Jahonda Fransiya milliy tasniflash tizimi ayniqsa keng tarqalgan. Bu tizim
turistik mehmonxonalarni 6 toifaga ajratadi. Shulardan besh toifa mehmonxonalarga
ma’lum miqdorda yulduzlar berishni nazarda tutadi (1 yulduzli, 2 yulduzli, 3
yulduzli, 4 yulduzli yoki 5 yulduzli mehmonxonalar). Bir toifa – yulduzsiz. Bunday
tizim mehmonxona xizmatlari bozorini ancha to‘liq qamrab olish imkonini beradi.
Minimal talab-mezonlarga javob bermaydigan mehmonxona toifa olishga
da’vogar bo‘la olmaydi. Bunday talab-mezonlar quyidagi guruhlarga birlashtirilgan:
A – xonalar miqdori;
V – umumiy binolar va xonalar;
S – mehmonxonaning jihozlanishi;
D – yashash joyining shinamligi;
E – xizmat ko‘rsatish;
F – nogironlar hamda harakatlanishi cheklangan shaxslarga yaratilgan
qulayliklar.
Do'stlaringiz bilan baham: |