2-mavzu. Ontologiya-borliq haqidagi falsafiy ta'limot. Ong. Ijtimoiy ong va uning asosiy shakllari. (2 soat) Reja


Materiya tushunchasining vujudga kelishi va uning funksiyalari. ―


Download 115.65 Kb.
bet18/30
Sana02.02.2023
Hajmi115.65 Kb.
#1146931
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   30
Bog'liq
2-mavzu

Materiya tushunchasining vujudga kelishi va uning funksiyalari.
Materiya‖ ata‘masi lotincha materia soʻzidan kelib chiqqan boʻlib, modda
degan ma‘noni anglatadi. Shunga qaramay, falsafa tarixida ―materiya‖
tushunchasining mazmuni bir necha marta oʻzgargan, tabiatshunoslikning va
falsafaning rivojlanishiga muvofiq rivojlangan.
Hamma narsalarning asosi boʻlgan birinchi modda haqidagi tasavvur
materiya bilan bogʻlangan. Materiya yuzaga keluvchi hamma narsalarning
substrati sifatida namoyon boʻlgan.
Materiya haqidagi tasavvur shakllanishining quyidagi bosqichlari
farqlanadi. Falsafa tarixida materiya haqidagi dastlabki tasavvurlar «stixiyali
materializm»deb ataladi.
Ushbu materializm oʻz rivojlanishining birinchi
bosqichida tabiat hodisalarining Cheksiz rang-barangligiga asoslangan
birlikni tabiiy hol, deb hisoblaydi va uning sabablarini muayyan moddiy,
oʻziga xos narsadan izlaydi. Antik qarashlarga koʻra materiya – jismlar va
narsalarning oʻzagini belgilovchi birlamchi materialdir. Masalan, qadimgi
yunon faylasufi Fales suv oʻsimliklar, hayvonlar va odamlarga zarurligini
qayd etib, suvni barcha narsalarning asosi deb e‘lon qilgan. Geraklit
Quyosh, yulduzlar va boshqa jismlarni yaratuvchi olov hamma narsaning
asosi deb hisoblagan.
Qadimgi yunon faylasuflari orasida Anaksimandr oʻzining materiya
haqidagi fikr-mulohazalari bilan alohida ajralib turadi. Uning uchun materiya
yoki birinchi modda sezish mumkin boʻlgan konkret jism emas, balki ayrim
nomuayyan oʻzgaruvchi mohiyatga ega boʻlgan apeyrondir. Atomistlarda
materiya tabaqalashgan substrakt koʻrinishini kasb etadi.
Materiya‘ning birinchi ilmiy konsepsiyasini miloddan avvalgi V asrda
qadimgi atomistlar (Demokrit va boshqalar) taklif qilgan. Demokrit barcha narsalar oddiy ajralmas zarralar – atomlardan iborat,
degan gʻoya‘ni ilgari surgan. Uning tasavvurida bu zarralar bir-biri bilan
toʻqnashib, bir-biriga yopishib va bir-biri bilan birikib, biz koʻradigan
narsalarni hosil qilgan. Narsalarning xossalari pirovard natijada ularni tashkil
etuvchi atomlar shakli, kattaligi, oʻzaro joylashuvi va harakatiga bogʻliq. Bu
barcha narsalarni tavsiflash va tushuntirishga asos qilib yagona umumiy
sxemani – bilish obyektining har qanday obyektni atomlar birikmasi sifatida
aks ettiruvchi modelini olish imkonini beradi. Shunday qilib, antik faylasuflar
nuqtayi nazaridan, materiya – bu barcha narsalar asosi. Odatda bular qadimgi
donishmandlarning farazlari boʻlgan va ularning materializmi oʻta sodda
xususiyat kasb etgan, chunki nazariy xulosalar borliqni kuzatish natijasi,
tabiatni eksperimental oʻrganish mavjud emasligi mahsuli boʻlgan.
Demokrit, Epikur, Lukretsiy Karning atomistik nazariyasida barcha
narsalarning substrati sifatidagi materiya atomlar yigʻindisi koʻrinishida
namoyon boʻladi. Ular shakli, katta-kichikligi, ogʻirligiga koʻra har xil, lekin
boʻlinmas va yoʻq boʻlmasdir. Ob‘ektlarning rang-barangligi atomlar
konfiguratsiyasining turliligi bilan izohlanadi. Materiya falsafiy kategoriyasini ilk bor Platon ishlatgan. U hyle
ata‘masini muomalaga kiritgan va u bilan kattaligi va shakl-shamoyili har xil
jismlar paydo boʻlishiga asos boʻlib xizmat qiladigan sifatlardan mahrum
substrat (material)ni ifodalagan. Platon talqinida materiya shaklsiz va
nomuayyan boʻlib, har qanday geometrik shakl koʻrinishini kasb etishi
mumkin boʻlgan makon bilan tenglashtiriladi. Keyinchalik materiya haqidagi
tasavvurlar asosan uning muayyan xossalari (massa, energiya, koʻlam) bilan
bogʻlangan va muayyan turlari (modda, atomlar, korpuskulalar va sh.k.) bilan
tenglashtirilgan.
Platonning «Timey» dia‘logi mazmunidan kelib chiquvchi materiya
haqidagi ta‘limot qadimgi yunon falsafasida alohida oʻrin tutadi. Birinchidan,
Platon «materiya» tushunchasini ifodalash uchun maxsus ata‘ma
qoʻllamagan, bu borada tushunish ancha mushkul boʻlgan «tur» ekani
haqidagi ishoradan boshqa aniqroq tushuntirishlar ham bermagan.
Ikkinchidan, u har qanday tugʻilishning «doya»si va «enaga»si boʻlish materiya‘ning doimiy vazifasidir, deb hisoblagan. Qaysidir ma‘noda bu asos,
lekin shaklsiz asosdir. Hamma narsalarni oʻz ichiga olishi lozim boʻlgan asos
oʻzi har qanday shakldan mahrum boʻlishi lozim boʻlganidek, uning vazifasi
abadiy yashaydigan barcha mavjud narsalarning shakl-shamoyilini oʻzida
aniq va toʻliq mujassamlash-tirishdan iborat boʻlganligi uchun tabiatan har
qanday shakldan mahrum boʻlmogʻi kerak.
Platonning materiya – haqidagi mashhur ta‘limoti oʻzining borliqqa
asoslangan mustahkam negizini yoʻqotgan. Uningcha, materiya –tushunchasi
aql (demiurg) – birlamchi, sof materiya (etilish joyi va «doya») - ikkilamchi
sof materiya (moddiy narsalar) uchligida oraliq oʻrin egallaydi1. Platon doimo
mavjud boʻlgan va hech qachon shakllanmaydigan narsalarni va doimo
shakllanuvchi va hech qachon mavjud boʻlmaydigan narsalarni farqlashga
chaqiradi. Uning fikricha, narsalarning ular ichida tugʻiluvchi va oʻlganidan
keyin unga qaytuvchi mohiyatini «u» yoki «bu» soʻz bilan ifodalash, shu
tariqa ularga barqarorlik hamda muayyanlik baxsh etish mumkin2.
Platon fikriga koʻra, borliqning moddiy narsalar dunyosi sifatida
shakllanish mexanizmi shundan iboratki, gʻoya‘ning juda aniq ta‘riflangan
birinchi andozasi moddiy borliqdan oʻrin oladi va materiyaga gʻoyalar
etiladigan joy, ularning «doya»si va vazifasi boʻlish majburiyatini yuklaydi.
Dunyodagi barcha jarayonlarning maqsadga muvofiqligi haqidagi tasavvur
gʻoya va narsalarning oʻzaro bogʻlovchi aloqasi bilan asoslanadi. Gʻoya
narsalarning Cheksiz hissiy koʻrinishlarining asosiy ma‘nosini belgilovchi
asos sifatida va har qanday yakka narsa uchun qonun sifatida tushuniladi.
Platonning muhim, lekin ayni paytda ikkinchi darajali rol oʻynovchi
materiya haqidagi ta‘limoti Aristotelning shu mavzudagi fikr-mulohazalariga
bevosita turtki boʻlgan. Aristotelda «hyule» tushunchasi «morfe» yoki
«eydos» («morphe» yoki «eydos») tushunchasi bilan uzviy bogʻliq. Garchi
Aristotelning ontologik konsepsiyasida materiya va shaklning dualizmi aniqravsha‘n sezilib tursa-da, u hech qachon «hyule»ni mustaqil borliq sifatida
tavsiflamagan. Uning fikricha, amalda materiya faqat shakl bilan birikkan
koʻrinishda mavjud boʻladi. Materiya «hyule» va «morfe» (shakl) bilan
uygʻunlikda har qanday yuzaga kelish va oʻzgarishning zarur universal negizi
hisoblanadi.
Aristotelning materiya haqidagi tasavvuri oʻrta asr falsafasiga ancha
oʻzgargan koʻrinishda oʻtdi. Oʻrta asr teologlari Aristotelning ilmiy
merosidan foydalanib, uning «morfe» (shakl) haqidagi gʻoyasini
oʻzlashtirdilar. Ushbu gʻoya boshqa qarashlardan ustun qoʻyildi, u ma‘naviy
asos sifatida qarala boshlandi. Mazkur talqin materiyasiz sof shakllar,
chunonchi: xudolar, ruhlar, farishtalar, odamlarning oʻlmas ruhlari
mavjudligini e‘lon qilish imkonini berdi. Materiya doimiy, u dunyo yaralgunga qadar ham mavjud boʻlgan, degan gʻoya‘ni ilgari suruvchi
«dahriylar» haqida ma‘lumotlar «cherkov rahnamolari» oʻrtasidagi
munozaralar orqali bizgacha etib kelgan boʻlsa-da, dunyoning moddiyligini
oʻrganish bilan bogʻliq muammolar bu davrda ham toʻla-toʻkis barham
topmadi. Materiya‘ning tabiati haqidagi masalada ular bir toʻxta‘mga
kelmagan boʻlsalar-da, uni echish fanning rivojlanishida muhim rol
oʻynashiga, zero bilish qaysi yoʻldan rivojlanishi lozimligini belgilashiga
ularning ishonchi komil boʻlgan. Ular avval barcha narsalarning asosi
sanalgan materiya‘ning nimaligini aniqlash va shundan keyingina bunga
asoslangan holda ayrim narsalarning kelib chiqishi va xossalarini tushuntirish
lozim, deb hisoblaganlar. Jumladan, bu xususda Aristotel shunday deb
yozgan: «Avva‘lo birinchi asos va sababni bilish kerak, zero ular orqali va
ularga muvofiq qolgan barcha narsalar anglab etiladi...»1.
Uygʻonish davri faylasuflari izchil materialistlar boʻlmasalar-da, oʻrta
asrlarning quruq muhokamaga asoslangan, spekulyativ tafakkurini yakdillik
bilan inkor etdilar. Mustaqil faol asos sifatidagi shakl gʻoyasi chetga surib
qoʻyildi, materiya nafaqat potensial, balki amalda ham mavjud boʻlgan narsa
sifatida tushunila boshlandi. Shunisi ajablanarliki, alximiya sohasidagi
eksperimentlar amaliyoti ta‘sirida shakl-materiya mahsuli, degan yondashuv
yuzaga keldi. Uygʻonish davrining Bernardino Telezio, Fransiska Patritsiya,
Jordano Bruno kabi faylasuflari ijodida «materiya» tushunchasi yangicha
mazmun kasb etdi. Materiya‘ning yaralishi gʻoyasi inkor etildi, materiya
boqiy deb e‘lon qilindi, harakat tabiiy kuchlar ta‘siri natijasi sifatida tushunila
boshlandi.

Download 115.65 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   30




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling