2-mavzu. Ontologiya-borliq haqidagi falsafiy ta'limot. Ong. Ijtimoiy ong va uning asosiy shakllari. (2 soat) Reja
Substansiya deganda barcha narsalarning muayyan umumiy birlamchi asosi tushuniladi
Download 115.65 Kb.
|
2-mavzu
- Bu sahifa navigatsiya:
- Materialistik monizm
Substansiya deganda barcha narsalarning muayyan umumiy
birlamchi asosi tushuniladi. Turli narsalar va hodisalar vujudga kelishi va yoʻq boʻlishi mumkin boʻlsa, substansiya‘ni yaratish ham, yoʻq qilish ham mumkin emas, u faqat oʻz borligʻining shaklini oʻzgartiradi, bir holatdan boshqa holatga oʻtadi. Substansiya – oʻz-oʻzining sababi va barcha oʻzgarishlar asosi, borliqning eng fundamental va barqaror qatlami. Modomiki, substansiya hamma narsani oʻz ichiga oluvchi va oʻzi uchun boshqa hech qanday asos yoki shartni nazarda tutmaydigan birinchi sabab ekan, u oʻziga bogʻliq boʻlmagan holda mavjud har qanday narsaning mavjud boʻlish imkoniyatini istisno etadi. U xoh Xudo, xoh gʻoya, oʻzlik, ruh yoki ekzistensiya boʻlsin – substansiya yagonadir! «Substansiya» tushunchasi koʻplikda qoʻllanilishi mumkin emas. Uning koʻpligi gʻoyasi mazkur tushunchaning ta‘rifiga ziddir, chunki mazkur maqomga da‘vogar ikki yoki bir necha narsa mavjud boʻlgan taqdirda, ularning birontasi ham substansiya hisoblanmaydi. Substansiyalilik paradoksi ana shundan iborat. Substansiya‘ning oʻz-oʻzidan amalga oshishi hodisalarning umumiy, uzviy xossalari – atributlarda va narsalarning muayyan, alohida xossalari – moduslarda sodir boʻladi. Substansiya gʻoyasidan turli falsafiy ta‘limotlar dunyoning birligi va uning kelib chiqishi haqidagi masalaga oʻzlari qanday javob berishiga qarab har xil foydalanadilar. Substansiyaga oid turli yondashuvlar shakllangan. Dunyodagi narsalar va hodisalar rang-barangligi bir substansiyadan iborat degan ta‘limot «monizm» (yunon. monos – bitta, yagona) deb ataladi. Substansiya tabiatini tushunishga nisbatan ancha keng tarqalgan ikki yondashuv – materialistik va idealistik monizmni qayd etish lozim. Materialistik monizm deb tavsiflanadigan birinchi yondashuv dunyo yagona va uzviy, u azaldan moddiy va dunyoning birligi zamirida ayni shu moddiylik yotadi, deb hisoblaydi. Bu konsepsiyalarda ruh, ong va ideallikdan emas, balki moddiylikdan keltirib chiqariladi. Bunday yondashuvlarning oʻta rivojlangan koʻrinishlariga biz Fales, Geraklit, Spinoza, va uning izdoshlari asarlarida duch kelamiz. Shuningdek, Zardoʻshtiylik dinining muqaddas kitobi boʻlmish ―Avesto‖ning ―Yushtlar‖ qismidagi koʻpxudolik aqidalariga zid oʻlaroq ―Gohlar‖ qismida yakkaxudolik gʻoyalari targʻib qilingan. Idealistik monizm materiya‘ni har qanday borliqning boqiy mavjudligi, yoʻq boʻlmasligi va birinchi asosiga ega boʻlgan qandaydir ideal narsaning mahsuli deb hisoblaydi. Bunda obyektiv-idealistik monizmni (masalan, Platonda – bu oʻlmas gʻoyalar, zardoʻshtiylikda olov, oʻrta asr falsafasida – Xudo, Gegelda – yaratilmaydigan va oʻz-oʻzidan rivojlanadigan «mutlaq gʻoya») va subyektiv-idealistik monizmni (masalan, borliqning barcha jismoniy va ruhiy holatlarini «neytral» asosdan – dunyoning qandaydir mavhum konstruksiyalari, «elementlari»dan keltirib chiqargan Max) farqlash mumkin. Dualizm. Birinchi asos sifatida ikkita substansiya olingan falsafiy yondashuv dualizm (lot. dualis – ikki yoqlama) deb ataladi. Nemis faylasufi X.Volf XVIII asr boshida «dualizm» ata‘masini falsafiy muomalaga kiritgan. X.Volf dunyoda barqaror tartibning shakllanishida tafakkur, gʻoyalar va aqlidrokning alohida oʻrnini aniqlash hamda ta‘kidlashga harakat qilgan. Uning zamondoshlari – ma‘rifatli absolyutizm gʻoyalarining tarafdorlariga ta‘siri juda katta boʻlgan. X.Volfning falsafaga oid qoʻllanmalari barcha oʻquv yurtlarida oʻqitilgan va eskirgan (sxolastik) jihatlarni siqib chiqargan. Ular universitet ta‘limiining asosiy manba‘lari sifatida amal qila boshlagan. Rene Dekart falsafa tarixidan dualizmning yorqin vakili sifatida oʻrin oldi. R.Dekartning radikal mexanitsizmi uni materiya‘ning butunlay ruhsizligi haqidagi yondashuvga olib keldi. R.Dekart nazarida, moddiy jismoniy substansiya oʻz atributi sifatida uzunlik, kenglik va chuqurlik koʻlamigagina ega. U mutlaq boʻshliqni istisno etadi, harakatlanish, ya‘ni jismoniy zarralarni boʻlish, joydan-joyga koʻchirish va oʻzgartirish qobiliyatiga ega. Ma‘naviy hayot faylasuf nazarida moddiy hayotdan alohida, oʻzining bilish va fikrlash faoliyati, intellektual intuitsiya va deduksiya kabi oʻziga xos koʻrinishlarida namoyon boʻladi. U ruhiy substansiya‘ning butunlay jismsizligini e‘tirof etdi. Garchi R.Dekart yangi falsafa va fan asoschilaridan biri boʻlsa-da, uning gʻoyalarida oʻrta asr falsafasidan meros qolgan «substansiya» ata‘masining alohida narsani tushunish uchun qoʻllanilishiga, shuningdek, u ikki muhim - universal va Cheksiz substansiya – fikrlash va koʻlamni alohida erkin maqomga ega, deb e‘lon qilganiga duch kelish mumkin. R.Dekartning «cogio ergo sum» – «men fikrlayapman, demak, mavjudman», degan iborasi falsafiy tafakkurni barcha narsalarning negizi sifatida tan olganligidan da‘lolat beradi. R.Dekart fikrlovchi substansiya‘ning uzviyligini va har bir «Men», ya‘ni aqlli jonzotga bevosita, koʻlamli substansiya esa – bilvosita ochiqligini isbotladi. Ajralmas substansiya (aql) metafizikaning oʻrganish predmetini, ajraluvchi substansiya (koʻlam) esa fizika predmetini tashkil etadi. Biroq, ikki substansiya – ma‘naviy va moddiy substansiyalarni farqlash, bu mantiqiy nuqtayi nazardan notoʻgʻri va ratsional ma‘noda juda koʻp qiyinchiliklarga sabab boʻlishi mumkin. Fikrlash va koʻlamga ikki substansiya tarzida, ya‘ni bir-biriga bogʻliq boʻlmagan mustaqil asoslar sifatida yondasxilganida, «ruh» va «tana» oʻz harakatlarida qanday uygʻunlashishi, umuman, «tana» qanday qilib fikrlash qobiliyatini kasb etishi mumkinligini tushunish qiyin. Mohiyat-e‘tiboriga koʻra, substansiya butun mavjudot asosi, hamma narsani oʻz ichiga oluvchi va oʻzini namoyon qilish uchun hech narsaga muhtoj boʻlmagan yagona birinchi asos sifatida namoyon boʻlgan. Fransuz faylasufi J.Lametri oʻzining «Ruhning tabiiy tarixi» deb nomlangan asarida dualizmni inkor qiladi. U oʻzida tajriba oʻtkazgan – bezgak kasalligiga chalingach, uning kechishini kuzatgan, pirovardida, insonning ruhiy holati uning jismoniy vujudiga bogʻliq, degan xulosaga kelgan. J.Lametri monistik-materializmni himoya qilib, Cheksiz takomillashuvchi yagona moddiy substansiya mavjud, degan gʻoya‘ni ilgari surgan. Substansiyaga xos sezish va fikrlash qobiliyati vujudli jismlarda mavjud boʻladi. Sezish va fikrlash qobiliyatining oʻzi tashqi jismlarning miyaga ta‘siri bilan bogʻliq. Shu sababli aynan tashqi dunyo insonning «miya ekrani»da aks etadi, tana ehtiyojlari esa, J.Lametrining fikriga koʻra, «aql mezoni» sifatida amal qiladi. Ikki asos, muhabbat va nafrat, yaxshilik va yomonlik, erkinlik va zaruriyatning teng huquqliligi gʻoyasi ilgari surilgan har qanday falsafiy nazariya dualistik nazariya sifatida amal qilgan. Download 115.65 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling