2-mavzu: pedagogik mahoratning asosiy komponentlari. Ma’ruza mashg’uloti rejasi
Download 471.71 Kb.
|
maruza 2
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2.4.Pedagogik faoliyatning tuzilishi va turlari.
- 2.5.Pedagogik faoliyatning o’ziga xos xususiyatlari.
1) shaxsga yo’nalganlik: e’tiqod, ijtimoiy faollik, fuqarolik tuyg’usining mavjudligi;
2) kasbiy-axloqiy sifatlar: insonparvarlik, jamoaviylik, adolat, mehribonlik, haqiqatparvarlik, samimiylik, talabchanlik, bolalarga nisbatan mehr va hurmat, oliyjanoblilik, xolislik; 3) pedagogik mehnatga munosabat: vijdonlilik, javobgarlik tuyg’usi, fidokorlik, berilib ishlay olish va o’z pedagogik faoliyatidan qoniqish hissi, uni hayotining mazmuniga aylantira olish; 4) qiziqishlar va ma’naviy ehtiyojlar: bilishga oid faollik, tafakkurning kengligi va teranligi, estetik madaniyat, qiziqishlarning va ma’naviy ehtiyojlarning ko’pqirraliligi, yoqtirgan ijodiy ishning mavjud bo’lishi, tashqi ko’rinish va nutq madaniyati. 2.4.Pedagogik faoliyatning tuzilishi va turlari. Pedagogik faoliyat yosh avlodni hayotga, mehnatga tayyorlash uchun jamiyat oldida, davlat oldida javob beradigan, ta’lim-tarbiya berishda maxsus tayyorlangan o’qituvchilar mehnati faoliyatidir. Pedagogik jarayonning mohiyatini anglamagan, bolaga nisbatan chuqur hurmatda bo’lmagan o’qituvchi ta’lim-tarbiya samaradorligi va inson kamolotini ta’minlovchi fikrga ega bo’lmaydi. Pedagogik jarayonning vazifasi bilim berish, tarbiyalash, rivojlantirish bo’lib, o’qituvchilarning faoliyat mezonini begilab beradi. O’qituvchilarning faoliyati pedagogik jarayonning harakat vositasidir. Pedagogik jarayonning obyektlari bo’lmish tarbiyalanuvchi insonga, o’quvchi va o’quvchilar guruhiga hamda alohida o’quvchiga, pedagogik jarayonning subyektlari ─ ota-onalar, o’qituvchilar, tarbiyachilar, sinf jamoasi, pedagogik jamoa mas’uldirlar va ular jamiyat talablari asosida ta’lim va tarbiya berish faoliyatini bajaradilar. A.Xoliqov tomonidan e’tirof etilganidek, o’qituvchining pedagogik faoliyatida ijobiy natijalarga erishishi, mehnat malakasini, ya’ni egallagan bilimlarini o’zining hayotiy va amaliy faoliyatida nechog’lik qo’llay bilishi bilan belgilanadi. Pedagogik faoliyatning maqsadi asrlar davomida yuksak ma’naviyatli shaxsni shakllantirishning umuminsoniy g’oyasi sifatida xizmat qilib kelayotgan tarbiyaviy ishni amalga oshirish bilan bog’liq. Pedagogik faoliyatning asosiy turlari sifatida tarbiyaviy ish va o’qitish aks etadi. Tarbiyaviy ish – bu tarbiyaning tizimliligi, to’laligi, uzviyligi va uzluksizligidir. Tarbiyaviy ish tarbiyalanuvchilarning muaiyan faoliyatini tashkil etuvchi va amalga oshiruvchi shakldir. Tarbiyaviy ishning asosiy xususiyati – zaruriylik, foydalilik va tatbiq etish imkoniyatidan iborat. Tarbiyaviy ishlar asosida ikkita: faol va majmuaviy yondashuvlar yotadi. Yondashuvlarning birinchisi, faoliyatning bilish, mehnat, ijtimoiy, badiiy, sport va erkin muloqot kabi turli ko’rinishlarini tashkil etishni talab etadi. Ikkinchi majmuaviy yondashuv esa, faoliyatning barcha ko’rinishlarining yagona jarayonga ta’siri bilan tabiiy “ko’shilib” ketishida namoyon bo’ladi. Tarbiyaviy ishlar, ayni paytda, o’ziga axlokiy. estetik, hissiy va aqliy (intellektual) ta’sirlarni kamrab oladi. Faoliyatga oid yondashuv tarbiya yo’nalishiga ishora qilsa, majmuaviy yondashuv – uning mazmun tabiatini (pedagogik maqsad (vaziyat, tarbiyaviy maqsadning asosiy va bog’liq tomonlarini shakllantirish)ni; rsjalashtirish; tashkil etish va tayyorlashni; ishni bsvosita amalga oshirishni; erishilgan natijalar tahlilini) belgilaydi.O’qitish – qo’yilgan maqsadga erishishga yo’naltirilgan pedagog bilan o’quvchilarning tartiblangan o’zaro harakatidir. O’rgatish – o’qitish maqsadini amalga oshirish bo’yicha pedagogning tartiblangan faoliyatini aks ettirsa, o’rganish anglash, mashq qilish, va egallangan tajribalar asosida xulq-atvor va faoliyatning yangi shakllarini egallash jarayoni bo’lib, avval egallanganlari o’zgaradi. N.V.Kuzmina pedagogik faoliyatning o’zaro bir-biri bilan aloqador quyidagi uch tarkibiy qismini ajratib ko’rsatadi: konstruktiv, tashkilotchilikka doir va kommunikativ. Konstruktiv faoliyat mazmunli (o’quv materialini tanlash va tizimlashtirish, pedagogik jarayonni rejalashtirish va tashkil etish), konstruktiv operativ (o’zining va o’quvchilarning harakatlarini rejalashtirish); konstruktiv-moddiy (pedagogik jarayonning o’quv-moddiy bazasini loyihalash) jihatlarni o’zida aks ettiradi. Tashkilotchilik faoliyati – o’quvchilarni faoliyatning xilma-xil turlariga jalb etish. Kommunikativ faoliyat – pedagogning ta’lim oluvchilar, o’qituvchilar jamoasi, jamoatchilik, mahalla va ota-onalar bilan munosabatini yo’lga qo’yish. 2.5.Pedagogik faoliyatning o’ziga xos xususiyatlari. Download 471.71 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling