnat komillikning 
asosiy mezoni sifatida talqin etilgan. Forobiy, Ibn Sino, Beruniy, Navoiy kabi 
mutafakkirlarning komil insonni tarbiyalash haqidagi fikrlari, jamiyat taraqqiyotiga 
yangi ma’naviy imkoniyatlar izlash maqsadlari bilan bog‘langan.
Komil inson o‘z maslagi, Vatani, xalqi manfaatlariga yot, zararli g‘oyalarni 
tarqatayotgan kimsalar ortidan ko‘r-ko‘rona ergashib ketavermaydi, ogoh va faol 
bo‘ladi. Agar birovga quldek ergashsa, demak ijtimoiy jihatdan u hech narsaga 
erishmagan bo‘ladi. 
Tariximizda komillik timsollari ko‘p: Alpomish – xalqimizning ideal 
qahramoni. U aql, faxm-farosat, jismoniy kamolot, mardlik va vatanparvarlikning 
badiiy timsoli. Hazrat Navoiy uchun ideal – Farhod obrazi. U aqliy va jismoniy 
kamolot egasi. Farhod Naqshbandiyning “Dil ba yoru, dast ba kor” tamoyilini o‘zida 
mujassam etgan shaxs. Oybekning Navoiy romanida esa Navoiy – ideal obraz. Ayni 
paytda u real tarixiy shaxs, komil insondir. Mustaqillikning ezgu g‘oyalarini mana 
shu shunday fazilatgarga ega komil insongina hayotiy e’tiqodga aylantira oladi.

Download 0.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling