2-mavzu. Ontologiya-borliq haqidagi falsafiy ta'limot. Ong. Ijtimoiy ong va uning asosiy shakllari. (2 soat) Reja
Download 115.65 Kb.
|
2-mavzu
Substansiya (lot. substantia – mohiyat, birinchi asos), narsalarning
yagona asosga egaligi, ularning kelib chiqishi bilan belgilangan umumiy va uzviy xossalari esa – atributlar (lot. attributum –xos boʻlgan, qoʻshib olingan) degan gʻoyaga asoslanadi. SHunday qilib, biron-bir obyektning borligʻi deganda substansial borliq, ya‘ni obyektning substansiyadan vujudga kelishi bilan belgilangan borliq tushunilsa, bu obyektni mavjud deb hisoblash orqali biz unda muayyan atributlarning mavjudligini taxmin qilamiz (holbuki «sof borliq»dan bunday borliqning tabiati haqida biron-bir taxmin kelib chiqmaydi). Masalaga bunday yondasxilganda borliq nima, degan savol substansiya nima, uning atributlari qanday, degan savolga aylanadi. Falsafa tarixida bu masala yechimining turli variantlarini aks ettiruvchi ontologik konsepsiyalar taklif qilingan. Materialistik ontologiyaborliqning asosi moddiy narsalar degan ta‘limot boʻlib, uni antik faylasuflar yaratgan. Fales butun borliqning birinchi asosi deb suvni, Anaksimen – havoni, Geraklit – olovni e‘tirof etgan. Qadimgi ta‘limotlar orasida Anaksimandr ontologiyasi alohida oʻrin egallaydi. Uning fikricha birinchi asos Cheksiz va sifat jihatidan nomuayyan boʻlishi kerak, chunki unda narsalarning barcha konkret sifatlari (issiq va sovuq, namlik va quruqlik, achchiq va shirin va h.k.) aralash boʻlishi lozim. Atomlar, efir, modda – bularning barchasi materiya‘ni barcha narsalarning substansiyasi sifatida tushunishning turli variantlaridir. Idealistik ontologiya substansial borliqni «narsalar dunyosi» zamirida yotuvchi «gʻoyalar dunyosi» sifatida tasavvur qilingan bu gʻoya Platon falsafasida rivojlantirilgan. Din ontologiyasida Xudoning substansial borligʻi tasdiqlanadi. Ekzistensializm ontologiyasidasubstansiya gʻoyasi insonga bevosita berilgan borliq – ekzistensiya kategoriyasi bilan bogʻliq. Bunda umid, qoʻrquv, gʻamxoʻrlik, vijdon va shu kabilar borliqning atributlari («ekzistensiallari») hisoblanadi. Dualistik xususiyatga ega boʻlgan ontologik konsepsiyalarda ikki xil borliq va tegishli ravishda ikki substansiya farqlanadi (Dekart). Leybnits ontologiyasi koʻp sonli substansial shakllar (monadalar)ning mavjudligini nazarda tutadi. Empirik yoʻnalish vakillari substansiya gʻoyasini tajribadan keltirib chiqarish mumkin emas, deb hisoblaydi. Berkli bizning sezgilarimiz ruhimizdan tashqa‘rida «idrok etilmagan narsalar» mavjudligidan da‘lolat berishi mumkin emas, deb, moddiy substansiya‘ni rad etgan. Yum Berklining ayni shu fikrini ma‘naviy substansiyaga nisbatan ham tatbiq etgan. Uning fikricha, substansiya‘ning umumiy (moddiy substansiya ham, ma‘naviy substansiya ham) gʻoyasi hayolot mahsulidan boshqa narsa emas. Biz ayrim narsalarni idrok eta‘miz, lekin hech qachon ularning oʻrtasidagi sababiy aloqani idrok etmaymiz. Substansiya shunday bir nomki, uning ostida biz oʻzaro bogʻlanmagan roʻyolarni birlashtiramiz. D.Yum substansiya‘ni umuman borliq tushunchasiga tatbiq etadi. Yum,―Bizning sezgilarimizdan tashqa‘rida biron-bir narsa mavjud yoki mavjud emasligini soʻrash befoydadir. Biz tashqi dunyo mavjud, ya‘ni bizga bogʻliq boʻlmagan va uzluksiz borliqqa ega ekanligiga ishonishimiz mumkin, lekin u mavjud ekanligini isbotlay olmaymiz. Mavjud boʻlgan narsa mavjud boʻlmasligi ham mumkin... Butun mavjudlikning mavjud emasligi uning mavjudligi kabi aniq va ravsha‘n gʻoyadir»1, deb yozadi. Ammo Berkli va Yum mohiyat e‘tibori bilan shunday bir ontologik konsepsiya‘ni rivojlantirganki, unda substansiya rolini uning «surrogati» – subyektda tugʻilgan sezgilar oqimi oʻynaydi. Download 115.65 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling