2-mavzu. Ontologiya-borliq haqidagi falsafiy ta'limot. Ong. Ijtimoiy ong va uning asosiy shakllari. (2 soat) Reja
Download 115.65 Kb.
|
2-mavzu
Borliq va yoʻqlik dialektikasi. Falsafa tarixida birinchi boʻlib
Parmenid «Borliq bor, yoʻqlik esa – yoʻq»,degan fikrni ilgari surgan. Binobarin, yaxshi, yomon, toʻgʻri, notoʻgʻri, quvnoq, shoʻr, oq, qora, katta, kichkina kabi va shunga oʻxshash sifatlar borliqqa nisbatan qoʻllanilishi mumkin emas. Borliqni biron-bir koordinatalar tizimiga joylashtirib boʻlmaydi, uni faqat vaqtda fikrlash mumkin. Muxtasar qilib aytganda, borliqni har qanday voqelik ega boʻladigan umumiy, universal va betakror mavjudlik qobiliyati, deb tavsiflash mumkin. Bu fikr esa amalda mavjud narsagina borliqqa ega boʻlishi mumkin, degan xulosa chiqarish imkonini beradi. «Yoʻqlik» har qanday tilda amalda mavjud boʻlmagan narsa bilan tenglashtiriladi va boshqacha tushunilishi mumkin ham emas. Boshqacha aytganda, yoʻqlik borliqni inkor etadi va narsa, jism, hodisa, ong... (ya‘ni amalda mavjud boʻlishi mumkin boʻlgan narsalar) oʻzligini yoʻqotgan holda «yoʻqlik» ata‘masi ayni shu ma‘noda ishlatiladi va ular haqida ular «yoʻqlikka chekindi», mavjud emas, deyiladi. Lekin sof falsafiy ma‘noda bu fikrni toʻgʻri deb boʻlmaydi. Borliq va yoʻqlik oʻrtasida dialektik oʻzaro aloqa mavjud. Birinchidan, dunyo haqidagi hozirgi tasavvurlarga koʻra, biz yashayotgan Olam boʻshliqdan bino boʻlgan. Boʻshliq materiya‘ning alohida holati. Boʻshliq fizik borliqning eng boy tipi, oʻziga xos potensial borliq sifatida namoyon boʻladi, zero unda mumkin boʻlgan barcha zarralar va holatlar mavjud, biroq ayni vaqtda unda aktual tarzda hech narsa yoʻq1. Yana shuni ham e‘tiborga olish lozimki, fiziklar (D.A.Landau, va boshqalar) nuqtayi nazaridan biz yashayotgan Olam ham dunyoda yagona emas, chunki u rivojlanishning turli sikllarini boshidan kechirayotgan turli Olamlarning Cheksiz sonidan tashkil topadi. Shu ma‘noda borliq va yoʻqlikning oʻzaro aloqasi ham nisbiy xususiyat kasb etadi. (bu fikr qadimgi mifologiyada olamning xilma-xilligi gʻoyasi bilan uygʻun). Ikkinchidan, amalda mavjud boʻlgan narsaning obyektiv borligʻi yoʻqlikka chekinadi, lekin, shunga qaramay u haqda gapirilayotgan, ya‘ni u muayyan narsa sifatida fikrlanayotgan boʻlsa, bu narsa ongda mavjud boʻladi va oʻzining «ikkinchi» borligʻini saqlaydi, ayni holda u dastlabki obyektning nusxasi, ideal obrazi boʻlib qoladi. Shunday qilib, oʻtgan zamondagi borliq yoʻqlikdir, deb aytish mumkin. Borliq doim hozirgi zamonda mavjud boʻladi, u faqat hozirgi zamonda oʻzini namoyon etadi, basharti u dolzarb va amalda namoyon boʻlish imkoniyatiga ega boʻlsa, agar u potensial, ya‘ni axborot manba‘larida mavjud yoki uning paydo boʻlishi obyektiv rivojlanish mantigʻi bilan belgilangan boʻlsa. Amalda yoʻq boʻlgan narsa haqida ideal obraz sifatida fikrlash mumkin. Boshqacha aytganda, unga ideal obraz tarzidagi ideal borliq shaklshamoyilini berish mumkin. Oʻtmishga tatbiqan biz borliq haqida faqat shu ma‘noda soʻz yuritishimiz mumkin. Aynii shu ma‘noda biz gʻoyalar, narsalar, voqealar, tarixiy shaxslar yoki oʻzimizga yaqin odamlar toʻgʻrisida soʻz yurita‘miz, bunda ular yoʻqlikka aylanmagani, balki yangicha mavjudlik, xotira tarzidagi oʻzgacha borliq kasb etganini nazarda tuta‘miz. Shunday qilib, borliq falsafiy kategoriya sifatida dunyoni butun rangbarangligi va turli-tuman namoyon boʻlish shakllari bilan yaxlit aks ettirish imkonini beradi. Bunda narsalar, predmetlar, hodisalar oʻz xususiyatlari, xossalari bilan jamuljam holda aks etadi. Dunyoni va uning tarkibiy qismi boʻlmish insonni bilish yoʻlidagi bu muhim qadam bilan dunyoning tabiati va mohiyati, uning rang-barangligi, turli darajalari, koʻrsatkichlari, ramza‘lomatlari, shakllari va hoka‘zolar haqidagi mulohazalarning asosiy koordinatalar tizimsi belgilanadi. Buning uchun mohiyat, hodisa, substansiya, materiya, ong, makon, vaqt, qonun kabi yangi falsafiy kategoriyalar muomalaga kiritiladi. Inson oʻzi va umuman dunyo haqida oʻylar ekan, odatda muayyan narsalar va ayrim tabiiy hodisalar bilan ish koʻradi. aynii vaqtda u oʻzini qurshagan dunyoni sinchiklab oʻrganish va uning butun rang-barangligini tushunib etish uchun muayyan tayanch nuqtasi boʻlib xizmat qiladigan qandaydir asosning shak-shubhasiz mavjudligini qayd etadi. Falsafa tarixidan biz bunday asos sifatida, masalan, Suqrotdan oldingi qadimgi yunon faylasuflarida tabiat elementlari, oʻrta asrlar falsafasida Xudo, Dekartda: «Men fikrlayapman, demak, mavjudman», degan ongli inson amal qilganini koʻramiz. Ammo inson bilishning bu birinchi bosqichida toʻxtab qolmagan va oʻzini qurshagan borliqning koʻp sonli turli-tuman holatlari orasida qolgan barcha narsalardan sezilarli darajada farq qiladigan narsalarni, borliqning ayni shu shakli voqelikning boshqa shakllari va holatlaridan nima bilan farq qilishini aniqlashga harakat qilgan. Bugungi kunda insoniyat borliqning koʻp sonli turli-tuman shakllaridan ularning,ayniqsa,aniq boʻlgan bir nechtasini farqlash imkonini beradigan tajriba va bilim toʻpladi. Download 115.65 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling