2-mavzu. Sharq va G‘arb falsafasining vujudga kelishi, rivojlanish tarixi. (2-soat)
Download 99.32 Kb.
|
2-мавзу семинар
4. XX-XXI asr o‘zbek falsafasi.
Islohotchilik va ma’rifatparvarlik yangi falsafasining shakllanishida qomusiy bilim sohibi, tabiiy va aniq fanlarni chuqur bilishi tufayli muhandis deb ulug‘langan Ahmad Donish(1827-1897) (To‘liq ismi - Ahmad ibn Mir Nosir ibn YUsuf al-Hanafiy as-Siddiqiy al-Buxoriy) alohida o‘rin tutadi. U astronomiya va kosmologiya sohalaridagina tadqiqotlar olib borib qolmay, falsafa, tarix, adabiyot, musiqa san’ati va xattotlik fanlarida ham etuk edi. Ahmad Donish ma’rifatparvarlik yo‘nalishidagi islohotlar tarafdorigina emas edi. Amaldorlarning shaxsiy manfaati yo‘lida o‘z mansabini suiiste’mol qilishi, hukmdorlarning ochko‘zligi va shariat qonunlarini o‘z foydasiga xizmat qildirishi, sxolastikaga asoslangan ta’limning ahvoli, davlat mustaqilligini saqlashga yo‘naltirilgan tashqi siyosat tizimining mavjud emasligi, umumiy dushmanga qarshi kuchlarni birlashtirish o‘rniga, mintaqadagi yangi erlarni bosib olishga qaratilgan nihoyatda cheklangan biryoqlama intilishlar - bularning barchasini ko‘rib, u nafaqat tanqidchi faylasuf bo‘lib etishdi, balki Vatanining qashshoq ahvolini idrok etishday zalvorli yuk uning chekiga tushdi. O‘sha davr Misr islohotchilari kabi Ahmad Donish fatalizmga qarshi chiqdi. U inson hamma narsa faqat yaratgandan deb o‘tirmay, o‘z ahvolini yaxshilash uchun faol harakat qilishi kerakligi g‘oyasini ilgari surib, har bir kishi o‘z taqdirini o‘zi xal qilish mumkinligini va Alloh tomonidan bunga katta imkoniyat berilishini uqtirdi. Uning fikricha, davlat bir to‘da kishilarning emas, balki xalqning manfaatlarini qondirishga xizmat qilishi kerak, davlat rahbarlari esa, mamlakat va jamiyat farovonligi to‘g‘risida qayg‘urishi lozim. Ahmad Donishning aholisining dini va milliy mansubligidan qat’i nazar ilg‘or mamlakatlardan ibrat olish kerakligi haqidagi nuqtai nazari ham jadidchilik ta’limotining asosiga aylandi. Muhammad Aminxo‘ja Muqimiy(1850-1903)va Zokirjon Furqat(1859-1909) kabi shoirlar turkistonliklarning og‘ir iqtisodiy ahvolidan qayg‘uradilar va o‘z ijodlari orqali mustamlakachilikka qarshi kayfiyatning kuchayishiga yordam berdilar. Lirik va satirik bo‘lgan Muqimiy insof, adolat va odamiylik hukmronlik qiladigan erkin jamiyat to‘g‘risida orzu qiladi, ayni paytda, o‘zining idealidan uzoq bo‘lgan tuzum, mutaassib din namoyandalarini hajv tig‘i bilan fosh etadi. SHoirning «Veksel», «Urug‘», «Dar mazammati zamona», «Lyaxtin», «To‘y» va boshqa siyosiy va ijtimoiy masalalar (masalan, saylov)ga bag‘ishlangan hajviyalari jamiyatda u obrazli tarzda «Dunyo qurilg‘on dor ekan!» deb ta’riflagan mavjud tuzumga nisbatan tanqidiy munosabatni kuchaytiradi»9. Download 99.32 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling