2-mavzu. Ontologiya-borliq haqidagi falsafiy ta'limot. Ong. Ijtimoiy ong va uning asosiy shakllari. (2 soat) Reja


Download 115.65 Kb.
bet29/30
Sana02.02.2023
Hajmi115.65 Kb.
#1146931
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   30
Bog'liq
2-mavzu

Harakat tiplari. Fanda obyektiv borliq narsalari va hodisalari
harakatining ikki asosiy tipi farqlanadi. Orqaga qaytmaslik va muayyan
yoʻnalishga egalik ham xos boʻlgan mazkur harakat tipi rivojlanish deb
ataladi.
Bunda narsa yoki hodisa strukturasining murakkablashuvi, ular
tashkil topish darajasining yuksalishi yuz berishi mumkin boʻlib, bu odatda
taraqqiyot (progress) sifatida tavsiflanadi. Agar harakat teskari yoʻnalishda – barkamolroq va rivojlanganroq shakllardan uncha rivojlanmagan
shakllarga, murakkabdan oddiyga qarab yuz berayotgan boʻlsa, bu holda
regress toʻgʻrisida soʻz yuritish odat tusini olgan.
Ammo progress va
regressning koʻrsatilgan xususiyatlarini mutlaqlashtirish yaramasligini
e‘tiborga olish lozim. Xususan, boshqaruv apparati tuzilmasining
murakkablashuvi va byurokratiya‘ning oʻsishi doim ham progressni
anglatavermaydi, nisbatan soddaroq va ayni vaqtda samaraliroq va
ishonchliroq mashinalar, asboblar va mexanizmlar yaratilishining regressga
hech qanday aloqasi boʻlmaydi va koʻproq buning aksidan da‘lolat beradi.
Jonsiz tabiatda rivojlanishga yulduzlarda sodir berayotgan evolyusiya
jarayonlari; jonli tabiatda – turli organizmlarning oʻsishi; jamiyatda – fan,
texnika, sanoat ishlab chiqarishining oʻsishi, ijtimoiy munosabatlarning
oʻzgarishi va shu kabilar misol boʻlib xizmat qilishi mumkin. «Rivojlanish»
tushunchasi nafaqat moddiy, balki ideal dunyoga, xususan, inson tafakkuriga
nisbatan, masalan, umuman ongning yoki ayrim fikr, gʻoya, nazariya‘ning
rivojlanishi toʻgʻrisida soʻz yuritilgan holda, qoʻllanilishi mumkin
. Fikrning
rivojlanishi uning «pishib etilishi»ni, ya‘ni murakkablashuvi, takomillashuvi,
yanada aniqroq ma‘no kasb etishi va shu kabilarni anglatadi. Biroq, shuni
ta‘kidlash lozimki, narsalar va hodisalarning obyektiv dunyosidan farqli
oʻlaroq, subyektiv konstruksiyalar (tafakkur, gʻoyalar, nazariyalar) harakati
va rivojlanishiga nisbatan koʻlam koʻrsatkichlari tatbiq etilishi mumkin emas.
aynii vaqtda ideal narsalar va hodisalar darajasida rivojlanish jarayonlari,
xuddi moddiy narsalar dunyosidagi kabi, vaqtda kechadi.
Oʻz-oʻzidan harakat yo butun tabiatga, yo uning yuksak darajada
uyushgan tarkibiy qismi – tirik organizm va jamiyatga xos xususiyatdir.
Qotib qolgan materiyaga mansub ayrim narsa yoki obyektga nisbatan oʻzoʻzidan harakat, oʻz-oʻzidan rivojlanish holati xos deb aytish oʻrinli emas.
Chunki, ushbu obyektni muayyan element sifatida oʻz ichiga olgan tabiat oʻzoʻzidan rivojlanuvchi yaxlit tizim hisoblanadi.
Harakatlanish shu joyda boʻlishni va ayni vaqtda, unda boʻlmaslikni
anglatadi; bu makon va vaqtning uzluksizligidir, aynan u harakatni yuzaga
keltiradi. Harakatning uzluksizligi uning umumiyligini namoyon etadi,
uzluksizlik uning alohida jihatini koʻrsatadi. Harakatdagi umumiylik uning
mohiyatini aks ettiradi, binobarin, harakatni tushunish va ta‘riflash, uning
mohiyatini anglab etish uchun harakatning uzluksizligini tushunmoq darkor.
Vaqtinchalik barqarorlik va muvozanat holati sifatida tushuniluvchi
nisbiy harakatsizlik materiya‘ning har qanday muayyan holatiga xos. U
materiya‘ning sifatini namoyon etadi. Nisbiy tinchlik tufayli narsalarning
chegaralari mavjud boʻladi, dunyo sifat va miqdor oʻzgarishlarining rangbarangligi sifatida namoyon boʻladi. Materiya harakati Shuning uchun ham
mutlaqki, u sirtdan hech narsaga bogʻliq emas. SHu ma‘noda «Dunyoda abadiy harakatdagi materiyadan boshqa hech narsa yoʻq» tarzidagi fikrlar
oʻrinli va asoslidir.
«Materiya harakatining shakli» tushunchasi tabiat rivojlanishining
muayyan bosqichiga xos boʻlgan alohida qonuniyatlarni qayd etishga xizmat
qiladi. Harakat shakli sifat jihatidan oʻxshash moddiy obyektlar
oʻzgarishlarining oʻziga xos tiplarini va ularning oʻzaro ta‘siri
xususiyatlarini aks ettiradi
. Ba‘zan materiya harakatining muayyan shakli
oʻzaro ta‘sirga kirishayotgan elementlar oʻrtasidagi bogʻlanishlarning oʻziga
xos tizimi sifatida yoki muayyan qonunlarga boʻysunish belgisiga koʻra
birlashtirilgan oʻzgarishlar guruhi sifatida ta‘riflanadi.
Materiya harakatining shakllari bilan insoniyat oʻz tarixi
boʻsagʻasidayoq tanishgan, xususan qadimda ishqalanish kuchi yordamida oʻt
yoqish mexanik harakatni issiqlikka aylantirgan. Bugʻ mashinasining ixtiro
qilinishi teskari jarayondan – issiqlik energiyasi mexanik harakatga
aylanishidan da‘lolat bergan.
Uzoq vaqt hukm surgan dunyoni idrok etishning mexanistik
konsepsiyasi doirasida materiya harakatining barcha shakllari bir-biridan
miqdor jihatidangina farq etishi taxmin qilingan.
Materiya‘ning harakat shakllarini tasniflash tamoyillari:
- materiya harakatining har bir shakli muayyan moddiy tashuvchi bilan
bogʻliq boʻlishi lozim;
- materiya‘ning harakat shakllari sifat jihatidan turlicha va oʻzaro
bogʻlanmaydi;
- tegishli shart-sharoitlarda ular bir-biriga aylanadi;
- materiya‘ning harakat shakllari murakkablik darajasiga koʻra farq
qiladi, oliy shakl quyi shakllar sintezi sifatida tushuniladi. Bunda oliy
shakllarning quyi shakllardan uzoqlashishiga ham, oliy shakllarning quyi
shakllarga mexanik bogʻlanishiga ham yoʻl qoʻymaslik muhimdir;
- moddiy tizimlarning har bir turida bosh, oliy va ikkinchi darajali, quyi
shakllar farqlanishi lozim;
- materiya harakat shakllarining tasnifi fanlar tasnifining negizi
hisoblanadi.

Download 115.65 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   30




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling