2-mavzu. Ontologiya-borliq haqidagi falsafiy ta'limot. Ong. Ijtimoiy ong va uning asosiy shakllari. (2 soat) Reja
Download 115.65 Kb.
|
2-mavzu
Borliq shakllari. Borliqning umumiy manzarasini yaratish zaminidan
notirik tabiat oʻrin oladigan oʻziga xos piramida hosil boʻladi. Borliqning shakllari notirik tabiat, tirik tabiat, ijtimoiy borliq, inson borligʻi va virtual borliq,energik borliq kabilardir. Borliqning bu umumiy shakllari oʻziga xos xususiyatga, oʻzining betakror mohiyatiga egadir. Borliqning turli shakllarini jonsiz tabiatdan boshlab mufassalroq koʻrib chiqamiz, zero u hozirgi zamon fani nuqtayi nazaridan jonli va ijtimoiy tabiatning negizi hisoblanadi. Tabiat borligʻibirlamchi (ya‘ni inson va uning faoliyatidan qat‘i nazar mavjud boʻlgan narsalar va jarayonlar borligʻi) va ikkilamchi (yoki odamlar tomonidan yaratilgan narsalar va jarayonlar borligʻi) tabiat borligʻiga boʻlinadi. Birlamchi tabiat notirik tabiat narsalari va jarayonlarining borligʻi – butun tabiiy va sun‘iy dunyo, shuningdek tabiatning barcha holatlari va hodisalari (yulduzlar, sa‘yyoralar, er, suv, havo, binolar, mashinalar, aks sado, kamalak, koʻzgudagi aks va sh.k.)dir. Birlamchi tabiat borligʻi ikki darajani oʻz ichiga oladi. Birlamchi daraja jonli ruhsiz jismlardan, ya‘ni koʻpayish qobiliyatiga ega boʻlgan, atrof muhit bilan moddalar va energiya almashinuvini amalga oshiradigan, lekin ongga ega boʻlmagan barcha narsalar, ya‘ni sa‘yyoramiz hayvonot va oʻsimliklar dunyosini oʻz ichiga olgan butun biosferadan iborat. Ikkilamchi daraja – bu inson ongining borligʻi boʻlib, bu odamzod yaratgan yoki oʻzgartirgan tabiatdir.Tabiat makon va vaqtda Cheksiz hamda abadiydir. Ikkilamchi yoki inson tomonidan yaratilgan tabiat birinchi tabiatga bogʻliq. Bir tomondan, ikkilamchi tabiatda birlamchi tabiat materiali, boshqacha aytganda obyektiv birlamchi borliq mujassamlashgan, boshqa tomondan esa – unda insonning mehnati, irodasi va bilimlari, uning qalbi oʻz ifodasini topgan. Ikkilamchi tabiat – bu mehnat qurollari va sharoitlari, aloqa vositalari, inson ruhining ehtiyojlari, ma‘rifatli borliq, moddiy va ma‘naviy madaniyatni belgilovchi barcha narsalar va jarayonlardir. Inson borligʻi uning tabiatning bir qismi sifatida jismoniy mavjudligini va alohida inson borligʻini farqlash oʻrinli boʻladi. Inson tabiatning bir qismi hisoblanadi va shu ma‘noda uning qonunlariga boʻysunadi. Tananing mavjudligi inson oʻlimga mahkum ekanligini belgilaydi. Inson borliq va yoʻqlik dialektikasi bilan bogʻlanadi, barcha tabiat jismlari kabi vujudga kelish, shakllanish va ha‘lok boʻlish holatlaridan oʻtadi. Barcha tabiat jismlari kabi, inson tanasiga ham modda va energiya‘ning saqlanish qonunlari oʻz ta‘sirini koʻrsatadi, ya‘ni uning tarkibiy qismlari tabiatning boshqa holatlariga oʻtadi. Inson tanasi mavjud boʻlishi uchun uni muttasil quvvatlash (ovqatlanish, sovuqdan va boshqa xavf-xatarlardan saqlash) talab etiladi. Fikrlash uchun inson tanasining tirikligini ta‘minlash zarur. Bundan hayotni saqlash, insonning oʻz-oʻzini saqlashi va insoniyatning yashovchanligini ta‘minlash zaruriyati kelib chiqadi, bu oziq-ovqat mahsulotlari, kiyimkechak, turar joy, sof atrof muhitga ega boʻlish ehtiyojida oʻz ifodasini topadi; Ma‘naviy borliqsubyektiv individuallashgan va obyektiv (noindividual) ma‘naviy borliq sifatida mavjud. Individuallashgan ma‘naviy borliq – bu insonning ichki dunyosi, u onglilik va ongsizlikni qamrab oladi. Bunday yondashuvga koʻra, ruh – individual ong bilan ayniy tushuncha, tor ma‘noda esa u tafakkurdir. Ong – inson bosh miyasining dunyo borligʻini izchil aks ettirish, uni obrazlar va tushunchalarga aylantirish qobiliyati. U taassurotlar, sezgilar, kechinmalar, fikrlar, shuningdek gʻoyalar, e‘tiqodlar, qadriyatlar, moʻljallar, andozalarning koʻrinmas jarayoni sifatida mavjud. Ong tez oqadigan va bir xil boʻlmagan orqaga qaytmaydigan xususiyatga ega. Shaklan bu jarayon tartibsiz, lekin shu bilan bir vaqtda unda muayyan tartib, barqarorlik, struktura, muayyan darajada intizom va iroda mavjud. Inson ongi ayni vaqtda uning oʻz-oʻzini anglashi, ya‘ni oʻz tanasi, fikrlari va tuygʻularini, oʻzining boshqa odamlarga boʻlgan munosabatini va oʻzining jamiyatdagi oʻrnini anglab etishi, ya‘ni oʻzini oʻzi bilishdir. Oʻzlikni anglash – bu ongimizning oʻziga xos asosidir. Individual ong oʻzining oʻlimga mahkumligi bilan tavsiflanadi, lekin uning ayrim qismlari noindividual ma‘naviy shakl-shamoyil kasb etadi, shuningdek boshqa kishilar mulkiga aylanadi. Hatti-harakatlarda inson ongining fragmentlari moddiylashadi, ularga qarab odamlarning niyatlari, moʻljallari, maqsadlari, gʻoyalari haqida xulosa chiqariladi. Noindividual ma‘naviy borliqning oʻziga xos xususiyati shundaki, uning elementlari saqlanadi, takomillashadi va ijtimoiy makon va vaqtda erkin harakatlanadi; Download 115.65 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling