2-mavzu. Ontologiya-borliq haqidagi falsafiy ta'limot. Ong. Ijtimoiy ong va uning asosiy shakllari. (2 soat) Reja


Download 115.65 Kb.
bet13/30
Sana02.02.2023
Hajmi115.65 Kb.
#1146931
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   30
Bog'liq
2-mavzu

Ijtimoiy borliqayrim insonning jamiyatdagi borligʻi va jamiyatning
borligʻiga boʻlinadi
. Har bir inson boshqa odamlar bilan muttasil aloqa
qiladi, turli ijtimoiy guruhlar: oila, ishlab chiqarish jamoasi, millatning a‘zosi
hisoblanadi. U boshqa individlar bilan yaqin aloqa qilib yashaydi.
Odamlarning barcha faoliyati mazkur sotsiumga xos boʻlgan ijtimoiy
munosabatlar, chunonchi: siyosiy, huquqiy, iqtisodiy, axloqiy va boshqa
munosabatlar doirasida amalga oshiriladi.
Virtual borliq (lotincha Virtualis – mumkin boʻlgan) narsalar va
hodisalarning vaqt va makonda moddiy mavjudligiga qarama-qarshi oʻlaroq,
obyektiv narsalar yoki subyektiv obrazlar mavjudligining nomoddiy turi.
Uning zamirida Birinchi marta XX asr 60-yillarining oʻrtalarida paydo boʻlgan kompyuterlar yordamida dunyolar modelini yaratish mumkin
, degan
gʻoya yotadi.
«Virtual borliq» ata‘masi 1970 yillarning oxirida Massachuset
texnologiya institutida Jeron Lener tomonidan oʻylab topilgan. U 1984 yilda
dunyoda birinchi virtual borliq firmasini tashkil etdi. Bu ata‘ma kompyuterda
yaratiladigan muhitda insonning mavjudligi gʻoyasini ifoda etadi, amerikalik
kine‘matografchilar tomonidan muomalaga kiritilgan.
Virtual borliq - inson real borliqda harakat qilayotgani illyuziyasini
kompyuterda yaratish imkonini beruvchi interfaol texnologiya
. Bunda
obyektiv borliqni tabiiy sezgi organlari yordamida idrok etish oʻrnini maxsus
interfeys, kompyuter grafikasi va ovoz vositasida sun‘iy yaratilgan
kompyuter axboroti egallaydi. Virtual borliq amalda yoʻq narsa, uni qoʻl
bilan tutish, uning ta‘mi va hidini his qilish mumkin emas. Shunga qaramay,
u mavjud va inson bu hayoliy olamga kirib, uni nafaqat kuzatadi va boshdan
kechiradi, balki unga ta‘sir koʻrsatish imkoniyatiga ham ega boʻladi, ushbu
olamda mustaqil harakat qiladi, uni oʻzgartira oladi. Virtual olam – inson
borligʻining oʻziga xos shakli va odamlar ma‘naviy aloqasining alohida
madaniy ifodasidir.
Ammo virtual borliq real fizik borliqdek lazzat baxsh eta olmaydi,
chunki bu borliq ta‘sirida vujudga keluvchi his-tuygʻular koʻp jihatdan uning
oʻzi bilan emas, balki uni biz qanday idrok etishimiz bilan belgilanadi. Biz
virtual dengizda choʻmilishimiz mumkin, ammo bunda paydo boʻluvchi histuygʻularimiz bu dengizni biz qanday idrok etishimizga bogʻliq boʻladi.
Virtual tarvuz haqiqiy tarvuzdan shirin emas, virtual kolbasa haqiqiy kolbasa
oʻrnini bosa olmaydi va h.k.
Virtual borliqni odamlar yaratadi. Shu bois, virtual borliqda mavjud
barcha narsalarning manbai inson ongidir. Binobarin, virtual borliq ong, ong
osti sohasi va fantaziya chigʻirigʻidan oʻtuvchi fizik borliqdan shakllanadi.
Virtual borliq obyektiv tarzda, ya‘ni inson miyasida emas, balki kompyuterda
mavjud boʻladi. aynii vaqtda, u inson ongining mahsulidir. Inson tomonidan
yaratilganidan keyin u inson ongidan qat‘iy nazar yashashda davom etadi, bu
ongga har xil ta‘sir koʻrsatadi, mazkur ongning mazmuniga – bilimlar,
emotsiyalar, kayfiyat hamda ongning boshqa unsurlariga qarab, har xil idrok
etiladi.
Bugungi kunda virtual borliq inson madaniy faoliyatining turli
sohalarida qoʻllanilmoqda. Virtual borliqdan eng avvalo u vujudga kelgan
sohada, fanda – fizikada suyuqlik va gazlar dinamikasini modellashtirishda,
kimyoda kimyoviy reaksiyalar modelini tuzishda, geologiya va geografiya
fanlarida foydalanilmoqda. Muhandislik sohasida, ayniqsa, xavfli
sharoitlarda: ochiq kosmosda, dengiz va okeanlarning chuqur joylarida, yadro
muhandisligida robotlarni masofadan turib boshqarishda virtual borliq keng
qoʻllanilmoqda. Muhandislik dizaynini avtomatlashtirish jarayonida virtual borliq texnologiyasi ayniqsa qoʻl kelmoqda. Kompyuter dizayni va uning
ajralmas hamrohi – kompyuter ishlab chiqarishi raketalar va samolyotlar,
avtomobillar katta binolar konstruksiyalarini sinovdan oʻtkazishda yagona
jarayonga birlashtirildi. Virtual borliq texnologiyasidan harbiylar ham keng
foydalanmoqdalar. Masalan, AQSh armiyasida harbiy xizmatchilarda
merganlik koʻnikmalarini shakllantirishda imitatorlardan, jang sharoitida tez
va toʻgʻri qarorlar qabul qilish koʻnikmasini shakllantirish uchun esa harbiy
doktorlardan foydalaniladi. Juda qimmatga tushadigan va atrof muhitga katta
zarar etkazadigan harbiy mashqlar imitatsiya qilinmoqda. Tank qismlarida
tankdan oʻq uzishni hamda tank jangida askarlar va ofitserlarning shaxsiy
ishtirokini imitatsiya qiluvchi harbiy oʻyinlardan foydalanilmoqda.
Loyihalashtirilgan, lekin hali yasalmagan qurol-aslaha turlari sinovdan
oʻtkazilmoqda. Harbiylar olingan ma‘lumotlarni tahlil qilish va ularga baho
berish uchun ham kompyuter imitatsiyasidan foydalanmoqdalar.
Ta‘lim sohasida mashq trenajyorlarini yaratishda virtual borliq
texnologiyasidan foydalanilmoqda. Virtual kutubxonalar va muzeylar tashkil
etish jarayoni boshlandi. Masalan, virtual kutubxonalarda foydalanuvchi
kompyuter yordamida kitob javonlarining vizual tasviri boʻylab
harakatlanishi, kerakli adabiyotlarni topishi va olib koʻzdan kechirishi, zarur
holda esa ulardan nusxa koʻchirishi mumkin.
Virtual muzey konsepsiyasi bir qadar boshqacha. Virtual muzey
foydalanuvchilarga kolleksiyadagi istalgan eksponatni uning tabiiy, uch
oʻlchovli koʻrinishida koʻrish imkonini beradi. Ammo bu tasviriy echish
qobiliyati ancha yuqori boʻlgan displeylarni taqozo etadi.
Shunday qilib, virtual borliq nazariy izlanishlardan ommaviy axborot
vositalari va telekommunikatsiyalar ajralmas qismi boʻlgan hozirgi zamon
madaniyatining tarkibiy qismiga aylandi.

Download 115.65 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   30




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling