2-Mavzu: Mehmonxonalar tasniflanishi


Download 244.54 Kb.
bet7/11
Sana05.01.2022
Hajmi244.54 Kb.
#210856
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Mehmonxonalarning tasnifi

Shinamlik darajasi - kompleks mezon. U quyidagilardan tarkib topadi: 
-  nomerlar  fondining  holati:  nomerlar  maydoni  (m2),  bir  o‘rinli  (bir  xonali),  ko‘p 
xonali  nomerlar,  apartament  nomerlarning  ulushi,  kommunal  qulayliklarning mavjudligi va h.k.; 
-  mebel, inventar, sanitariya-gigiyena ashyolari va sh.k.ning holati; 
-  ovqatlanish  korxonalari:  restoranlar,  qahvaxonalar,  barlar  va  h.k.ning  mavjudligi 
va holati; 
- binoning, unga keladigan yo‘llarning holati, mehmonxonaga yondosh hududning 
obodonlashtirilganligi; 
- axborot  bilan    ta’minlash  va  texnik  jihozlash,  shu  jumladan  telefon,  yo‘ldosh 
aloqasi,  televizorlar,  muzlatgichlar,  mini-barlar,  mini-seyflar  va  h.k.ning 
mavjudligi; 
- ayrim qo‘shimcha bepul va pullik xizmatlar ko‘rsatish imkoniyatining mavjudligi. 
Sanab  o‘tilgan  mezonlar  hozirgi  kunda  dunyoda  mavjud  bo‘lgan  barcha 
mehmonxonalarni tasniflash tizimlarida qo‘llaniladi. Bundan tashqari, xodimlarga va 
ularning  tayyorgarligi:  ma’lumoti,  malakasi,  yoshi,  sog‘lig‘i,  chet  tillarni  bilishi, 
tashqi ko‘rinishiga ham bir qancha talablar qo‘yiladi.  
Hozirda  jahonda  ma’lum  30  dan  ortiq  tasniflash  tizimlari  zamirida  shinamlik 
darajasi yotadi. Ular orasida quyidagi tasniflash tizimlari ayniqsa keng tarqalgan: 
  Yevropa  tasniflash  tizimi  yoki  «yulduzlar»  tizimi.  Fransiya  milliy  tasniflash 
tizimi  asosida  tuzilgan.  Uning  zamirida  mehmonxonalarni  1  dan  5  yulduzgacha 
bhlgan  toifalarga  ajratish  yotadi.  Bunday  tizim  Fransiya,  Avstraliya,  Vengriya, 
Misr, Rossiyada va boshqa bir qancha mamlakatlarda qo‘llanadi; 
  harflar tizimi (A, V, S, D). Gresiyada qo‘llanadi; 
«tojlar» tizimi. Buyuk Britaniyada amal qiladi; 
  hind tizimi. 
Rivojlanayotgan  mamlakatlarda  mehmonxonalarni  tasniflashning  hind  tizimi 
ayniqsa keng tarqalgan. Bu tizim ham mehmonxonalarni besh toifaga: «bir yulduzli», 
«ikki yulduzli», «uch yulduzli», «thrt yulduzli», «besh yulduzli» toifalarga ajratishni 
nazarda  tutadi.  Bu  toifalarni  maxsus  komissiya  ballar  bo‘yicha  baholash  asosida 
belgilaydi.  Ma’lum  toifa  mehmonxonalariga  tizim  tomonidan  qhyilgan  talablar 
ballarda  baholanadi.  Bunda  har  bir  band  bo‘yicha  mumkin  bo‘lgan  maksimal  baho 
belgilanadi.  Komissiya  hz  ixtiyoriga  khra  tasniflash  talablarida  nazarda  tutilmagan 
har  qanday  qo‘shimcha  xizmatlar  uchun  15  ballgacha  baho  qo‘yishi  mumkin. 
Muayyan  toifani  olish  uchun  mehmonxona  ayni  toifa  uchun  belgilangan  ballarning 
minimal  miqdorini  to‘plashi  lozim.  Bunda  har  bir  band  bo‘yicha  to‘plangan  ballar 
miqdori  maksimal  bahoning  50%  dan  kam  bo‘lmasligi  kerak.  Ammo  oxirgi  shart 
alohida  hollarda  komissiya  tomonidan  bir  yoki  ikki  band  uchun  majburiy  emas  deb 
topilishi  mumkin,  basharti  mehmonxona  bungacha  ballarning  zarur  minimal 
miqdorini  to‘plagan  bo‘lsa.  Mehmonxonalarni  tasniflashning  hind  tizimi  umumiy 
ovqatlanish korxonasini «restoran» toifasiga kiritish uchun zarur talablarning alohida 
ro‘yxatini  o‘z  ichiga  oladi.  Bu  toifaga  mansub  deb  topishlari  uchun  umumiy 
ovqatlanish  korxonasi  ham  ballarning  minimal  miqdorini  hamda  har  bir  band 
bo‘yicha ballar maksimal miqdorining kamida 50% ni to‘plashi lozim.  
Misol.  «1  yulduz»  toifasi:  bu  toifaga  mansub  mehmonxona  yaxshi  hududda, 
mehmonxona  uchun  yaroqli  binoda  joylashgan  bo‘lishi  kerak  (maksimal  baho  15 
ball);  mijozlar  bilan    aloqa  qiluvchi  xodimlar  ingliz  tilini  ish  uchun  zarur  hajmda 
bilishi kerak (maksimal baho 5 ball) va h.k. «2 yulduz» toifasini olish uchun 150 ball, 
«3 yulduz» uchun – 210 ball, «4 yulduz» uchun – 250 ball, «5 yulduz» uchun – 290 
ball to‘plash kerak. Har bir davlatda mehmonxonalarni tasniflash mezoni – shinamlik 
darajasi  har  xil  tushuniladi.  Mana  shu  holat,  shuningdek  davlatlarning  madaniy-
tarixiy  va  milliy  an’analari  bilan    belgilangan  bir  qancha  omillar  jahonda 
mehmonxonalarning  yagona  tasnifini  joriy  etishga  monelik  qiladi.  Jahon  turistik 
tashkiloti  (JTT),  Yevropa  hamjamiyati  Mehmonxona  va  restoran  sanoati  qo‘mitasi, 
Xalqaro  mehmonxonalar uyushmasining bu  yo‘nalishdagi  faoliyati  hozircha  samara 
bermayapti.  JTT  faqat  joylashtirish  vositalarining  standart  tasnifini  taklif  etgan.  Bu 
tasnifda  mehmonxonalar  va  shunga  hxshash  korxonalar  to‘rt  katta  guruhdan  biriga 
kiritiladi  (6-sxema).  Yevropa  mehmonxonalar  bozorida  Yevropa  hamjamiyati 
Vazirlar 
Kengashi 
tomonidan 
1986 
yil 
23 
dekabrda 
qabul 
qilingan 
standartlashtirilgan  axborot  yagona  tizimi  amal  qiladi.  Bu  tizim  ko‘p  sonli 
piktogrammalar  –  shartli  rasmlardan  iborat  (2-rasm).  Standartlashtirilgan  axborot 
tizimining  maqsadi  turistlar  Yevropa  bo‘ylab  sayohat  qilishlarini,  joylashtirish 
korxonalari  bilan    bog‘liq  yo‘lko‘rsatgichlar,  kataloglar,  prospektlarni  o‘qishlari  va 
tushunishlarini  yengillashtirishdan  iborat.  Bu  tizim  juda  qulay  bo‘lib,  bir  qancha 
ustunliklarga  ega.  U  ob’ektiv,  informativ,  uni  boshqarish  oson,  adashtiradigan 
talqinlar  qo‘llanishiga  yo‘l  qo‘ymaydigan  iste’molchilarning  manfaatlarini  himoya 
qilish bo‘yicha amaldagi qonun hujjatlari yordamida nazorat qilinadi.  
 
 
 
 
 
 
 
 
 


Download 244.54 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling