2-mavzu: Ma’naviyat tushunchasi va uning mazmun-mohiyati. Reja
Download 0.6 Mb. Pdf ko'rish
|
2-мавзу
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1. Ahloqiy qadriyatlar.
Qadriyat – tabiiy va ijtimoiy hayotda namoyon bo‘ladigan, odamlar tomonidan
qadrlanadigan ular uchun foydali ahamiyatli, moddiy-iqtisodiy, madaniy-ma’naviy, mafkuraviy, siyosiy, huquqiy, diniy, milliy, ijtimoiy omillar yig‘indisidir. Ma’naviy qadriyatlarning tarkibiy asoslari quyidagilardan iborat: 1. Ahloqiy qadriyatlar. Axloqiy bilimlar, malaka va ko‘nikmalar axloq qoidalari yordamida shaxsning xulq-atvori, xatti- harakatlarini boshqarish tizimidir. Axloqiy madaniyat shaxsning ko‘p qirrali faoliyati davomida shakllanadi va takomillashib boradi. Axloqiy madaniyat ko‘rinishlari, qirralari, shakllari xilma-xil: insonparvarlik, halollik, tashabbuskorlik, mehnatsevarlik; erksevarlik, faollik, ijodkorlik, haqiqatgo‘ylik, mas’uliyatlilik; saxiylik, kamtarlik, poklik va shu kabilar. Axloqiy ong axloqiy madaniyatning negizini tashkil etadi. Axloqiy ong shaxsning ijodiy faoliyatida o‘z ifodasini topadi. Uning mezoni bilim va axloq me’yorlari, axloqiy tafakkur hisoblanadi. Axloq – ma’naviyat o‘zagi, inson axloqi shunchaki, salom-alik xushmuomaladangina iborat emas. Axloq – bu avvalo, insof va adolat tuyg‘usi, imon, halollik deganidir. Axloqiy madaniyatning muhim vazifalaridan biri axloqiy ongni yuqori pog‘onaga ko‘tarishdir. Axloqiy ongning yetukligi uzoq davom etadigan, murakkab jarayon bo‘lib, u insoniyat qo‘lga kiritgan barcha axloqiy-ma’naviy yutuqlarni o‘zlashtirish va shu bilan birga muayyan sharoitni taqozo etadigan muammolarni bartaraf etish jarayonida amalga oshadi. Axloqiy ong vijdon, burch, mas’uliyat, hayo, g‘urur kabi insonning ichki ruhiy hissiyotiga asoslanadi. Axloqiy madaniyatning mag‘zini tashkil etuvchi – insonparvarlik, halol mehnat, o‘zaro yordam, do‘stlik, hamkorlik, o‘zaro hurmat, baynalmilallik, sahovat, vatanparvarlik, burch, kamtarlik kabi yuksak insoniy qadriyatlar axloqiy odat asosida shaxs ongi va faoliyatida tarkib topadi. Axloqiy qadriyatda axloqiy odat, axloqiy bilim, axloqiy ishonch muhim o‘rin tutadi. Demak: - axloqiy ong, axloqiy odat, axloqiy faoliyat shaxs ma’naviy madaniyatini shakllantirishning muhim belgilarini tashkil etadi; - axloqiy madaniyat shaxsning butun hayoti va faoliyati jarayonida rivojlanadi va mazmunan boyib, shakllanib boradi; - axloqiy madaniyat ma’naviy madaniyatning boshqa tarkibiy qismlari bilan o‘zaro aloqada va hamkorlikda shaxs faoliyatiga doimiy izchil, sekin-asta singdirib borilgandagina ijobiy natija beradi. Download 0.6 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling