2-mavzu. Ontologiya-borliq haqidagi falsafiy ta'limot. Ong. Ijtimoiy ong va uning asosiy shakllari. (2 soat) Reja
Olamning chekliligi va Cheksizligi
Download 115.65 Kb.
|
2-mavzu
- Bu sahifa navigatsiya:
- Potensial va aktual cheksizlik
Olamning chekliligi va Cheksizligi. Falsafada olamning chekliligi va
Cheksizligi bilan bogʻliq masalalar muhim ahamiyat kasb etadi. Bunda har bir konkret narsaning chekli ekanligi, umumiy olamning Cheksiz va chegarasizligi e‘tirof etiladi. Cheksizlikni ifodalash uchun ichki (intensiv) va tashqi (ekstensiv) shakllar mavjudligi koʻplab falsafiy adabiyotlarda qayd etilgan. Intensiv cheksizlik materiya‘ning ichdan nihoyasizligi haqidagi tasavvurdir. Intensiv cheksizlikning mavjudligi tabiatda ichki tuzilishga ega boʻlmagan, mutlaqo elementar obyektlar yoʻqligini koʻrsatadi. Intensiv cheksizlik mikrozarralarni oʻrganish jarayonida materiya‘ning kichikroq qismlarga cheksiz boʻlinishi sifatida qaralishi mumkin emas. Zarralarning bir-biriga aylanuvchanligi ular ancha murakkab tabiatga ega ekanligidan da‘lolat beradi. Ekstensiv cheksizlik ichdan emas, balki sirtdan cheksizlikdir. U mazkur obyekt doirasidan tashqa‘rida, «katta» dunyoda kuzatiladi va obyektdan tashqa‘ridagi cheksizlikni ifodalaydi. Bu erda obyekt xossalari va sifatlarining atrofdagi narsalar bilan oʻzaro ta‘sirlar tizimiga bogʻliqligi muammosi muhimroqdir. Amalda cheksiz lik mavjud boʻlib, u bilishga qaratilgan yoʻnalishdan kelib chiqadi va intensiv yoki ekstensiv deb tushuniladi. Ekstensiv va intensiv cheksizlik – haqiqiy cheksiz likning oʻziga xos proeksiyalaridir. Ularni geometrik shaklning koordinatalar oʻqidagi proeksiyalariga oʻxshatish mumkin. Dunyoning chekliligi yoki cheksizligi gʻoyasini isbotlash va inkor etishga Kant antinomiyalaridayoq harakat qilingan edi. Kant antinomiyalariga, agar dunyo vaqtda oʻz ibtidosiga ega boʻlsa, demak, dunyo yaralgunga qadar hech narsasiz sof vaqt mavjud boʻlgan, lekin bu «hech narsa»dan dunyo yaralishi mumkin emas. Agar dunyo makon va vaqtda ibtidoga ega emas, deb taxmin qilinsa, bundan hozirgi vaqtgacha cheksizlik oʻtgan, ya‘ni har qanday voqeadan oldin cheksiz vaqt oʻtgan, bugun esa u tugadi va olam nimagadir ayni shu vaqtda vujudga keldi, degan xulosa kelib chiqadiki, bu ham ehtimoldan uzoq boʻlgan holdir. Olamning relyativistik konsepsiyasi boʻlishi ehtimol tutilgan butun moddiy dunyoni qamrab olgani sababli, uning «ibtidosi» gʻoyasida cheksiz lik gʻoyasi butunlay inkor etilib, fanda toʻntarish yasalishiga olib keladigandek boʻlib tuyuldi. Relyativist kosmologlarning kengayib borayotgan olam – Metagalaktikaning yagonaligi va u hamma narsani qamrab olishi haqidagi ta‘limoti oʻtmishda koʻp karra takrorlangan olamda Erning yagonaligi, Quyosh sistemasi yoki galaktikaning yagonaligi haqidagi gʻoyalarni eslatadi. Amalda olamning kosmologik modellari, garchi butun dunyoni tushuntirish uchun tuzilgan boʻlsa-da, uning ayrim qisminigina tushuntiradi. Faqat, mazkur sohaga taalluqli, butun dunyodagi makon va vaqtga nisbatan tatbiq etilmaydi, deb talqin qilingan makon va vaqtning chekliligi hamda cheksizligi haqidagi kosmologik tasavvurlar cheksizlik gʻoyasini inkor etmaydi. Kosmologiya rivojlanishining hozirgi bosqichi relyativistik kosmologiya‘ning ustuvorligi bilan tavsiflanadi. Relyativistik kosmologiya butun dunyoni mukammal tavsiflashga da‘vo qilmaydi, lekin cheklilik va cheksizlikni biz yashayotgan olamga tatbiqan, uning fizikaviy-makon tuzilishi tomonidan oʻrganadi. Relyativistik kosmologiya asoschilari A.Eynshteyn va A.Fridman hisoblanadi. A.Eynshteyn 1917-yilda olamning birinchi relyativistik modelini tuzdi. U bunda quyidagi taxminlardan kelib chiqdi. 1. Modda va nurlanish olamda bir tekis tarqalgan. Bundan olam maydoni bir xil va izotrop tuzilishga ega. Garchi ogʻir obyektlar yaqinida makon-vaqt geometriyasi oʻzgarsa-da, bu oʻzgarish olamning oʻzgarmas egrilikka ega boʻlgan bir xil izotrop maydonidan chetga ahamiyatsiz ogʻishdir, xolos. 2. Olam turgʻun vaqtda oʻzgarmasdir. Shu bois, maydon geometriyasi evolyusiyaga ega boʻlishi mumkin emas. A.Eynshteyn dunyosi, odatda, «silindrsimon dunyo» deb ataladi, chunki uni Cheksiz koʻlamli toʻrt oʻlchovli silindr koʻrinishida tasavvur qilish mumkin. Silindrning yasovchisi boʻylab vaqt oʻqi oʻtadi, u oʻtmishga ham, kelajakka ham cheksiz qaratilgan. Silindr kesimi maydonni beradi. Mazkur modelda bu oʻzgarmas musbat egrilikka ega uch oʻlchovli doirasimon maydon bor. U chekli hajmga ega. Buning ortida hech narsa mavjud boʻlmagan dunyoning qandaydir chekkasi bor, deb tushunmaslik kerak. aynii holda maydon «oʻz-oʻzida tutashadi» va bu unda hech qachon toʻsiqqa uchramasdan cheksiz aylanish imkonini beradi. Biroq A.Eynshteynning «silindrsimon dunyo»si oʻtmishda qolgan. Uning olamning turgʻun modelini yaratishga urinishlari hozir olamning abadiyatda oʻzgarmas holda mavjudligi haqidagi an‘anaviy tasavvurlarga hurmat sifatida qaraladi. Olamning turgʻun modelini A.Eynshteyn maxsus taxmin asosida yaratganini ham e‘tiborga olish kerak. Mazkur muammoning yangi yechimini A.Fridman taklif qilgan va uni belgiyalik kosmolog M.Lemetr rivojlantirgan. A.Fridman dunyoning turgʻunligi haqidagi taxmindan voz kechadi, lekin uning bir xilligi va izotropligi haqidagi postulatni saqlab qoldi. Bu muammoning uch xil yechimini taklif qilish imkonini berdi: 1. Agar olamda modda va nurlanishning zichligi ayrim kritik kattalikka teng boʻlsa, maydon evklid maydoni boʻladi, ya‘ni egriligi nolga teng boʻladi va dunyo cheksiz boʻladi. 2. Agar zichlik kritik kattalikdan kichkina boʻlsa, olam maydoni Lobachevskiy geometriyasi bilan tavsiflanadi, u manfiy egrilik va Cheksiz hajmga ega, ochiq va bel koʻrinishida boʻladi. 3. Agar olamda moddaning zichligi kritik darajadan katta boʻlsa, maydon musbat egrilikka ega, lekin hajmi cheklangan boʻladi. Dunyo berk va chekli boʻlib, Riman geometriyasi bilan tavsiflanadi. Potensial va aktual cheksizlik. Cheksizlik tushunchasi potensial va aktual cheksizlikni oʻz ichiga oladi. Potensial Cheksizlik miqdor va sifat oʻzgarishlarining nihoyasiz jarayonini qayd etadi. Potensial cheksizlik toʻxtatish, bekor qilish yoki mavjud emas, deb e‘lon qilish mumkin boʻlmagan shakllanish, oʻzgarish va rivojlanish jarayoniga ishora qiladi. Aktual cheksizlik muayoyan sharoitda toʻliq mavjud boʻlgan cheksiz likning mavhumlashtirilgan koʻrinishidir. Bu oʻxshash obyektlarning cheksiz toʻplamidan, masalan, Yer yuzidagi odamlarning sochlaridan yoki sa‘yyoramizda oʻsuvchi gullardan tashkil topgan oʻziga xos obyekt sifatida oddiy tushunishga asoslanadi. Aktual cheksizlik intixoli narsalarning cheksiz miqdoridan tashkil topgan obyektlarning son-sanoqsiz toʻplamlari aktual tarzda mavjudligi toʻgʻrisida soʻz yuritish imkonini beradi. Aktual cheksizlik muayyan mavjud borliq sifatida olinadi, ammo u doim eng koʻp e‘tiroz va qarsxilikka sabab boʻladi. Koʻplab faylasuflar bu masalani chetlab oʻtishga harakat qilganlar. Bunda Aristotel qarashlari ancha muhim rol oʻynagan. U ikki ming yil davomida amal qilgan «aktual emas, balki potensial cheksizlikkina mavjuddir», degan qoidani ilgari surdi. Sogʻlom fikr nuqtayi nazaridan Aristotelning bu gʻoyasini asoslovchi dalillar bisyor. Potensial cheksiz lik, obrazli qilib aytganda, har qanday songa birni qoʻshish imkonini beradi va ancha sodda mavhumlik hisoblanadi. Uni qabul qilish va unga koʻnikish mumkin. Aktual cheksizlik esa mutlaqo paradoksal xususiyatga ega, chunki u cheksizlikni «shu erda» va «hozir» yakunlangan, deb hisoblaydi, masalan:agar biron-bir ichkilikboz kishi hozirgacha koʻp ichkilik ichgani va yana ikki shisha shampan vinosi icha olishini aytsa, bu potensial cheksizlik hisoblanadi. Agar u cheksiz miqdorda shampan vinosi ichganini aytsa, uning bu fikriga absurd gap sifatida qarash kerak boʻladi. aynii vaqtda, bu aktual cheksizlikni oʻzining barcha elementlariga ega boʻlgan real obyekt koʻrinishida mavjud cheksizlik sifatida ifodalashga urinish hisoblanadi. Muttasil rivojlanuvchi olam shakllangan aktual cheksizlik sifatida tavsiflanishi mumkin emas. Ammo aktual Cheksizlik gʻoyasining oʻzi ijod manbai va evristik izlanishlar uchun zamin sifatida ancha samarali xulosa boʻladi. Download 115.65 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling