2-mavzu: mustaqillikka erishish arafasida o’zbekistondagi ijtimoiy-siyosiy jarayonlar reja


Download 1.13 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/12
Sana01.03.2023
Hajmi1.13 Mb.
#1239282
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
2-Seminar

Kompartiya (Komfirqa). Sobiq SHo’rolar davlatida ijtimoiy siyosiy
madaniy, g’oyaviy va mavkuraviy hayotning barcha sohalarini o’z iskanjasiga olgan 
partiya. Bu partiya 1898-1917 yillarda RSDRP, 1917-1918 yillarda RSDRP (b), 
1918-1925 yillarda RKP (b), 1925-1952 yillarda VKP (b), 1952-1991 yillarda KPSS 
deb qisqartma nomlar bilan yuritilgan.
YEr-suv islohotlari. O’zbekistonda mustabid sovet (sho’ro)lar hokimiyati 
o’rnatilgach qishloq xo’jaligini isloh qilish jarayonida 1925-1929 yillarda 
o’tkazilgan islohotlar. Yirik dehqon xo’jaliklarining tugatilib, o’rnida mayda dehqon 
xo’jaliklarini tashkil qilish va o’ziga to’q xo’jaliklarni g’ayriqonuniy ravishda 
«quloqlashtirish» bilan xarakterlanadi. Yer suv islohotlari qishloq xo’jaligini 
zo’ravonlik yo’li bilan yalpi jamoalashtirish jarayonini tezlashtirish uchun qulay 
shart-sharoitlar hozirladi.
Jamoalashtirish (kollektivlashtirish) -qishloq xo’jaligida mulkdorlar 
tabaqasini tugatish maqsadida sovet hukumatining 1929-1933 yillarda o’tkazgan 
siyosati. Unga ko’ra xususiy tadbirkor va o’ziga to’q dehqon xo’jaliklariga qarashli 



yerlar davlat foydasiga tortib olinib, ularning o’rnida davlat xo’jaliklari (sovxoz) va 
jamoa xo’jaliklari (kolxozlar) tashkil etildi. Yeri tortib olingan zamindorlar, boy 
dehqon xo’jaliklari, o’ziga to’q xonadon sohiblari kolxozlashtirishga qarshi chiqishi 
mumkin deb, ichki ishlar xodimlari tomonidan xalq dushmani deb e’lon qilindilar. 
«Quloq» qilinganlar Ukraina, Sibir va Qozog’istonning odam yashamaydigan 
cho’llariga, o’rmonlarga surgun qilindi. «Mehnatkashlar uchun» amalga oshirilgan 
jamoalashtirishning mamlakat xo’jaligi uchun yutug’idan ko’ra zarari ko’proq 
bo’lib chiqdi. CHunki bu tadbir o’zbek xalqining yer mulkchiligi bilan bog’liq bir 
necha ming yillik tarixiy ana’anasiga tamomila zid amaliyot edi. SHuning uchun 
ham jamoalashtirishga qarshi noroziliklar aksariyat hollarda siyosiy tus ham olgan 
edi.

Download 1.13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling