2-mavzu. Ontologiya-borliq haqidagi falsafiy ta'limot. Ong. Ijtimoiy ong va uning asosiy shakllari. (2 soat) Reja
Download 115.65 Kb.
|
2-mavzu
- Bu sahifa navigatsiya:
- Noklassik borliq.
XX asrda borliqqa munosabat. XX asr borliqni tushunishni tarixiylik,
insonning mavjudligi, qadriyatlar va til bilan bogʻlab, uning talqinini kengaytirdi. Neopozitivizm falsafiy yoʻnalishi esa, avvalgi ontologiya falsafaning emas, balki ayrim fanlarning predmeti deb hisoblab, falsafadagi borliq muammosini soxta muammo sifatida talqin qildi. Borliq mohiyatini tushunib etishda eng yangi qarashning oʻzagini insonning ijtimoiy ijodi tashkil etadi. Bunda borliq hayot faoliyati jarayoni sifatida tushuniladi. Fan-texnika taraqqiyotining suratlari tobora jadallashib borayotgan hozirgi sharoitda mazkur dunyoqarash koʻpincha texnokratik dunyoqarash deb ataladi. Noklassik borliq. Noklassik falsafa dunyoning aqlga muvofiqligi, shuningdek inson ongining mustaqilligiga shubha bildirdi. Pozitivistlar umuman ontologiya‘ni yaratishdan bosh tortdilar. Irratsionalizm, marksizm va ekzistensializmda ontologik konsepsiyalar hayot, jamiyat va inson tushunchalari rivojlantirildi, ular borliqning noyob usullari sifatida tavsiflandi. Quyida noklassik falsafada borliqqa munosabatni tahlil qilamiz. Borliqning irratsionalistik konsepsiyasi.Falsafiy irratsionalizm asoschisi A.Shopengauer olamning aqlga muvofiqligi haqidagi tezisga shubha koʻzi bilan qaraydi. Uning fikricha, borliqning oʻzi emas, balki bizning u haqdagi tasavvurimiz aqlga muvofiqdir, zero tasavvur – bu inson aqlining mahsulidir. Ammo tasavvur – bu hodisa, mohiyat darajasida esa dunyoni aqliy idrok etish mumkin emas. SHopengauer oʻzining «Dunyo intilish va tasavvur sifatida» deb nomlangan asarida dunyoning borligʻini ikki tarkibiy qismga – «yashashga intilish sifatidagi dunyo» va «inson tasavvuri sifatidagi dunyo»ga ajratadi. Uning fikricha, yashashga intilish haqiqiy borliqdir. Yashashga intilish koʻr-koʻrona va nooqilonadir, zero uning asosiy niyati – oʻz-oʻzini asrashdir. Oʻz-oʻzini asrash instinkti – butun tiriklikning tabiiy xossasidir. Ammo Shopengauer romantiklarga ergashib, yashashga intilish dunyoning barcha narsalariga va umuman dunyoning oʻziga xosdir, deb hisoblaydi. Dunyo haqidagi bunday mifopoetik tasavvur hayotda yana ta‘riflar va tushunchalar tilida ifodalab boʻlmaydigan oʻziga xos tabiiy stixiya‘ni koʻrish imkoniyatini beradi. Fridrix Nitsshe (1844–1900 ) borliqning ikki asosi: dionisiycha hayotiy asos va apolloncha bir yoqlama-intellektual asosni ajratgan va haqiqiy madaniyat bu asoslarni muvozanatga solishga harakat qilishi lozim, deb hisoblagan. Evropa madaniyati mazkur idealni roʻyobga chiqara olmadi va inson borliq deganda stixiyali shakllanishni emas, balki tartibga solinganlikni tushunib, oʻz mavjudligining asosiy negizlaridan uzoqlasha boshladi. Vaholanki, hayot abadiy harakat va shakllanishdan iboratdir. Hayotning mazmun va mohiyati hokimiyatga intilishda namoyon boʻladi. Bunday intilish butun tiriklikka xosdir. Unga intellektning hukmronligi, oʻz yaqiniga muhabbatni targʻib qiluvchi axloq va tenglikni e‘lon qiluvchi sotsializm monelik qiladi. Bularning barchasi qullar axloqini tashkil etadi. Toʻralar axloqi esa hayotning qimmati, odamlar oʻrtasidagi tengsizlik hamda kuchning hukmronligiga asoslanishi lozim. Nitsshe «Xudo oʻldi» degan tezisni ilgari suradi. Ushbu tezis yangicha axloqni shakllantirish zarurligini anglatadi. Nitsshe falsafasi XX asr falsafasining turli yoʻnalishlari: hayot falsafasi, pragmatizm va ekzistensializmga ulkan ta‘sir koʻrsatdi. Borliqning tarixiy konsepsiyasi. XIX asrda ijtimoiy borliq haqidagi ta‘limot shakllandi. Unga koʻra, ijtimoiy borliq individning borligʻiga nisbatan ham, ijtimoiy ongga nisbatan ham birlamchidir. Shunday qilib, bu davrda jamiyatga fizik borliqqa oʻxshash borliq sifatida qaralgan. aynii shu sababli jamiyat ham tabiat qonunlariga oʻxshash aniq va shubhasiz qonunlarga boʻysunishiga bu davr mutafakkirlarining ishonchi komil boʻlgan. Ijtimoiy borliq – bu moddiy borliq. U individlarning ishlab chiqarish-xoʻjalik faoliyati bilan belgilanadi. Ijtimoiy borliq qonunlari uning tarixiy rivojlanish jarayonida namoyon boʻladi. Jamiyat tarixi bu davrda ijtimoiy-iqtisodiy tuzumlar: ibtidoiy jamoa, quldorlik, kapitalizm va kommunizmning tadrijiy va qonuniy ketma-ketligi sifatida talqin qilgan. Unga koʻra, har bir tuzum ishlab chiqarish kuchlari va ishlab chiqarish munosabatlarini oʻz ichiga olgan tegishli ishlab chiqarish usuli bilan belgilanadi. Ishlab chiqarish kuchlari (ba‘zis) – bu oʻzini oʻzi rivojlantirish va oʻzoʻzidan murakkablashishga qodir boʻlgan oʻziga xos borliq. Evolyusionizm ta‘limotlarida materiya, Spinozaning «yaratuvchi tabiati» kabi, mustaqil rivojlanish qobiliyatiga ega, moddiy ishlab chiqarish esa moddiy borliqning eng murakkab darajasi hisoblanadi. Bu erda materiya, moddiy borliq, shu jumladan moddiy ishlab chiqarish ijtimoiy organizmga oʻxshatiladi va unga hayot a‘lomatlari tatbiq etiladi. Ishlab chiqarish munosabatlari (ba‘zisning ustqurmasi) formal borliq sohasiga kiradi. Ammo shakl tadrijiy rivojlanishga qodir emas, u faqat oʻzgarish jarayonida boshqa shakl bilan almashtirilishi mumkin. SHu sababli ishlab chiqarish munosabatlarining almashuvi «inqilobiy sakrashlar» tarzida kechadi. Bu sakrashlar ishlab chiqarish kuchlari bilan muvofiq kelishi ham (bu hol formatsion oʻsish davrida kuzatiladi), ularning rivojlanishiga toʻsqinlik qilishi ham mumkin. Soʻnggi zikr etilgan holat ishlab chiqarish munosabatlarining yangi ishlab chiqarish kuchlariga muvofiq keluvchi yanada barkamolroq shakliga inqilobiy yoʻl bilan oʻtilishiga olib keladi. Bunda yangi ishlab chiqarish kuchlari eskilaridan mustaqil oʻsib etiladi. Masalan, feodal tuzumda kapitalistik ishlab chiqarish kuchlari mustaqil oʻsib etilgan va eski ishlab chiqarish munosabatlari bilan toʻqnashib, burjua inqilobi jarayonida yangi – kapitalistik ishlab chiqarish munosabatlariga ega boʻlgan. Ular ishlab chiqarishning kapitalistik usuli va ishlab chiqarish vositalariga boʻlgan mulkdorlikning kapitalistik shakliga muvofiq keluvchi yangi qonunlar, yangi huquq, axloq va yangicha dunyoqarashni oʻz ichiga oladi. Borliqning ushbu konsepsiyasi tarixiy voqelikda oʻzini oqlamadi. Download 115.65 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling