2-mavzu. Ontologiya-borliq haqidagi falsafiy ta'limot. Ong. Ijtimoiy ong va uning asosiy shakllari. (2 soat) Reja
Download 115.65 Kb.
|
2-mavzu
Borliqning ekzistensial-germenevtik konsepsiyasi.Ekzistensialistlar
mushohada yuritish orqali anglab etish mumkin boʻlgan mohiyat (essensiya)ni amalda mavjudlik (ekzistensiya)ga qarshi qoʻyadilar. Ular borliqning mazmuni toʻgʻrisidagi masalaga qaytish lozimligini e‘tirof etadilar. Loʻnda qilib aytganda, borliqning oqilona tavsifi uning asl mazmunini yoritib berishga qodir emas. Bunday mazmun hayot tajribasida, ya‘ni «shu erda-borliq» yoki mavjudlik orqali namoyon boʻladi. Germenevtika borliq sxemasi yoki formulasini aniqlashga emas, balki uning mazmunini bilishga qaratilgan. Falsafiy muammo sifatidagi borliqning mazmuni insonni oʻz mavjudligining pirovardliligi va tasodifiyligini anglash natijasida yuz bergan shokdan xalos etishi lozim. Bir soʻz bilan aytganda, bu erda aristotelcha analitikaga xaydeggercha germenevtika qarshi qoʻyiladi. Borliq germenevtikasi oqilona-sxematik yoki metafizik bilimga ishonchsizlik koʻzi bilan qarashga asoslanadi. Falsafa tarixida germenevtikaning ayrim tarafdorlari: a) mistik; b) estetik; v) intuitiv; g) irratsional narsalar va hodisalarga qarab moʻljal oladilar. Dunyoni anglab etish mazkur usulining aks sadolari Pifagor (osmon musiqasiga quloq solish), Platon (gʻoyalar xususida mushohada yuritish), Tertullian (absurd orqali haqiqatning tagiga etish), Paskal (aql haqiqatlariga yurak haqiqat‘ini qarshi qoʻyish), romantiklar, Kerkegor, SHopengauer va Nitsshe metodida mavjud. Borliq va mavjudlik konsepsiyasi M.Xaydegger loyihasining tayanch nuqtasi hisoblanadi (1889–1976. Bu loyihani ishlab chiqish bilan u asosan «Borliq va vaqt», «Fenomenologiya‘ning asosiy muammolari» asarlarida shugʻullanadi). M.Xaydegger fikricha borliq, mavjudlikning borligʻi, lekin borliq mavjudlikdan kelib chiqadigan yoʻqlik emas, ya‘ni u mavjudlik hisoblanmaydi. Bu erda Xaydegger I.Kantning borliq predikat emas, degan fikriga qaytadi. Ammo bu holda borliq nima? Keng tarqalgan tasavvurga koʻra, mavjud narsalarning barchasi ayni bir borliq usuli – mavjudlik bilan tavsiflanadi. Shunga muvofiq tabiat va ruh (gʻoya va narsa, res cogitans va res extensia) farqlanadi. Ammo bu farqlash borliqning usullari oʻrtasidagi farqni ifodalashga qodir emas. U faqat mavjud narsaning mohiyatini belgilovchi unsurlar oʻrtasidagi farqni aks ettiradi. M.Xaydegger fikriga koʻra, borliq usullarini ajratishning haqiqiy yoʻli borliqning mohiyati (essentia) va usulining bir-biriga mansubligini mohiyat va usulning borliq gʻoyasiga mansubligi nuqtayi nazaridan tahlil qilishga asoslanadi. Nemis mutafakkiri borliqning olti usuli: ekzistensiya, birgalikda mavjudlik, qoʻl ostidalik, hozirlik, hayot va barqarorlikni farqlaydi. Bu usullarning barchasi bir-biridan shu darajada farq qiladiki, «borliq» tushunchasining yagonaligini shubha ostida qoldiradi. Bu erda mavjudlik toʻgʻrisidagi masala Xaydegger qarshisida eng muhim masalalardan biri sifatida koʻndalang boʻladi. Mavjudlik tushunchasining tahlili uning «hozirlik», «dunyo» va «qoʻl ostidalik» tushunchalari vositasida ifodalanuvchi fenomenlar bilan ontologik oʻzaro aloqasini qayd etishdan boshlanadi. Bunda mavjudlikni borliq turlaridan biri sifatida tushunish mumkin emasligi, mavjudlik muammosini, «uning shartlari va chegarasini» atroflicha oʻrganish zarurligi ta‘kidlanadi. Faylasuflar hatto mavjudlik toʻgʻrisidagi masalani qoʻyish usulida ham aniq bir toʻxta‘mga kelganlari yoʻq. Bu xususda Xaydegger «ongga nisbatan transsendent» boʻlgan narsa mavjudmi, tashqi dunyoning mavjudligini isbotlash, mavjudlikni anglab etish mumkinmi qabilidagi masalalarni va nihoyat, mavjudlikning mazmuni toʻgʻrisidagi masalani aralashtirish odat tusini olganini ta‘kidlaydi. Yuqorida zikr etilgan har xil, lekin oʻzaro bogʻlangan masalalar xaydeggercha talqinida mavjudlik muammosi uch qismga ajratiladi: a) borliq hamda «tashqi dunyo»ni isbot qilish mumkinligi muammosi sifatidagi mavjudlik; b) ontologik muammo sifatidagi mavjudlik; c) mavjudlik va tavajjuh. Birinchi muammoni tahlil qilar ekan, Xaydegger tashqi dunyoning mavjudligi yoki uni isbotlash toʻgʻrisidagi masala bir vaqtning oʻzida ma‘nosiz va ikki ma‘noli ekanligini qayd etadi. Masalaning ma‘nosizligi shu bilan izohlanadiki, mazkur masala dunyoda borliq sifatida mavjudlik bilan qoʻyilgan. Masalaning ikki ma‘noliligi, Xaydegger fikriga koʻra, bir-biridan farq qiladigan ikki narsa: nimadadir borliq sifatidagi dunyo va ichki mavjudlik sifatidagi «dunyo»ning aralashuvi tufayli kelib chiqadi. Tashqi dunyoning mavjudligi toʻgʻrisidagi masala bu erda dunyo fenomeniga oydinlik kiritmasdan qoʻyiladi. Buning oqibatida amalda isbotlanayotgan narsa yoki hodisaning isbotlash usuli va isbotlashning e‘lon qilinayotgan maqsadi bilan aralashuvi yuz beradi. Shunday qilib, Kant falsafadagi janjal deb nomlagan masala – tashqi dunyo mavjudligining dalil-isbotlari yoʻqligi Xaydeggerga muammoni notoʻgʻri qoʻyish boʻlib tuyuladi. U bunday isbotlashni amalga oshirishni koʻzlagan shaxslarning shu erda hozirligining oʻziniyoq mavjudlikning isboti deb hisoblaydi. Xaydegger fikriga koʻra, hatto dunyoning mavjudligiga ishonish lozimligini ta‘kidlovchilar ham, adashadilar, zero ular bunday dalilisbotlar idealda mavjud boʻlishi lozimligini tasdiqlaydilar. Download 115.65 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling