2-mavzu. Sharq va G‘arb falsafasining vujudga kelishi, rivojlanish tarixi. (2-soat)


XIX asr oxiridagi va XX asrdagi G‘arb falsafasi


Download 99.32 Kb.
bet21/28
Sana03.04.2023
Hajmi99.32 Kb.
#1322350
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   28
Bog'liq
2-мавзу семинар

XIX asr oxiridagi va XX asrdagi G‘arb falsafasi. XIX asrning oxiri – XX asrning boshlaridagi davr shu bilan ajralib turadiki, falsafiy maktablar XIX asr ikkinchi yarmida ijod qilgan mutafakkirlarning g‘oyalarini rivojlantirib, to‘plagan ilmiy bilimlarni Xegeldan keyingi davrdagi falsafiy asoslarning biri atrofida birlashtirishga harakat qildilar.
Empiriokrititsizm (yoki maxizm) ni ko‘pincha pozitivzmning ikkinchi bosqichi deb ataydilar. Empiriokritizm ta’limotining asoschilari Ernst Max (1838-1916) va Rixard Avenarius (1843-1896) edilar.
«Empiriokrititsizm» atamasi R.Avenariusga taalluqli bo‘lib «tajribani tanqidi» ma’nosini anglatar edi. Avenarius nuqtai nazaricha, bizning tajribamiz, ashyodan kelib chiqadigan ma’no bilan bir qatorda o‘zicha axloqiy va estetik baholash ko‘rinishida bo‘lgan appersepsiyalar (o‘zgacha tasavvurlarni olib kelish) deb atalgan narsani, hamda antropomorfik tasavvurlarni o‘z ichiga oladi. Falsafaning vazifasi shundan iboratki, tajribani ushbu tashqaridan keltirgan narsalardan tozalash bilan «sof tajriba» mazmunini aniqlashdir. Tajribaning tanqidi moddiy voqeylikning kuchlari, javharlari, sabablari va boshqalar bilan ifodalanuvchi asosiy tushunchalarning tanqidi sifatida amalga oshiriladi. SHunday qilib «tajribani tozalash» bizning bilimlarimizning ob’ektiv mazmunini «tozalash» sifatida namoyon bo‘ladi. Natijada nima qoladi? His-tuyg‘u, sezgilar.Sezgilar yoki «tajribaning betaraf unsurlari (elementlar)» haqidagi ta’limot empriokrititsizm dasturining markaziy tarkibiy qismidir. Tajriba unsurlari betaraf xususiyatga ega, negaki, ularni ham ob’ektiv va ham sub’ektiv jihatdlardan ham qarab chiqiish mumkin. Bir tomondan ular sub’ektga taalluqli bo‘lsa (ruhiy unsurlar), ikkinchi tomondan – unga bog‘liq emas (fizik unsurlar).
Neokantchilik falsafasi Germaniyada XIX asrning 60-nchi yillarida paydo bo‘ldi. «Kantga qaytish» chaqirig‘i Otto Libman (1840-1914) tomonidan uning «Kant va taqlidgo‘ylar» (1865) asarida yangradiki, unda Kant falsafasi izchil idealistik nuqtai nazardan talqin qilingan edi. Kantning falsafiy qarashlari bir qator fiziolog tabiatshunoslar bo‘lgan Iogann Myuller (1801-1858) va German Gelmkols (1821-1894) lar tomonidan qo‘llab-quvvatlandiki, ular o‘z asarlarida inson sezgilarini tashqi ta’sir etuvchilar bilan shartlangan (Myullerning tashqi his-tuyg‘ularning maxsus energiyalari deb atalgan qonun) bizning sezgi organlarimizning asab tuzilishi holati yoki ashyolarning «belgilari» (Gelmgolsning ierogliflar nazariyasi) sifatida qarab chiqadilar; ular ashyolarning o‘zlarini qanaqaligi va bizning his-tuygularimiz tomonidan qanday qabul qilinishi haqida gapirmaydilar.
YAngi kantchilikning asosiy yo‘nalishlari Marburg va Baden (yoki Freyburg) maktablaridir. Marburg maktabining asoschisi German Kogen (1842-1918) edi. Bu maktabga Paul Natorp (1854-1924), Ernst Kassirer (1874-1945) va boshqalar ham mansub edilar.

Download 99.32 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   28




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling