2-mavzu: Ma’naviyat tushunchasi va uning mazmun-mohiyati. Reja


 Ma’naviyat, uning mezonlari va milliy-ma’naviy


Download 0.6 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/10
Sana06.10.2023
Hajmi0.6 Mb.
#1694078
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
2-мавзу

 
3. Ma’naviyat, uning mezonlari va milliy-ma’naviy 
tiklanish haqidagi konsepsiyalar 
 
1
Karimov I.A. O‘zbekiston: milliy istiqlol, iqtisod, siyosat, mafkura. 1-jild. – T.: 
O‘zbekiston, 1996, 203-bet.


O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov 
mustaqillikning birinchi kunlaridanoq ma’naviy sohani tubdan yangilash, milliy 
merosni tiklash, ma’naviyatni yuksaltirishning nazariy va amaliy masalalarini ishlab 
chiqdi, bu borada olib borilgan siyosatning ustuvor yo‘nalishlarini belgilab berdi. 
Shu tariqa qisqa muddatda ma’naviyat borasida ilmiy asoslangan nazariya va 
tashkiliy ta’minlangan dastur – yuksak ma’naviyat konsepsiyasi yaratildi. 
Binobarin, erkin demokratik davlat va ozod fuqarolik jamiyati barpo etish uchun 
zarur ma’naviy islohotlarning asosiy yo‘nalishlari, usul va vositalari belgilab berildi. 
Bu mustaqil taraqqiyotning har bir bosqichida ma’naviy sohaning eng muhim 
va dolzarb vazifalarini kun tartibiga qo‘ydi va bularni hal qilish yo‘llarini belgilab 
berdi. Respublikada Ma’naviyat va ma’rifat markazi tuzilib, bu sohaning tashkiliy 
asosi yaratilgan bo‘lsa, “Ma’naviyat asoslari” fani ta’lim-tarbiya tizimiga kiritildi, 
ma’naviyatni milliy istiqlol g‘oyasi ruhida yuksaltirish dasturi ishlab chiqildi. 
“Milliy g‘oya targ‘iboti va ma’naviy ishlar samaradorligini yanada oshirish to‘g‘risida” 
2006 yil 25 avgust Qarori qabul qilindi. Ushbu hujjat jamiyat hayotining juda murakkab va 
muhim, ayni paytda o‘ta mas’uliyatli va sharafli sohasiga, ma’naviyat borasida zudlik bilan hal 
qilinishi lozim bo‘lgan dolzarb vazifalarga bag‘ishlandi. Qarorda ta’kidlanganidek, “xalqaro 
maydonda mafkuraviy, g‘oyaviy va informatsion kurashlar kuchayib borayotgan hozirgi 
murakkab va tahlikali davrda ma’naviy-ma’rifiy ishlarni zamon talablari asosida tashkil etish, 
yoshlarimizni turli mafkuraviy xurujlardan himoya qilish, yurtdoshlarimizning hayotga ongli 
munosabatini shakllantirish” davlatimiz va millatimizning kelajagi uchun beqiyos ahamiyatga 
egadir. 
Haqiqatan ham, ma’naviyat qanchalik yuksak bo‘lsa, inson qalbida johillik, 
yovuzlik, xudbinlik, loqaydlik kabi salbiy illatlarga o‘rin qolmaydi, uning o‘rnida 
yoshlarimiz ongida vatanparvarlik, yaratuvchanlik tuyg‘ulari yuksak darajaga ko‘tariladi, 
daxldorlik hissi ortadi, mas’uliyat va ogohlik kuchayadi. 
Mustaqilligimizni mustahkamlashda, demokratiyani rivojlantirishda ma’naviyatning 
roli nihoyatda kattadir. Chunki, u har bir insonning, ayniqsa yoshlarning ruhan baquvvat 
bo‘lishida, o‘z Vatani va xalqi manfaatlarining fidoyilari bo‘lib yetishishida hamda yot 
mafkuralarga qarshi kurashida muhim omil bo‘lib hisoblanadi. 
Ijtimoiy faollik, mas’uliyat va daxldorlik hissining ortishi, o‘z navbatida, O‘zbekiston 
xalqi qo‘lga kiritgan istiqlolning ma’no-mazmunini, milliy o‘zligimizni to‘la anglab 
yetishda, milliy g‘urur tuyg‘usini mustahkamlashda muhim omil bo‘lib hisoblanadi. 
“Mustaqillik va ma’naviyat” mavzuida fikr yuritganda bu ikki tushuncha bir-biri bilan 
chambarchas bog‘liq, millat taqdiri uchun eng muhim, xalq uchun eng muqaddas ekanini 
ta’kidlash joiz. 
Erksevar xalqimiz mustaqillik tufayli o‘z davlati, o‘z tili, o‘z diniga ega bo‘ldi, milliy 
g‘ururi, qadr-qimmati, izzat-obro‘si tiklandi, jahon xalqlari orasida munosib o‘rin egalladi. 
Kelajagi buyuk davlat, ulug‘vor ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar qudratli ma’naviyat 
zamirida vujudga keladi va amalga oshiriladi. Har bir alohida shaxsning va butun millatning 
ma’naviy kamoloti orqali demokratik huquqiy davlat barpo etiladi. Shu bois ham ma’naviyat 
va ma’rifatga doimo katta e’tibor berib kelinmokda. Shu oqilona siyosat tufayli xalqimiz 
o‘zligini tanib, o‘z shajarasini idrok etmokda, tarix oldidagi buyuk vazifasi – missiyasini 
anglab olmoqda va amalga oshirmoqda. 
Islohotlarning birinchi bosqichida milliy ma’naviyatni yuksaltirish va merosni tiklash 


yo‘lida ko‘zlangan maqsad to‘la amalga oshirildi va keyingi bosqichlardagi dolzarb vazifalar 
uchun zamin hozirlandi. Ma’naviy, g‘oyaviy, mafkuraviy parokandalik davriga barham 
berildi. Ijtimoiy o‘zgarishlar bilan birga milliy ma’naviyatimiz ham yuksala bordi. 
Ma’naviyati yuksak xalqni qul yoki qaram qilish, istibdod yoki jaholat zulmi ostida 
saqlash mumkin emas. O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov, 
Mustaqillik va ozodligimiz kafolati sifatida maydonga chiqib, “O‘zbek xalqi hech qachon 

Download 0.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling