2-mavzu: mustaqillikka erishish arafasida o’zbekistondagi ijtimoiy-siyosiy jarayonlar reja


Download 1.13 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/12
Sana01.03.2023
Hajmi1.13 Mb.
#1239282
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
2-Seminar

SHovinizm 
(fransuzcha 
«chauvinisme»)-millatchilikning 
keskin 
ko’rinishlaridan biri, bir millatning ikkinchisidan ustun qo’yish. SHovvinistik 
siyosat millat yoki xalqlar o’rtasida o’zaro dushmanlik munosabatlarini keltirib 
chiqarishga qaratilgan siyosat shovinistik siyosat deb yuritiladi.



Ateizm (fr. «theos» xudo, gr. «a» inkor yuklamasi). -Xudosizlik, xudoni inkor 
etish. Marksizm-leninizm g’oyalariga ko’ra xudoning mavjudligini inkor etish. 
Sobiq sho’rolar davrida kommunistik partiya tomonidan ommoviy ravishda targ’ib 
qilingan g’ayriinsoniy ta’limot.
Ma’lumki, din dunyo, inson, mavjudodlarning kelib chiqishini, hayotning mazmuni 
va ma’nosini, insonning yashashdan maqsadlari kabi savollarga javob beruvchi 
dunyoqarash shakli xisoblanadi.
SHo’rolar davrida dinga qarshi olib borilgan xuruj va xujum, tashviqot va targ’ibot 
oxir-oqibatda, istibdodchilar kutgan natijani bermadi va din faqatgina qoloqlikning, 
savodsizlikning, fan yutuqlarini bilmaslikning natijasi deyish nihoyatda yuzaki fikr 
ekanligini, din inson tafakkuri, madaniyati, ma’naviyati, ruhiyati, kundalik hayoti 
bilan juda murakkab bog’langanligini ko’rsatdi. Din har bir jamiyat, davlat va 
mamlakatning madaniy, ma’naviy, ruhiy hayotida hamma vaqt ma’lum o’rinni 
tutgan va bundan keyin ham shunday bo’lib koladi. Darhaqiqat, bugungi Amerika 
Qushma SHtatlarining milliy volyutasi-dollarning orqa tomoniga «In god wee trust» 
-ya’ni «Biz xudoga ishonamiz» degan so’zlar yozib qo’yilgan.
«Qizil imperiya». 1917-1991 yillarda mavjud bo’lgan Sobiq Sovet Ittifoqi 
(SSSR) ga tarixchilar, badiiy ijod ahli va ilmiy ziyolilar tomonidan ishlatiladigan 
atama. SHo’rolar davlatining bayrog’i qizil rangda bo’lganligi uchun shunday 
nomni olgan. g’arb ommaviy axborot vositalarida bu davllat «xalqlar turmasi» deb 
ta’riflangan bo’lsa, AQSH prezidenti R.Reygan (1980-1992) Sovet Ittifoqini 
«Yovuzlik imperiyasi» deb atagan edi. «Imperiya» so’zi lotincha so’z bo’lib, mutlaq 
hokimiyatga ega hokimni, mahkumlar, mazlumlar ustidan cheklanmagan huquqqa 
ega, jabr-zulm va ezishga asoslangan idora etish va boshqarish usulini
mustamlakalarga egalik qiluvchi va qaram xalqlarni asoratga solib shafqatsiz 
ekspluatatsiya qiluvchi yirik tajovuzkor davlatni bildiradi.
Orol muommosi. XX-asr 60-yillaridan sovet hukumatining tashabbusi bilan 
O’zbekistonda paxta yetishtirish ko’rsatkichlarini yanada oshirish maqsadida yangi 
ekin maydonlarini ochish, irrigatsiya tarmoqlarini barpo etish kompaniyasi 
boshlandi. Bu rejani amalga oshirish maqsadida Amudaryo va Sirdaryoning suv 
resurslari paxta ekin maydonlarini sug’orish uchun sarflanib Orol dengiziga suv 
quyilishi umuman yo’q darajaga borib yetdi. Orol dengizining qurishi oqibatida 
yerlarning sho’rlanishi, tuproq unumdorligining keskin pasayib ketishi, atmosfera 
havosining ifloslanishi natijasida o’simlik va hayvonot dunyosining tabiiy 
muvozanati buzildi. Atrof muhitdagi ekologik o’zgarishlar bevosita inson 
salomatligiga ham jiddiy havf sola boshladi. Bu esa o’zbek xalqining ijtimoiy 
siyosiy hayotida orol muommosi kabi global muommoni yuzaga keltirdi. CHunki 
orol muommosi allaqachon O’zbekiston doirasidan chiqib yon-atrofdagi xududlar 
va butun mintaqaning tabiiy muvozanatini buzuvchi katta bir ekologik tahdidga 
aylanib qoldi. SHu ma’noda Orol muommosini sobik sovet tuzumi o’zbek xalqiga 
og’ir meros sifatida qoldirdi. Bugungi kunda bu muommo nafaqat mustaqil 
O’zbekiston davlati, balki butun xalqaro hamjamiyatning asosiy diqqat 
markazida turibdi. 




Download 1.13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling