2-mavzu: mustaqillikka erishish arafasida o’zbekistondagi ijtimoiy-siyosiy jarayonlar reja


Download 1.13 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/12
Sana01.03.2023
Hajmi1.13 Mb.
#1239282
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
2-Seminar

«Xujum» harakati. O’tgan asrning 20 yillari oxirida, aniqrog’i 1927 yilning 
bahoridan boshlangan o’zbek xotin-qizlarini ozodlikka chiqarish (paranji tashlash, 
erkin kasb tanlash, huquqiy tenglikka erishish) kompaniyasi. «Hujum» harakatini 
boshlash, eski turmushga hujum qilish, ya’ni o’zbek xotin qizlarini ozodlikka 
chiqarish uchun zarurat bor edi, biroq bu harakat bolsheviklar tanlagan tezkorlik 
yo’li bilan emas, asta-sekin, bosqichma-bosqich amalga oshirilishi kerak edi. 
Bolsheviklar zo’ravonlik, ma’muriy yo’l bilan bir yo’la 100 ming ayolning 
paranjisini tashlattirdilar. Lekin partiyaning bu siyosati mahalliy xalqlar o’rtasida 
(hatto ayollar o’rtasida ham) norozilikni keltirib chiqardi. Endi hujumga qarshi 
bo’lgan ayollarga nisbatan zulm o’tkazila boshlandi. 1927-28 yillarda bu borada 
O’zbekistonda 2,5 minglan ortiq faol xotin-qizlar hayotdan ko’z yumishgan. 
Totalitarizm (lot. Totalis –butun, hammasi, to’la) - davlat boshqaruvining 
g’ayridemokratik shakllaridan biri bo’lib, unda jamiyat hayotining barcha sohalari 
ustidan davlat hokimiyat organlari to’liq nazorati o’rnatiladi. Siyosiy erkinliklar 
bo’g’ilib, ommaviy axborot vositalariga tsenzura (davlat nazorati) o’rnatiladi. Erkin 
fikr ta’qiqlanadi va qatag’on qilinadi.
Byurokratiya (fr. bureau – yozuv stoli, ish kabineti, devonxona. yunon. 
kratos – qudrat, hokimiyat) – davlat va jamiyatni xalqdan ajralgan holda u bilan 
hisoblashmasdan ma’muriy buyruqbozlik yo’li bilan boshqarish usuli. Byurokratik 
boshqaruvda xalqqa berilgan va’dalar faqat qog’ozda qolib ketib, u hech qachon 
amalda bajarilmay qoladi. Ana shu qog’ozbozlik va to’rachilik ma’muriy boshqaruv 
tuzilmalardan tortib ijtimoiy-iqtisodiy hayotning barcha jabhalariga kirib boradi. 
Hukumat va yuqori tashkilotlarning buyruq-ko’rsatmalari amalda bajarilmagan 
bo’lsa ham qog’ozda bajarilgan qilib ko’rsatiladi. Qog’ozda aks ettirilgan 
ko’rsatkichlar va yutuqlar hayotga tadbiq etilmaydi.
Sobiq SHo’rolar davlatida byurokratizm bu kapitalistik jamiyatga xos 
xususiyat, sotsialistik tuzumda byurokratizmga yo’l qo’yilmaydi deb balandparvoz 
shiorlar ilgari surilgan bo’lsa-da, byurokratiyaning asl ko’rinishlari aynan sho’rolar 
jamiyatida gullab yashnadi.

Download 1.13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling