ruxiy, axloqiy, jismoniy va badiiy estetik tarbiyasining vositasi hamdir.
Jismoniy madaniyat va sport sotsiologlari keyingi yillarda
jismoniy tarbiyani ishlab
chiqarish jarayonidagi samaradorligini tekshirib, jismoniy tarbiya bilan shug’ullanuvchi
ishchining
ishlab chiqarishi, o’rtacha ishlab chiqarishidan 7% yuqori ekanligi isbotlangan.
Tekshirishlar natijasida shunga o’xshash ko’rsatkichlar ko’pgina boshqa korxona va
muassasalarda ham aniqlandi. Bu borada, barkamol avlodni jismoniy barkamolsiz tasavvur qilib
bo’lmaydi, bu tarbiyaning bosh
maqsadi jismoniy chinikkan, mard va sabotli, qat’iyatli
vatanparvarlarni kamol toptirishdir. Jamiyatda jismoniy madaniyat umumxalq mulki bo’lib,
uning rivojlanishida keyinchalik katnashish jamiyatning har bir
ongli fuqarosining xukuk va
burchiga aylanadi.
Jismoniy madaniyat sogasida maxsus vazifalaridan tashqari umummadaniy vazifalar ham
hal qilinadi. Bularning ichida masalan, xalqning iste’mol qiluvchi (tomoshabin)
sifatidagina
emas, balki madaniy boyliklarni ishlab chiqaruvchi (katnashuvchi, yaratuvchi), ziyoli kadrlarni
tayyorlash
va tarbiyalash, ommani ma’lum bilimlarga, shaxsni ko’nikma
va malakalarni kamol
toptirish va o’z fikrini ifoda qilishni har xil shakllari vosita va usullarini shakllantirish tarixiy
hamda millatlar o’rtasidagi o’zaro aloqalarni rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Jismoniy madaniyat soxasidagi madaniyatning funksiyasi
tajribada hamma vaqt yangi
usullar yaratilishi,
yangi vositalarni ishlatilishi, kishilarning psihologiyasiga ta’sir qilishda ham
ko’rinadi uni hamma vaqt yigib boriladi.