Materiya haqidagi tasavvurlar rivojlanishining ikkinchi bosqichi
Yangi davr (XVI–XVII asrlar) falsafasidamateriya tushunchasi fizikada
qabul qilingan muayyan oʻzgarmas xossalar yigʻindisi sifatidagi «modda»
tushunchasi bilan ayniylashtirilgan. Masalan, ingliz materialistlari F.Bekon
va T.Gobbs bunday xossalar qatoriga koʻlamlilik, shakl, ogʻirlik va
hoka‘zolarni kiritgan. Ba‘zan materiya tushunchasi bitta muayyan
«birlamchi» xossa, masalan koʻlamlilik yoki massa bilan ayniylashtirilgan
(R.Dekart, I.Nyuton ).
Yangi davrning mexanistik materializmida materiya ta‘rifi zamirida
«material» tushunchasi emas, balki barcha moddiy narsalar uchun umumiy
boʻlgan asosiy va oʻzgarmas xossalar tushunchasi yotadi. Bu davr faylasuflari
antik davrda amal qilgan metodologik qoidani yangi bosqichga koʻtardilar.
Ular materiyaga birinchi modda sifatida emas, balki birinchi belgi sifatida
yondashdilar. Qadimgi faylasuflardan farqli oʻlaroq, ular suv, olov yoki
havoni butun borliqning birinchi asosi va birinchi sababi deb,e‘lon qilganlari
yoʻq. Barcha fanlar tajriba asosida rivojlangan ushbu davrda hamma narsa zamirida ayrim mexanik xossalar: koʻlamga egalik, oʻzidan hech narsani
oʻtkazmaslik, ogʻirlik, shakldorlik yotadi, degan qarash shakllandi.
Materiya‘ni tavsiflashga nisbatan mazkur yondashuv XIX asr
oxirigacha dunyoning ilmiy manzarasiga zid boʻlmagan. Buning negizida
materializmning shakli metafizik yoki mexanistik degan nom olgan, chunki u
fizikaning nazariy ma‘lumotlariga asoslanibgina qolmasdan, balki ilmiy
izlanishlarning dunyoqarashga doir metodologik asosi sifatida amal qilgan.
Xullas, materiya‘ning antik va mexanistik talqiniga xos boʻlgan bir
qancha umumiy jihatlarni qayd etish mumkin. Birinchidan – materiya birinchi
modda yoki birinchi belgini topish yoʻli bilan aniqlanadi.
Ikkinchidan – materiya‘ni aniqlash zamirida obyektivlik mezoni, ya‘ni
bizdan tashqa‘rida va bizga bogʻliq boʻlmagan holdagi mavjudlik qobiliyati
yotadi.
Uchinchidan – materiya oʻzgarmas boʻlib, oʻz navbatida, oʻzgaruvchi
sifatidagi ayrim narsalarga qarsxilik koʻrsatadi. Toʻrtinchidan – «materiya»
tushunchasini ta‘riflashda yakkalik va xususiylik haqidagi metodologik
qoidaga amal qilinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |