2-mavzu. Ontologiya-borliq haqidagi falsafiy ta'limot. Ong. Ijtimoiy ong va uning asosiy shakllari. (2 soat) Reja


Download 115.65 Kb.
bet26/30
Sana02.02.2023
Hajmi115.65 Kb.
#1146931
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   30
Bog'liq
2-mavzu

P.Anoxin nazariyasi. Borliqni oldinroq aks ettirish gʻoyasi P.Anoxin
tomonidan ishlab chiqilgan.U materiya‘ning makon va vaqt doirasidagi
harakatining asosiy shakllari noorganik tabiatda tirik organizmlar paydo
boʻlishidan ancha oldin mavjud boʻlganiga e‘tibor qaratdi. «Jonli materiya»
dunyoning tayyor makon-vaqt strukturasiga «singib ketgan» va muqarrar
tarzda uning xossalarini oʻzida mujassamlashtirgan. Mavjud shart-sharoitga
moslashish zarurati tugʻilgan. Moslashish jarayonida tashqi vaqt
koʻrsatkichlari, aniqrogʻi, ketma-ketliklar katta rol oʻynagan.
Bu ketma-ketliklarni P.Anoxin ikki guruhga ajratdi:
1. Ketma-ketliklarning takrorlanuvchi, tiklanuvchi, ritmlilik va sikllilik
(kun – tun; bahor – yoz – kuz – qish) bilan tavsiflanuvchi muhim, doimiy va
barqaror qatorlari. 2. Mazkur organizmning hayotida keyinchalik takrorlanmaydigan
ahamiyatsiz va tasodifiy ketma-ketliklar qatori (masalan, dovul, zilzila va
h.k.), ahamiyatsiz va tasodifiy ketma-ketliklargina mavjud boʻlganida, hayot
rivojlana olmas, tirik organizm barqaror va mustahkam strukturaga ega
boʻlmas edi. Chunki bunday struktura tashqi dunyoning organizmga ritmli va
siklli ta‘sirlari in‘ikosining natijasi sifatidagina paydo boʻlishi mumkin.
Tabiiy ritmlarga boʻysunuvchi oʻzaro ta‘sirlar organizmga minglab va
millionlab yillar davomida ta‘sir koʻrsatadi. Ular organizmlarning tuzilishida
qayd etiladi. Natijada organizm oldinroq aks ettirish qobiliyatiga ega boʻladi.
Masalan, kuz keldi, barglar toʻkiladi, fiziologik jarayonlar sekinlashadi,
daraxtlar qishni qarshi olishga tayyorlanib suvsizlanadi, lekin hali sovuq
tushgani yoʻq. Bu oldinroq aks ettirishga misol. Vaqtda organizmning
(subyektning) oʻzgarishi unga tashqi holatlar (obyekt) ta‘sir koʻrsatishidan
oldinroq yuz bergan. Oldinroq aks ettirish – noorganik dunyo va atrofmuhitning takrorlanuvchi ta‘sirlariga tirik organizmning reaksiyasi. Bu
ketma-ketlik va takroriylik muhim xossalar hisoblanuvchi noorganik
dunyoning makon-vaqt strukturasiga jonli materiya moslashuvining asosiy
shaklidir.
Oldinroq aks ettirish jonli sistemalar dunyoda chidamli,
moslashuvchan, oʻzgarishlarga toʻla boʻlishiga imkoniyat yaratadi. Insonda
oldinroq aks ettirish qobiliyati ilmiy bashorat va prognostika shaklini kasb
etadi.
In‘ikos yo protsessual tomondan, yo natija nuqtayi nazaridan qaralishi
mumkin. Tashqi real aks ettiriluvchi obyekt yoʻq boʻlganidan keyin
in‘ikosning oʻzi, aks ettirish jarayonining natijasi sifatida, yoʻq boʻlmaydi,
balki aks ettiruvchi obyektda iz koʻrinishida saqlanib qoladi. Shunday qilib,
tashqi ta‘sir aks ettiruvchining tarkibidan oʻrin oladi. S.L.Rubinshteyn
materiya aks ettirish qobiliyatining ayni shu xususiyatini nazarda tutib, har bir
hodisa ma‘lum ma‘noda «Olam koʻzgusi va aks sadosidir», degan.
Axborotning atributiv konsepsiyasi shu asosda tuziladi.

Download 115.65 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   30




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling