2-Mavzu: Mehmonxonalar tasniflanishi


  Xizmat ko‘rsatuvchi korxonalar markasi


Download 244.54 Kb.
bet11/11
Sana05.01.2022
Hajmi244.54 Kb.
#210856
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Mehmonxonalarning tasnifi

3.  Xizmat ko‘rsatuvchi korxonalar markasi 
 
AQShda  hukumat  tomonidan  rasman  tasdiqlangan  mehmonxonalarni  tasniflash 
tizimi  mavjud  emas.  Shinamlik  darajasiga  qarab  mehmonxonalar  odatda  5  toifaga 
ajratiladi.  Oliy  toifa  (5  yulduz)  ikki  muassasa:  «American  Automobile  Assosiation» 
(AAA) va «Mobile Travel Guide» tomonidan beriladi.  
Mehmonxona 
tarmoqlari 
mehmonxonalarni 
tasniflashga 
nisbatan 
o‘z 
yondashuviga  ega.  Odatda  ularda  toifalar  emas,  balki  markalar  ajratiladi.  Bunday 
markalar  muayyan  tarmoqdagi  barcha  mehmonxonalarda  amal  qiladi.  Har  bir 
markada nafaqat shinamlik darajasi, balki mehmonxonaning vazifasi, jyolashgan yeri 
va boshqa ayrim mezonlar ham hisobga olinishi mumkin.  
Masalan,  Yevropadagi  yirik  «Accor»  mehmonxonalar  tarmog‘i  (Fransiya)  har 
xil xizmatlar ko‘rsatuvchi korxonalarning bir nechta markasini taklif etadi: 
-  Sofitel; 
-  Nnovotel; 
-  Mercury – u shinamlik va narx-navo darajasiga ko‘ra yana 3 guruhga bo‘linadi:  
-  Relais

Inn – standart nomerlar, sifatli xizmatlar taklif etadi;  


40 


-  Hotell

Mercury  –  nisbatan  yuqori  saviyada  xizmat  ko‘rsatiladi,  shinamlik 
darajasi ham yuqori; 
-  Grand

Hotell  –  mehmonxona  juda  qulay  yerda  joylashgan,  shinamlik  darajasi 
juda yuqori bo‘ladi, kun bhyi xizmat ko‘rsatiladi; 
-  Ibis; 
-  Etap; 
-  Formule 1. 
Bozor  kon’yunkturasidan  kelib  chiqib,  «Accor»  mehmonxonalar  tarmog‘i, 
turizm bozorining ma’lum segmentlariga xizmat ko‘rsatish maqsadida, qaysi markaga 
egaligidan qat’i nazar, bir qancha mehmonxona korxonalarini birlashtiradi. Masalan, 
«Novotel»  va  «Mercury»  markasiga  ega  bo‘lgan  ayrim  mehmonxonalar 
kongressmenlar, ko‘rgazmalar va boshqa shunga  o‘xshash anjumanlar va tadbirlarni 
qabul  qilish  va  ularga  xizmat  ko‘rsatishga  ixtisoslashgan  «Atria»  guruhiga  kiradi. 
Mehmonxonalarning boshqa bir guruhi o‘z nomida «Goralia» belgisiga ega bo‘ladi – 
bu «kurort mehmonxonasi» degan ma’noni anglatadi.  
AQShdagi «Holiday Inn» yirik mehmonxonalar tarmog‘i markalarni belgilashda 
mehmonxona  korxonasi  qayerda  joylashganini,  mijozlar  bu  yerda  qancha  vaqt 
bo‘lishini va ayrim boshqa mezonlarni hisobga oladi va quyidagi markalarni nazarda 
tutadi: 
-  Garden Cort – iqtisodiy toifadagi mehmonxonalar; 
-  Holiday Inn express – kvartira tipidagi mehmonxonalar (apart-otellar); 
-  Holiday  Inn  sun  sprii  resorts  –  katta  daromadli  shaxslar  uchun  mo‘ljallangan 
kurort mehmonxonalari; 
-  Holiday Inn select – ishbilarmon odamlar uchun mo‘ljallangan mehmonxonalar; 
-  Holiday  Inn  hotels  end  –  nomerlar  fondining  10%  ni  uzoq  vaqt  yashaydigan 
ishbilarmon  odamlar  uchun  mo‘ljallangan  apartamentlar  tashkil  etuvchi 
mehmonxonalar. 
Ayrim hollarda mehmonxonalar markalarining nomlari foydalanuvchiga tegishli 
axborot  bermaydi.  Shu  bois  turoperatorlar  har  bir  markani  Yevropa  tizimidagi 
yulduzlar  miqdoriga  mos  ravishda  belgilay  boshladilar.  «Accor»  mehmonxonalar 
tarmog‘i bilan  bog‘liq holda:  Sofitel – 5 yulduz; Novotel – 4 yulduz; Mercury – 3 
yulduz; Ibis – 2 yulduz; Formule 1 – yulduzsiz. 
Download 244.54 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling