2-mavzu. Ontologiya-borliq haqidagi falsafiy ta'limot. Ong. Ijtimoiy ong va uning asosiy shakllari. (2 soat) Reja


Download 115.65 Kb.
bet25/30
Sana02.02.2023
Hajmi115.65 Kb.
#1146931
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   30
Bog'liq
2-mavzu

In’ikos nazariyasi. In‘ikos nima? Tabiat obyektlari va hodisalarining
umumiy xossasi sifatidagi in‘ikos – avvalo, oʻzaro ta‘sirdir
. U bir jism
boshqa jismga ta‘sir koʻrsatishini, boshqa jism esa birinchi jism ta‘siriga
javob berishi yoki undan ta‘sirlanishini nazarda tutadi (A
V; VA).
Bundayoʻzaro ta‘sir tarzida namoyon boʻladigan in‘ikosda, bir jism oʻziga
xos xususiyatlarining boshqa jismda aks ettirish jarayoni tushuniladi
.
Binobarin, in‘ikos tashqi ta‘sirga mos oʻzgarishlar majmuini ifodalaydi.
Bunda oʻzaro ta‘sir natijasida aks etuvchi tizimlarning strukturalaridan
goʻyoki «nusxa» koʻchirib olinadi va aks ettiruvchi tizimlarning alohida
strukturalarida oʻzgartirilgan koʻrinishda, «izlar», «muhrlar» shaklida aks
ettiriladi. In‘ikosni oʻzaro ta‘sirga kirishuvchi narsa va hodisalarning oʻz
tarkibi hamda xossalarida ayni shu oʻzaro ta‘sirning izlarini qoldirish
qobiliyati sifatida tushunish mumkin. In’ikosning shakllari. In‘ikos jarayonining namoyon boʻlish xususiyati
materiya‘ning tuzilish darajasiga bogʻliq. SHu munosabat bilan in‘ikosning
turli, chunonchi:
- jonsiz tabiatdagi;
- jonli tabiatdagi;
- jamiyatdagi darajalari farqlanadi.
Materiya‘ning rivojlanish jarayonida uning tuzilishining
murakkablashuvi yuz beradi. Shu bois materiya‘ning harakat shakllari qancha
boʻlsa, in‘ikos shakllari ham shuncha boʻladi: mexanik, fizik, kimyoviy,
biologik (psixik), ijtimoiy va hoka‘zo. in‘ikos shakllarining evolyusiyasi
jonsiz tabiat narsalarining xossasi sifatida amal qiluvchi in‘ikos yuqoriroq
darajadagi in‘ikosning elementar negizini tashkil etishini nazarda tutadi. Bu
darajada in‘ikos muhit haroratining oʻzgarishiga qarab oddiy mexanik
deformatsiya, qisqarish yoki kengayish koʻrinishida, yorugʻlik in‘ikosi,
elektromagnit toʻlqinlarning oʻzgarishi in‘ikosi, ovoz toʻlqinlari in‘ikosi (aks
sado), kimyoviy oʻzgarishlar (masalan, lakmus qogʻoz rangining oʻzgarishi)
in‘ikosi sifatida amal qilishi mumkin.
Jonsiz tabiatdagi in‘ikosga tanlash xususiyati va kumulyativlik, ya‘ni
oldingi ta‘sirlarning izlarini saqlash xosdir
. In‘ikosning tanlash xususiyati
oʻzaro ta‘sirga kirishuvchi obyektlarning oʻziga xos xususiyatlari bilan
belgilanadi. Masalan, kimyoviy element boshqa har qanday element bilan
emas, balki tanlash va ajratish asosida kimyoviy reaksiyalarga kirishadi
hamda birikadi. Tabiatdagi ayrim predmetlar ekranlashtirish xossalariga ega
boʻladi va elektromagnit toʻlqinlarni aks ettiradi, ayrim predmetlar esa
bunday xossalarga ega boʻlmaydi. Kumulyativlik – oldingi ta‘sirlarning
izlarini saqlash tizimning eskirishi haqida hukm chiqarish imkonini beradi.
Aks ettiruvchi tizim oldingi ta‘sirlarni «yodda saqlaydi» va oʻzining keyingi
faoliyatida ularni hisobga oladi.
Jonlining jonsizdan farqi haqida gapirganimizda, biz XIX asrning
ikkinchi yarmida yuzaga kelgan, ammo hozirgi zamon fani inkor etmagan,
balki mufassallashtirgan hayotning universal ta‘rifini eslaymiz: «Hayot – bu
oqsilli jismlarning mavjudlik usulidir». Oqsillar, aminokislotalar, nuklein
kislotalar tiriklikning eng muhim unsurlari hisoblanadi. Koʻpayish, oʻsish va
moddalar almashinuvi tirik organizmlarning oʻziga xos xususiyatidir. Oʻzoʻzidan koʻpayish qobiliyati kimyoviy reaksiyalarning jonsiz tabiatda
uchramaydigan turi bilan ta‘minlanadi va matritsali sintez deb ataladi.
V.A.Engelgardt jonli sistemalarning yana bir muhim xossasi – «xaosdan
tartib oʻrnatish» qobiliyatini, ya‘ni hayot jarayonlarining entropiyaga zid
xususiyatini qayd etadi. Tirik organizmlar molekulalarning xaotik issiqlik
harakatini tartibga solishga qodir.
Jonli tabiatda in‘ikos oddiy bir hujayralilar va oʻsimliklarning
ta‘sirlanuvchanligi, asab hujayralarining ta‘sirchanligi koʻrinishida, shuningdek, hayvonlar darajasida ularning xulq-atvorini tartibga solishni
ta‘minlovchi psixik in‘ikos koʻrinishida mavjud boʻladi.
Biologik in‘ikos
shunday bir xossaki, usiz hayvonlar oʻz mavjudlik sharoitiga moslasha
olmaydi. Ma‘lumki, ayrim oʻsimliklarning barglari doimo Yorugʻlik manbai
tomonga – nurlar ularga 90 gradusga intiluvchi burchak ostida tushadigan
tarzda qarab oʻsadi. Kungaboqar boshchasi quyosh tomonga oʻgirilib oʻsadi.
Shunga oʻxshash hodisalarni ildiz sistemasining oʻsishida ham kuzatish
mumkin. Oziqlanish va suv ta‘minoti shart-sharoitlari optimal boʻlgan joyda
ildiz yaxshi oʻsadi.
Mimikriya hodisasi jonli tabiatdagi in‘ikosning oʻziga xos shakli
hisoblanadi
. Jonli sistemalar in‘ikosining mazkur shakli mavjudlikning
muayyan shart-sharoitlariga yaxshiroq moslashish imkonini beradi. Turli
hayvonlar ularni koʻzga koʻrinmas qilib qoʻyadigan yoki ularning
dushmanlarini hurkitadigan shakl, tus yoki holatga kirganida mimikriya
hodisasi yuz beradi.
Biologik in‘ikosda ikki jarayon kuzatiladi. Birinchi – in‘ikosda aks
etayotgan narsani in‘ikosning barcha (tubanroq) shakllariga xos boʻlishi
mumkin boʻlgan tuzilishi oʻz ifodasini topadi. Masalan, issiqlik ta‘sirida har
qanday jism, shu jumladan, organizm qiziydi. Ikkinchi aks etayotgan
narsaning oʻziga xos xususiyatlari in‘ikosning jonli tizimlargagina xos
boʻlgan alohida jarayonlari bilan bogʻlanadi.
Keltirilgan jarayonga tatbiqan
aytish mumkinki, organizmning nafaqat qizishi, balki uning suvsizlanishi
ham yuz beradi. Oʻsimlik suvni bugʻlantiradi, inson terlaydi, uning butun
ichki sistemalari normal faoliyati oʻzgaradi. I.Pavlov fikriga koʻra, har
qanday in‘ikos ikki asosiy komponentdan tashkil topadi: birinchi – tashqi
komponent predmetlar oʻrtasidagi reaksiyalar shaklida namoyon boʻladi;
ikkinchi – ichki komponent oʻzaro ta‘sirlar natijasida yuzaga keluvchi ichki
holatlar, izlar shaklida mavjud boʻladi1.
Biologik in‘ikos ta‘sirlanuvchanlik va ta‘sirchanlik bilan tavsiflanadi.
Sezgi psixik in‘ikosning asosiy shakli hisoblanadi. Organizm asab
sistemasiga ega boʻlgan holdagina psixik in‘ikos toʻgʻrisida soʻz yuritish
mumkin. Sezgi organizmning xulq-atvoriga ta‘sir koʻrsatuvchi subyektiv,
ichki holat sifatida amal qiladi, lekin organizm uchun muhim omillarni
obyektiv aks ettiradi.
In‘ikosning psixik shakligasezgi bilan bir qatorda instinktlar, shartli
reflekslar, idrok etish, emotsiyalar, fikrlash kiradi.
Instinkt mazkur turning
hamma koʻrinishlarida bir xil boʻlgan murakkab tugʻma xususiyat sifatida
amal qiladi. Lekin instinkt juda tor doiradagina maqsadga muvofiqdir.
Asalarilar shaklan va mustahkamlik jihatidan mukammal boʻlgan
mumkataklar yasa‘ydi. Lekin katak tubi qirqib olib tashlansa, asalari bunga e‘tibor bermaydi va katakka asal quyishda davom etadi. Tirik organizm
darajasidagi in‘ikosning oʻziga xos xususiyati shundan iboratki, jonli
sistemalarda aktual in‘ikoslar tarzida yuz beruvchi oʻzgarishlar individlar
tajribasida va turlarning xossalarida saqlanib qoladi hamda yigʻilib boradi.
Sub‘ekt oʻzini qancha faol tutsa, u shuncha koʻp predmetni aks ettiradi.
Masalan, qoyatosh toʻlqinlar ta‘sirida emiriladi, korall – organizm oʻsib
boradi. U suvdan oziq moddalarni oʻzlashtiradi. Bunda organizm ta‘sirga
shunchaki javob bermaydi, u atrof-muhitni oʻzgartiradi.
Materiya tuzilishining ijtimoiy darajasida in‘ikosquyidagilarni oʻz
ichiga oladi: a) oʻz faoliyatini tartibga soluvchi individni ongli aks ettirish;
b) fan, san‘at hamda ijtimoiy ongning jamiyat hayotini aks ettiruvchi boshqa
shakllari; v) in‘ikosning inson sun‘iy sistemalar yaratuvchi texnika,
bogʻlanish va boshqaruvdagi shakli alohida oʻrin egallaydi.
Materiya‘ning umumiy xossasi sifatida ta‘riflaganda, in‘ikosning
quyidagi xususiyatlari namoyon boʻladi:
– in‘ikosning moddiy-energetik oʻzaro ta‘sir jarayonlari bilan uzviyligi;
– har qanday aks ettirish jarayoni zamirida sabab-oqibat bogʻlanishi
yotadi. In‘ikos sabab-oqibat munosabatlarining shunday shakli sifatida
tushunilishi mumkinki, bunda sababning tarkibi, xususiyati, xossalari
oqibatga oʻtadi. Oqibat originalning nusxasi, oʻxshashi sifatida amal qiladi;
– aks ettirish – yoʻnaltirilgan jarayon. U aks etuvchidan aks ettiruvchi
sari harakatlanadi, demak, bu jarayon simmetrik emas, ya‘ni bunda sabab
(aks ettiriluvchi)ning harakati – birlamchi, oqibat (aks ettiruvchi)ning
harakati – ikkilamchi hatto oddiy aks ettirish jarayoni va uning natijalari ham
aks ettiriluvchi obyektning mavjudligi va xususiyatiga nisbatan ikkilamchidir;
– avvalo, oʻzaro ta‘sir sifatida tushuniluvchi in‘ikos jarayonining
obyektivligi alohida diqqatga sa‘zovordir;
– obraz va originalning oʻzaro mosligi darajasi har xil boʻlishi mumkin.
In‘ikos natijasi nafaqat tashqi ta‘sirlar (aks ettiriluvchi), balki hodisaning
ichki tabiati (aks ettiruvchi) bilan ham belgilanadi.

Download 115.65 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   30




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling