2-mavzu. Sharq va G‘arb falsafasining vujudga kelishi, rivojlanish tarixi. (2-soat)
Temur, temuriylar davri va o‘rta asrlar falsafasi
Download 99.32 Kb.
|
2-мавзу семинар
3. Temur, temuriylar davri va o‘rta asrlar falsafasi.
Mavoraunnahr mo‘g‘ullardan ozod bo‘lgandan keyin, 1370 yildan boshlab mamlakatda Amir Temur (1336-1405) hukmron bo‘ladi. Buyuk Temur kuchli markazlashgan davlat barpo qildi. Feodal tarqoqlikka chek qo‘yildi, ishlab chiqarish kuchlari, qo‘shni mamlakatlar bilan tashqi savdo aloqalari rivojlandi, er ishlari va shahar hunarmandchiligida yuqoriga ko‘tarilish kuzatildi. Sa’duddin Ma’sud binni Umar Taftazoniy (1322-1392) islom falsafasi bo‘lgan kalomning yirik vakili edi. U Niso (Ashxobod) shahri yaqinidagi Taftazon qishlog‘ida tug‘ildi. Al-Ijiy va Qutbiddin ar-Roziy at-Taxtoniy kabi mashhur olimlardan ta’lim oldi. Taftazoniy o‘ttiz yilga yaqin davr ichida G‘ijduvon, Jom, Turkiston, Hirot va Mavoraunnahrning boshqa shaharlaridagi madrasalarda dars berib, yirik olim sifatida shuhrat qozondi. Taftazoniy dunyoqarashidagi diqqatga sazovor masalalardan biri qazo va qadar hamda iroda erkinligidir. Ma’lumki, iroda erkinligi masalasida ko‘plab faylasuflar har xil fikrlar bayon etishgan va inson o‘z xulq-atvorida erkinmi, ya’ni ixtiyori o‘z qo‘lidami, degan savolga javob topishga intilganlar. Bilish nazariyasida Taftazoniyning qarashlari Ibn Sinonikidan farq qiladi. Masalan, Ibn Sino narsa, hodisalar haqidagi ma’lumotlarni bilim deb bilsa, Taftazoniy ularni alohida his-tuyg‘u va bilim o‘rtasidagi vositaviy bosqich deb tushunadi. Ashyolar va hodisalar mavjudligi tufayli ular uyg‘otgan his-tuyg‘u shakllaridan bilim yuzaga keladi. CHunki hissiyot moddadan uning zaruriy sifatlari va aloqalari bilan birgalikda tashqi qiyofasinigina qabul qilib oladi. SHu sababdan mutafakkirning fikricha, hissiy tasavvurga ega bo‘lish uchun moddaning bo‘lishligi shartdir. Lekin aqliy, mantiqiy bilish esa moddiy asosdan ancha uzoqlashgan bo‘lib, hissiy bilimlarga qaraganda yuqoriroq bosqichda hosil bo‘ladi. Taftazoniyning asarlari o‘z ilmiy qimmatini hozirda ham yo‘qotgani yo‘q. Mir Sayyid SHarif Jurjoniyning (1339-1413) falsafiy qarashlari va mantig‘i. Amir Temur tomonidan SHeroz fath etilishi munosabati bilan 1387 yilda u erdagi yirik olimlar qatorida Samarqandga kelganlar orasida mashhur faylasuf va mantiqshunoslardan Ali ibn Muhammad Mir Sayyid SHarif Jurjoniy ham bor edi. Jurjoniy yoshlik yillaridan SHarqda mavjud bo‘lgan fanlarning barcha turlari bilan shug‘ullandi. Islom falsafasi va kalom, mantiq, til masalalaridan tashqari tabiatshunoslikka doir barcha sohalarni qunt bilan o‘rganib, ular haqida katta ilmiy asarlar yozib qoldirdi. Jurjoniyning bizgacha «Borliq haqida risola» va «Dunyoni aks ettiruvchi ko‘zgu» deb nomlangan falsafiy asarlari qo‘lyozma holida etib kelgan. Borliq haqida ta’limot. Jurjoniyning dunyoqarashi, undan oldin o‘tgan salaflarinikidek, o‘rta asrlardagi butun falsafiy masalalarni, chunonchi, borliq haqidagi ta’limot, koinot jumboqlari, modda va uning shakllari, jonsiz va jonli dunyoning xususiyatlari, jismoniy va ruhiy munosabatlar, bilish muammolari, mantiqiy fikrlash haqidagi ta’limot, til va tafakkur aloqalari va boshqalarni o‘z ichiga oladi. U koinot, inson va aqlni qamrab oluvchi dunyoning umumiy manzarasini yaratishga harakat qildi. Jurjoniy fikricha, vojib ul-vujud xudo bo‘lib, mumkin ul-vujud esa –moddiy olamdir. U borliqning birinchi sababi sifatida vojib ul-vujudni, ya’ni xudoning borligini tan oladi. Uning fikricha, mumkin ul-vujud o‘zining bor bo‘lishi uchun qandaydir tarzda bo‘lsa ham, biror bir sbaabga ehtiyoj sezadi. U biror bir narsa tufayli, ya’ni birinchi sabab mohiyatiga ko‘ra, mumkin ul-vujud darajasiga ko‘tariladi. Jurjoniy javharni (substansiya) besh turga bo‘ladi: aql, ruh, birlamchi javxar, shakl va jism, javxarlar vositasida narsalar sifatida qarab chiqadi. Jurjoniy tabiiy borliqni tasnif qilib, jismlarni oddiy va murakkabga bo‘ladi. Murakkab jismlar to‘rt unsurdan tashkil topadilar, oddiy jismlar yuqori va quyida joylashgan bo‘ladilar –sayyoralar va unsurlarning o‘zlari. YUkoridagi jismlar nurli va nursiz bo‘lishlari mumkin, birinchilari sayyoralar va yulduzlar mohiyati bo‘lsa, ikkinchilari –doiralar va ruhlardir. Murakkab jismlar o‘zlariga quyidagilarni, kamrab oladilar: o‘smaydigan narslaar – minerallar, o‘sadigan ammo his-tuyg‘uga ega bo‘lib, xarakat ham qiladigan, biroq nutqdan mahrum – hayvonlar, nutqqa ega bo‘lganlar –odamlar. Demak, Jurjoniy aqidasicha, butun Dunyo yagona jism bo‘lib, uning turli a’zolari qonuniy ravishda bir-birlari bilan bog‘langandirlar. XV olimlaridan biri Amir Temurning nevarasi Muhammad Tarag‘ay Ulug‘bek (1394-1449) edi. Movaraunnahr hukmdori bo‘lgan sulton Ulug‘bek, Fan va madaniyat taraqqiyotiga kata e’tibor qaratdi. Uning ilmiy qiziqishlari riyoziyot, astronomiya, geometriya, kimyo, tarix va boshqa fan sohalarini qamrab olgan edi. Mutafakkir dunyoqarashining shakllanishida Aflotun, Arastu, Ptolemey, Xorazmiy, Farg‘oniy, Forobiy, Beruniy, Ibn Sino, Mir Sayyid SHarif Jurjoniy va boshqa olimlarning asarlari katta o‘rin tutdi. Ulug‘bekning tadqiqotlari astronomiya taraqqiyotida muhim davr ochdi. U Er yuzining har qanday nuqtasining koordinatlarini aniqlaydigan vosita ishlab chiqishga intildi, quyosh va oy tutilishlarini oldindan aytib berish usuli, yil hisoblarining biridan ikkinchisiga o‘tish qoidalari, yil fasllari o‘zgarishlarining qonuniyligini ochib berish, osmoniy jismlar harakatining qonunlarini tushuntirishga harakat qildi. Asosiy kuzatish vositasi sifatida sekstant (burchak o‘lchash asboblaridan biri) xizmat qildi. Masalan, ushbu asbob yordamida quyosh yilining aniq miqdori o‘lchandi -365 kecha va kunduz 6 soat 10 daqiqa 8 soniya. Ulug‘bek tomonidan asos solingan astronomiya maktabi o‘sha zamon ilmiy qarashlari shakllanishida katta o‘rin tutdi. Download 99.32 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling