2-mavzu. Ontologiya-borliq haqidagi falsafiy ta'limot. Ong. Ijtimoiy ong va uning asosiy shakllari. (2 soat) Reja
Harakat borliqning yashash sharti
Download 115.65 Kb.
|
2-mavzu
Harakat borliqning yashash sharti. Bizni qurshagan dunyoning
muhim xususiyati – Koinotda va uning barcha tarkibiy qismlarida yuz beradigan tinimsiz oʻzgarishlardir. Hozirgi zamon falsafasida «harakat» tushunchasi «keng» ma‘noda umuman har qanday oʻzgarish haqidagi tasavvur sifatida talqin qilinadi. Kengayib borayotgan Metagalaktika ham, oʻzaro ta‘sirga kirishayotgan elementar zarralar ham, koʻpayayotgan, moddalar almashinuvini amalga oshirayotgan tirik hujayralar ham, ijtimoiy jarayonlar va hoka‘zolar, shu jumladan fikrlash faoliyati jarayonlari ham harakatda boʻladi. Agar biz biron-bir tabiiy obyekt yoki hodisani ularning tabiiy holatida anglab etmoqchi boʻlsak, «harakat» tushunchasini chetlab oʻtishimiz mumkin emas. Bir qarashda, oddiy ong nuqtayi nazaridan bu notoʻgʻri, zero, aytaylik, Alp togʻlari yoki Misr ehromlarini kuzatar ekanmiz, biz ular abadiy harakatsizlik holatida ekanligining guvohi boʻlamiz. Ammo bu harakatsizlik nisbiydir. Umuman olganda, butun Koinot ulkan aylanma harakat holatida boʻlib, bu erda bizning sa‘yyoramiz Quyosh atrofida, u bilan birga – bizning galaktikamiz markazi atrofida, u bilan birga esa – galakatik sistema markazi atrofida aylanadigan kichik bir zarradir. Harakatsizlik holatidagi narsalar strukturasi ham tinimsiz oʻzgarish jarayonini boshdan kechiradi, chunki uzluksiz harakatda boʻlgan elementar zarralardan tashkil topadi. Temperatura oʻzgarishlari, kimyoviy tarkib oʻzgarishlari va shu kabilar bunday harakatning tashqi koʻrinishlari hisoblanadi. Shuningdek, atomlar va molekulalar ham Koinotda yuz bergan evolyusiya jarayonlari mahsulidir. Ular bizning Metagalaktikamiz mavjudligiga zamin hozirlagan Katta portlashdan keyingina vujudga kelgan. Buning ustiga hozirgi zamon geografiyasi qit‘alar bir-biriga nisbatan siljishini isbotladi. Ular ajralgan muz boʻlaklari kabi Erning qaynoq magmasi boʻylab yiliga bir necha santimetr tezlikda harakatlanadi. Shunday qilib, harakat abadiy va yoʻq boʻlmas, materiyadan ajralmas va mutlaqdir. Harakatsizlik esa nisbiy boʻlib, oʻtkinchi xususiyatga ega. Harakat Shuning uchun ham mutlaqki, u umumiy ahamiyat kasb etadi va (harakatsizlikdan farqli oʻlaroq) biron-bir tashqi omilga bogʻliq boʻlmaydi. Oqilona nuqtayi nazardan u boqiydir, chunki dunyoda uning boshi ham, oxiri ham koʻrinmaydi va zamirida kamida ikki kuch – tortish va itarish yotuvchi har qanday borliqning oʻz-oʻzidan harakati sifatida amalga oshadi. Download 115.65 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling