2-mavzu: mustaqillikka erishish arafasida o’zbekistondagi ijtimoiy-siyosiy jarayonlar reja


SEMINAR MASHG’ULOTLARIDA TALABALAR BILIM VA


Download 1.13 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/12
Sana01.03.2023
Hajmi1.13 Mb.
#1239282
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
2-Seminar

1.2. SEMINAR MASHG’ULOTLARIDA TALABALAR BILIM VA 
KO’NIKMALARINI OSHIRISHGA QARATILGAN TOPSHIRIQLAR 
MUNOZARA OLDIDAN TALABALAR UCHUN TARQATMA 
MATERIALLAR 
O’ZBEKISTON QARAMLIK (1980-1990) YILLARIDA 
(ASOSIY TUSHUNCHALAR VA ATAMALAR) 
RSFSR. (Rossiya Sovet Federativ Sotsialistik Respublikasi). 1917 yil 
oktyabrda V.I.Lenin boshchiligida Bolsheviklar tomonidan davlat to’ntarishi 
o’tkazilgach Rossiya Imperiyasi (1721-1917) tugatilib uning o’rnida RSFSR tashkil 
etildi. Rossiya davlatining bu rasmiy nomi 1917 yildan 1991 yilgacha amalda bo’ldi. 
1991 yildan Rossiya Federatsiyasi (RF) deb yuritilmoqda.
SSSR. (Soyuz Sovetskix Sotsialisticheskix Respublik). Jahon siyosiy 
xaritasida bu nom 1922 yil 30 dekabrda paydo bo’lib, RSFSR, UkSSR (Ukraina), 
BSSR (Belorussiya) va ZSFSR (Zakavkaze Sotsialistik Federativ Sovet 
Respublikasi) larning ittifoqi sifatida tashkil etiladi. Keyingi yillarda uning tarkibiga 
birin-ketin qator «ittifoqchi» sovet respublikalari karitiladi. O’zSSR 1925 yil mayda 
ittifoq tarkibiga qabul qilinadi. 1940 yilga kelganda uning tarkibidagi respublikalar 
soni 15 taga yetadi. Zo’ravonlikka asoslangan bu sun’iy davlat juda qisqa umr ko’rib 
1991 yilga kelib parchalandi.
Sotsializm (lot. socialis – ijtimoiy) –xususiy mulkni ijtimoiy (umumiy) 
mulkka aylantirish orqali erkinlik va tenglikka, baxt va farovonlikka erishish 
mumkin deb hisoblovchi ta’limot. Sotsializm tarafdorlari ana shu yo’l bilan qurilgan 
ijtimoiy tuzumni ideal (barchaga manzur, oqilona) jamiyat deb hisoblaganlar. 
Sotsializmda inson xususiy mulkdan tamomila ajratiladi. Oqibatda inson o’z 
individual xususiyatlaridan ham mahrum etiladi. U “omma”ga aylanib, o’z “meni”ni 
ham yo’qotadi. Jamiyatda zo’ravonlik, tobelik kuchayadi.
XX asrning 20-30 yillarida SSSRda, ikkinchi jahon urushidan keyin SHarqiy 
Yevropaning barcha mamlakatlarida, shuningdek, Osiyoning ba’zi mamlakatlarida 
sotsializm tuzumi o’rnatildi. Sotsializm to’g’risidagi tasavvurlar dunyoning 
muayyan qismiga yoyildi. Sotsializm qurilishi e’lon qilingan mamlakatlarning 
barchasida davlat mulkining monopoliyasi, direktivali markazlashtirilgan 
rejalashtirish, shuningdek, qonunsizlik, ma’naviy-diniy qadriyatlarning inkor etilib, 
oyoq osti qilinishi, o’zgacha fikrlovchilarga toqat qila olmaydigan bir guruh 
shaxslarning yakka hukmronligi va diktaturasi o’rnatildi.
Totalitar rejimlarning hukmronligi iqtisodiy, siyosiy va ma’naviy bo’hronga (krizis-
inqirozga), dunyoning rivojlangan mamlakatlaridan orqada qolishiga olib keldi. 
O’zbekiston ham shu jarayondan chetda qolmadi. Bu yerda ham hunarmandlar
savdogarlar, tadbirkorlar va erkin kasb egalari tugatildi. Zo’rlik asosida qurilgan bu 
tuzumda quloq qilish, o’zbek ayollarini ozodlikka chiqarish, jamoalashtirish siyosati 
va boshqa ko’rinishdagi qatag’onlarni sotsializm qurish yo’lidagi qonuniy jarayon 
sifatida asoslashga urinildi.
XX asrning 80-90-yillari chegarasiga kelganda sotsializm jamiyatning ob’ektiv 
taraqqiyoti qonuniyatlariga zid, oxiri yo’q va sarob g’oya ekanligini yuqorida 



keltirilgan mamlakatlar xalqlari o’z hayotlarida sinab ko’rib, bu g’oyadan ixtiyoriy 
va ommaviy ravishda voz kechdilar.

Download 1.13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling