2-mavzu. Sharq va G‘arb falsafasining vujudga kelishi, rivojlanish tarixi. (2-soat)
Download 99.32 Kb.
|
2-мавзу семинар
YUsuf Xos Hojib XI asrning ko‘zga qo‘ringan shoiri va mutafakkiri edi. U 1017 yilda Bolasog‘un (hozirgi Qirg‘izistonning To‘qmoq) shahrida tug‘ilgan. YUsuf Xos Hojib o‘zining birdan bir dostoni bo‘lgan turkiy tilda yozilgan «Qutadg‘u bilig» («Baxtga eltuvchi bilig») bilan mashhur bo‘lgan. Doston bizgacha to‘laligicha etib kelgan. «Qutadg‘u bilig» ning 3 nusxasi ma’lum: Hirot, Qohira va Toshkent.
«Qutadg‘u bilig» axloqiy-nasixatomuz asar sifatida SHarq o‘rta asrining dunyoviy adabiyotiga mansub turk tilidagi eng yirik yodgorliklaridan biri edi. Ushbu kitob 1069 yilda yozilgan bo‘lib, muallif uni Qashqar hokimi Sulaymon Arslon Qoraxonga bag‘ishlagan, shuning uchun ham xon unga Xos Hojib, ya’ni buyuk xonning maxsus maslahatchisi unvonini bergan. YUsufning fikricha, hukmdor va uning tevaragidagi kishilar «davlat ilmi» qoidalariga binoan boshqarishga o‘rganib olishlari hususida ana shu kitobdan barcha zarur bilimlarni topishlari zarur edi. YUsuf Xos Hojib o‘z zamonasining juda bilimdon kishisi edi. «Qutadg‘u bilig» dostoni uning adabiyot, tarix, falsafa, axloqshunoslik va nafosatshunoslik sohasida juda keng bilimlarga ega ekanligidan dalolat beradi. Abu Homid ibn Muhammad G‘azzoliy(1058-1111) Xurosonning Tus shahrida 1058 yili tavallud topdi. G‘azzoliyning oldida ko‘ndalang turgan asosiy muammo – fan bilan din o‘rtasidagi qarama-qarshilikni bartaraf etish edi. G‘azzoliy fikricha, bu narsa tasavvuf asosida bartaraf etilishi mumkin edi. U o‘z Vatani Tusga qaytib, bu masalaga bag‘ishlangan qator asarlar yaratdi. G‘azzoliy 1111 yilning 19 dekabrida Tus yaqinidagi Tabaron qishlog‘ida vafot etdi. G‘azzoliy falsafa, axloq, din va tasavvufga doir bir qancha asarlarning muallifidirki, ulardan eng muhimlari quyidagilardan iborat: «Ihyoi ulum ad-din» («Diniy ilmlarning jonlanishi»), «Tahofut ul-falosifa» («Faylasuflarni rad etish»), «Kimyoi saodat» («Baxt – saodat yoki hikmat kaliti»), «Munqiz minal zilol» («Adashishlardan saqlovchi»). Musulmon ilohiyoti tarixiga G‘azzoliy islomning nazariy aqidalarini yangilovchi, ilohiyot falsafasi bo‘lgan kalomni asosiy tizimga soluvchi sifatida kirdi. Bunday xizmati uchun uni «Ulug‘ imom», «Hujjat ul-islom»(«Islom dinining himoyachisi») laqablari bilan sharfladilar. G‘azzoliy falsafa va diniy ta’limotlarning barcha vakillarini to‘rt toifaga bo‘ldi: 1) mutakallimlar; 2) botiniylar; 3) faylasuflar; 4) so‘fiylar. Download 99.32 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling