2-mavzu. Ontologiya-borliq haqidagi falsafiy ta'limot. Ong. Ijtimoiy ong va uning asosiy shakllari. (2 soat) Reja


Download 115.65 Kb.
bet11/30
Sana02.02.2023
Hajmi115.65 Kb.
#1146931
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   30
Bog'liq
2-mavzu

Borliqning ezoterik talqini. Ikki xil borliqning mavjudligi
ezoterizmning asosiy gʻoyasi hisoblanadi. Ezoterik qarashlarga koʻra, bu
borliqlarning biri mutlaqo ideal xususiyat kasb etadi (bu ezoterika
ata‘malarida nozik darajalarda mavjudlikni anglatadi), ikkinchisi esa
insonning kamolotga eltuvchi yoʻlni bosib oʻtish va oʻzini ham, kosmosni
ham oʻzgartirishga boʻlgan intilishini aks ettiradi. Bundan ezoterizmning ikki
aniq yoʻnalishi kelib chiqadi. Ularning biri teran ong va ulkan iste‘dodga
ega boʻlgan komil inson gʻoyasiga, ikkinchisi – «Xudoning Erdagi saltanati»
xoliazmik formulasi bilan moddiylashtirilgan gʻoyaga oʻxshab
ketadiganhayotni oʻzgartirish gʻoyasiga ishora qiladi.
Ezoterik mulohazaga misol: «Yangi davr» gʻoyasining targʻibotchisi
She‘rli Makleyn shunday deydi: «Men kosmik aqldan, ma‘naviy ziyodan
olgan fikrlarning eng muhimi bu Xudo – bizning oʻzimiz, degan fikrdir.
Borliqning biz anglab etgandan muhimroq qandaydir darajasi bor»1. Ba‘zan
bu borliqdan uzoqlashishga, ba‘zan – mantiqqa zid boʻlgan noizchil hattiharakatlarga, ba‘zan – hamma narsani oʻzgartirish moʻljali bilan bogʻliq
boʻlgan haddan tashqari soxta faollikka olib keladi.
Oqilona ilmiy bilim, odatda, noemotsional va shaxssiz obyektiv boʻlsa,
ezoterik an‘anada emotsional kechinmalarning mexanizmlaridan
foydalanmasdan, xususan oq afsungarlik bilan bogʻliq holda fikrlar, soʻzlar
va hatti-harakatlarda ezgulik va ziyoga qarab, qora afsungarlik bilan bogʻliq
holda esa – yomonlik va riyoga qarab moʻljal olmasdan yashirish bilimni
oʻzlashtirish mumkin emas.
Ezoterik fanlar ikki asosiy maqsadni: avvalambor, odatdagi tajriba
chegarasidan tashqa‘rida yotuvchi dalillarni bilishga qaratilgan ma‘rifiy maqsadni va tashqi dunyo jarayonlarini boshqarish bilan bogʻliq boʻlgan
boshqaruvga doir yoki kiber-maqsadni koʻzlaydi. Nazariyalar, ta‘limotlar va
ilmiy konsepsiyalarning oʻzgarish intensivligiga teng boʻlgan davriylikka
ezoterizmda duch kelish mumkin emas. U ichdan harakatchan; uning faolligi
nyuanslar va shaxsiy xususiyat kasb etuvchi yondashuvlarning rangbarangligida namoyon boʻladi. Ammo u oʻz tabiatiga koʻra ancha turgʻun,
chunki poydevor sifatida qoʻyilgan qadimgi germetik ta‘limotga, qadimgi
ajdodlarimizning xufyona donishmandligiga tayanadi.

Download 115.65 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   30




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling