2-mavzu. Ontologiya-borliq haqidagi falsafiy ta'limot. Ong. Ijtimoiy ong va uning asosiy shakllari. (2 soat) Reja


Materiya’ning uchinchi konsepsiyasi XVIII-XIX asrlarda vujudga kelgan


Download 115.65 Kb.
bet20/30
Sana02.02.2023
Hajmi115.65 Kb.
#1146931
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   30
Bog'liq
2-mavzu

Materiya’ning uchinchi konsepsiyasi XVIII-XIX asrlarda vujudga
kelgan
boʻlib, bu davrda «materiya» tushunchasi tabiiy fanlarning
rivojlanish jarayonida olimlar bilimning muayyan sohalarida aniqlagan
belgilar bilan boyib bordi.
Masalan, mexanikada makrojismlarning alohida
xossasi – massa aniqlandi. U materiya‘ning eng muhim belgisiga aylandi,
materiya massa bilan bir xil, deb hisoblana boshlandi. Kimyoda analiz metodi
kimyoviy elementning aniqlanishiga olib keldi va materiyaga ana shu belgi –
vaznlilikka ega boʻlgan elementlar majmui sifatida qarala boshlandi. Mazkur
yondashuvlarning kamchiligi shunda ediki, barcha moddiy narsalar alohida
modda deb tushunildi, moddaning oʻzi sof mexanik koʻrinishda tasavvur
qilinib, unga oʻlcham, massa, ogʻirlikka ega, deb qaraldi. SHu bilan birga,
materiya‘ning maxsus ilmiy va falsafiy talqinlari ayniydir, deb tushunila
boshlandi. Materiya‘ning falsafiy talqiniga sof induktiv yoʻl, oddiy
umumlashtirish yoʻli bilan ayrim fanlarning gʻoya va qoidalari kiritildi.
Bu yondashuvnotoʻgʻri edi. Lekin, 1924-yilda B.Rassel, elektromagnit
maydonlar va gravitatsiya maydonlari mavjudligini unutib, oʻzidan boshqa
narsalarni oʻtkazmaslikni materiya‘ning asosiy xossasi sifatida tavsifladi.
1964-yilda amerikalik tomist Layten «materiya» tushunchasining massa va
energiyaga bogʻlangan talqinini taklif qildi.
Materiya‘ni uning xossalaridan biriga bogʻlash uni ta‘riflashning ancha
keng tarqalgan, lekin imkoniyatlari cheklangan usulidir. Ilmiy bilishda
mazkur usul elementarizm vujudga kelishiga sabab boʻldi. Bunda hodisani
tushunish uchun murakkabni oddiyga, butunni esa elementga bogʻlash lozim.
Ammo yakkalik yoki xususiylik – muayyan modda yoki xossaga
asoslanib materiya haqida yaxlit tasavvur hosil qilish mumkin emas. Ushbu asosda materiyaga ta‘rif berib boʻlmasligi haqida Volter shunday deb yozgan
edi: «Biz materiya‘ni oʻlchaymiz, uni tarkibiy qismlarga ajrata‘miz, lekin bu
qoʻpol harakatlar doirasidan chetga bir qadam tashlashga urinsak ham
oʻzimizning ojizligimiz va jarlikni sezamiz»1. Materialist faylasuflar
materiyaga uni hech narsaga bogʻlamasdan ta‘rif berishga harakat qildilar.
aynii vaqtda XVII-XVIII asrlardayoq materiya haqida ancha keng tasavvur
shakllandi. Bu yoʻnalishda F.Bekon, G.Golbax va D.Didro, ayniqsa, jiddiy
muvaffaqiyat qozondi. «Bizning sezgi organlarimizga ta‘sir koʻrsatuvchi
hamma narsalar bizga nisbatan materiyadir», deb yozadi G.Golbax2. Uning
fikricha, materiya‘ni biron-bir yagona birinchi asosga oʻxshatib boʻlmaydi,
dunyo bundan rang-barangroqdir, shu bois materiya ta‘rifi ham mumkin
qadar keng boʻlishi kerak.
XIX–XX asrlar chegarasida amalga oshirilgan buyuk kashfiyotlar
metafizik dunyoqarashga qaqshatqich zarba berdi. XIX asrning ikkinchi
yarmida Faradey va Maksvell tadqiqotlari natijasida materiya‘ning moddaga
qaraganda yangiroq shakli – elektromagnit maydonining oʻzgarish qonunlari
aniqlandi. Tadqiqotlar elektromagnit maydon qonunlari klassik mexanika
qonunlariga bogʻlanmasligini koʻrsatdi.
Radioaktivlikning kashf qilinishi atomning nooʻtkazuvchanligi
haqidagi ta‘limotni rad etdi, elektronning kashf etilishi, uning boʻlinmasligi
haqidagi tezisni kun tartibidan chiqardi, rentgen nurining kashf etilishi bilan
modda maydonga aylanishi mumkin emasligi isbotlandi. Jismlar harakatining
tezligiga qarab massaning oʻzgaruvchanligi kashf etildi, jismlarning makon
va vaqtga oid xossalari ularning harakat tezligiga bogʻliqligi tushunib etildi.
Bu ixtirolar tabiatshunoslikda yangi inqilobni boshlab berdi. Bularning
barchasi fizik jismlarning xossalari haqidagi odatdagi tasavvurlarga shu
darajada zid ediki, ayrim tabiatshunoslar sarosimaga tushib qoldilar. Shu
bois, fizikada materiya‘ning mexanistik talqini, dunyoning mexanistik
manzarasi inqirozga yuz tutdi. Materiya atomga tenglashtirilgan sharoitda va
keyinchalik uning parchalanish qobiliyati aniqlanishi munosabati bilan ayrim
fiziklar, shu jumladan, E.Max va A.Puankare («fizik idealistlar»)
«materiya‘ning yoʻq boʻlishi (annigilyasiyasi)» toʻgʻrisidagi xulosaga
keldilar. Bu xulosaning metodologik jihatdan asossizligi shunda ediki, unda
falsafiy kategoriya sifatidagi materiya uning fizik tuzilishi haqidagi ta‘limot
bilan tenglashtirildi.
Ular, atomlarning radioaktiv parchalanishini materiya‘ning «gʻoyib
boʻlishi», uning energiyaga aylanishi sifatida tushuntirishga harakat qildilar.
Amalda materiya gʻoyib boʻlmaydi, u haqdagi tasavvurlar eskira boshlagan
edi. Yangi ilmiy kashfiyotlar qarshisida materiyaga uning ayrim turlariga xos
boʻlgan sifatlarni yuklashga urinishlarning yanglishligi ayon boʻldi. Fanning rivojlanishida muhim rol oʻynagan materiya‘ning uchinchi
konsepsiyasi efir gʻoyasiga tayangan. Efir deganda butun dunyoni
toʻldiruvchi uzluksiz muhit tushuniladi.
Atomlar va efir haqidagi ta‘limotlarning birikuvi natijasida shakllangan
atom-efir konsepsiyasida materiya atomlar koʻrinishida ham, efir koʻrinishida
ham mavjud, ya‘ni ikkita har xil substansiyadan iborat,degan fikr ilgari
suriladi. Bu tasavvurlardan kelib chiquvchi obyektning modeli bilishning ikki
yoqlama strategiyasini belgilaydi. Bu strategiyaga binoan ayrim (masalan,
kimyo yoki molekulyar fizikadagi) hodisalarga izohni moddaning atom
tuzilishidan, ayrim (masalan, optika yoki elektrodinamikadagi) hodisalarga
izohni esa – efir muhitining holatidan qidirish lozim.
XIX asrdagi tabiatshunoslik bu strategiya yordamida erishgan yutuqlar
materiya haqidagi atom-efir tasavvurlarning toʻgʻri ekanligiga
zamondoshlarni ishontirdi. Aynan ularning yordamida fan nihoyat
mustahkam zamin kasb etgandek va tabiatning barcha sirlari tagiga etish
yoʻlida ishonch bilan harakatlanayotgandek boʻlib tuyuldi. Ammo XIX-XX
asrlar chegarasida tabiatshunoslikda chinakam inqilob yasagan kashfiyotlar
qilindi. Boʻlinmas va buzilmas deb hisoblangan atomlar parchalanishi
mumkinligi, efir xossalari oʻta ziddiyatli boʻlib, uning mavjudligiga shubha
bilan qarashga majbur etishi aniqlandi. Materiya‘ning atom-efir konsepsiyasi
asossiz ekanligiga ishonch hosil qilgan olimlar materiya tushunchasining oʻzi
eskirgani haqida oʻylay boshladilar va materializmdan yuz oʻgirdilar.
Ammo bu davrda materiya tushunchasi emas, balki uning olimlar
tafakkurida qadim zamonlardan boshlab to XX asrgacha hukm surgan
substrat sifatidagina talqinigina puchga chiqqan edi. Tabiatshunoslikda yuz
bergan oʻzgarishlarning falsafiy mazmuni shundan iborat ediki, ular
materiya‘ni tushunishga nisbatan oʻzgacha yondashuv zarurligini koʻrsatdi

Download 115.65 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   30




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling