2-mavzu. Sharq va G‘arb falsafasining vujudga kelishi, rivojlanish tarixi. (2-soat)


Download 99.32 Kb.
bet24/28
Sana03.04.2023
Hajmi99.32 Kb.
#1322350
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   28
Bog'liq
2-мавзу семинар

Ruhiy tahlil asoschisi mashhur avstriyalik ruhshunos va psixiatr Zigmund Freyd (1856-1939) dir. Freyd nuqtai nazaricha, insonning ruhiy kayfiyati uch qatlamdan tashkil topgandir. Men (ego), U (id) va Mendan yuqori turuvchi (super-ego). Men – bu ongning sohasi bo‘lib, faqat ruhning arzimas oz qismini (aysberg tepasini) o‘zida mujassamlashtiradi. Freyd nuqtai nazaricha, inson hatti-harakati, intilishlari va xohishlari tagzaminida U - ya’ni ongsizlik yotadi. Biroq MengaUdan hamma narsa kelib o‘tmaydi. Bu o‘tish o‘ziga xos «tekshiruv»dan o‘tadi. Ijozat beruvchi maqom vazifasini o‘zida ijtimoiy madaniy taqiqlar va qat’iy burchga o‘zini majbur qiluvchi tizimini mujassamlashtiruvchi Mendan yuqori bo‘lgan narsa bajaradi. Bu axloqiy qoliplar, an’analar, taqiqlar va shunga o‘xshashlar bo‘lishi mumkin. «U-Men – Mendan YUqori» tizimida Inson hatti-harakati tashkiliy jihatining uch saviyasi aks etgan: biologik (U), alohidalik – shaxsiy (Men) va ijtimoiy (Mendan YUqori).
Ekzistensializm.Ekzistensializm, yoki hayot falsafasi (lot. Exsistentia- hayot) XX asrning birinchi yarmida paydo bo‘ladi. Ekzistensializmning eng ko‘zga ko‘ringan vakillari Karl YAspers (1883-1969), Martin Xaydegger (1889-1976), Jan-Pol Sartr (1905-1980), Alber Kamyu (1913-1960) edilar. Diniy (YAspers) va ateistik (Xaydegger, Sartr, Kamyu) ekzistensializmni bir-biridan farq qiladilar.
Ekzistensializmning asosiy mavzulari – inson, hozirgi dunyodagi uning taqdiri, tanglik yuz bergan vaziyatlardagi hatti-harakati, e’tiqod, ozodlik, hayotning ma’nosi kabi muammolar edi. Ekzistensializmning kelib chiqish shiori shunday edi: mavjudlik mohiyatdan oldin keladi. Boshqacha aytganda, «inson avvalo mavjud bo‘ladi, u uchrashadi, dunyoga keladi, va faqat shundan keyingina shakllanadi»6. Bu shunday ma’noni bildiradiki, inson oldindan berilgan tabiatga ega emas. Uning qandayligi, uning mavjudligi bilan belgilanadi.
«Germenevtika» atamasi sharhlash, talqin qilish va tushuntirish san’ati sifatida qadimgi dunyo madaniyatiga borib taqaladi. Qadimgi YUnon afsonasida xudolardan xabar keltiruvchi Germes, kishilarga xudolarning buyruqlarini tushuntirib berar va odamlarning xohish, irodalari va iltijolarini Olimpga etqazar edi. germenevtikani nazariya sifatida shakllantirish F.SHleyermaxer (1768-1834) va V.Diltey (1833-1911) asarlarida o‘z yakunini topdi.
SHleyermaxer germenevtikani umumiy tushunish nazariyasi sifatida talqin qildi. Uning nuqtai nazaricha, u yoki bu matnni tushunish uchun matn muallifi yashagan davrga xayolan o‘tish zarur (ushbu bajariladigan ish tartibi germenevtikada «joyini o‘zgartirish» nomini oldi). Bunda o‘z zamonining tushuncha va tasavvurlaridan qutulish zarur bo‘lib, matn muallifi davri tushunchalariga muvofiq keladigan tushunchalar bilan fikrlash uning dunyosi va g‘oyasiga kirish uning fikr tarzini gavdalantirmoq lozim. SHleyermaxer uchun asosiy narsa matn emas, balki unda yashirin ifodalangan muallifning ijodiy o‘ziga xosligi edi.
Tushunish Gadamer uchun «tajriba», dunyoni o‘zlashtirishning umumiy vositasidir. Germenevtik tajriba asosida til yotadi. U bizga go‘yoki dunyoni beradi. Til «hamma nrsani qamrab oluvchi, dunyo talqinini oldindan payqab oluvchidir.. dunyo biz uchun hamisha ham tilda talqin qilingan dunyodir… bu esa, tabiiyki, shunday ma’noni bildiradiki, ushbu til talqinining ichida boshlanadigan tushunchalarni tashkil bo‘lish jarayoni hech qachon eng boshidan boshlanmaydi»7. SHuning uchun o‘z tabiatiga ko‘ra tushunish – til hodisasidir. Bundan shunday xulosa qilinadi: «Tushunib olish mumkin bo‘lgan borliq, til demakdir»8.
XX asrning 20-nchi yillaridan boshlab, ijtimoiy-gumanitar fanlarda strukturalizm (tuzilish) deb umumiy nom olgan harakat boshlanadi. Uning asosida yotgan strukturali uslub dastavval tilshunoslikda (lingvistikadagi Praga, Kopengagen va Yel strukturalistik maktablari) ishlab chiqilgan bo‘lib, keyinchalik ijtimoiy-gumanitar bilimlarning boshqa sohalarida (adabiyotshunoslik, madaniyatshunoslik, ruhshunoslik, jamityashunoslik, og‘zaki ijod (folkloristika), estetika, irqshunoslik (etnologiya) va boshqalarda) yoyildi. Strukturalizm Fransiyada eng ko‘p darajada yorqin namoyon bo‘ldi. Uning asosiy vakillari K.Levi-Stross, M.Fuko, J.Lakan, R. Bart va boshqalar edilar.
Strukturalizmning asosiy tushunchasi struktura (tuzilish) bo‘lib, uning ma’nosi turli xil qaytadan tuzishlarda sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan tayanch munosabatlar majmuasini tushunish edi. Ana shu turdagi xilma-xil tayanch strukturalarni tilda, asabda, afsonalar, ijtimoiy institutlar va boshqa ijtimoiy - gumanitar bilimlarda qidirib topish strukturalizm uslubining asosida yotar edi.

Download 99.32 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   28




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling