2-mavzu. Sharq va G‘arb falsafasining vujudga kelishi, rivojlanish tarixi. (2-soat)
Download 99.32 Kb.
|
2-мавзу семинар
- Bu sahifa navigatsiya:
- Jadidchilik
Zokirjon Furqatning ma’rifatparvarlik qarashlari uning «Ilm xosiyati», «Aql majlisi xususida», «Vistavka xususida» va boshqa mashhur she’rlarida o‘z ifodasini topgan. U madaniyatning otashin targ‘ibotchisi edi. Evropa madaniyatiga katta ahamiyat berib, ilg‘or xalqlar safidan joy olish uchun yoshlarni bilim egallashga chaqiradi.
Hamza Hakimzoda Niyoziyva Qoraqalpoq shoiri Berdimurod Berdaq(1827-1900) lar ijodida nafaqat xalqni ma’rifatli qilish masalalari, shu bilan birga, hurriyat va adolatga intilish, Vatanga muhabbat, ma’naviy-axloqiy mavzular ham o‘z aksini topdi. Xullas, XIX-XX asr boshlaridagi ilg‘or shoirlar, yozuvchilar, tarixchilar va jamoat arboblarining ijodi komil inson, erkin jamiyat haqidagi g‘oyalarni rivojlantirdi va mustamlakachilikka qarshi kurash g‘oyasi yo‘lidagi ilg‘or milliy tafakkurning shakllanishida falsafiy asos bo‘lib xizmat qildi. Jadidchilik - XIX asr oxiri - XX asr boshidagi ko‘plab SHarq mamlakatlaridagi milliy-taraqqiyparvar ziyolilarning islohotchilik harakati. Bu harakat O‘rta Osiyo xalqlarining madaniy, milliy-siyosiy jihatdan rivojlanishi uchun alohida ahamiyatga ega bo‘ldi. "Jadidlar" degan nomning o‘zi "usuli jadid" ("YAngi usullar") tushunchasi asosida kelib chiqqan. Bu atama ostida o‘qitishning yangi usullari tushunilar, yangi usuldagi maktablar shu asosda qurilgan edi. Jadidchilikning o‘ziga xos fenomen, nodir hodisa ekanligi nimada ko‘rinadi? Bu birinchi navbatda, jadidlarning nafaqat SHarq, balki G‘arb madaniyatini ham egallash asosida shakllangan yuksak aqliy-ma’naviy zakovatida namoyon bo‘ladi. Ularning deyarli barchasi oliy diniy ma’lumot olib, Navoiy Jomiy, Fuzuliyning yuksak insonparvarlik g‘oyalari bilan sug‘orilgan asarlari, o‘rta asr SHarq mutafakkirlarining falsafiy qarashlariningta’siri ostida tarbiyalanib, o‘z intellektini xorij–ham SHarq, ham G‘arb madaniyati yutuqlari bilan boyitdilar. Bu jadidlar falsafiy dunyoqarashining o‘ziga xos xususiyatini belgilab berdi. Jadidlar islom falsafasi nuqtai nazari asosida ish tutganlar. Mavzuning hozirgi tadqiqotchilari yozganidek: «Islom va fan, islom va ilg‘or taraqqiyot - XIX asr ikkinchi yarmida musulmon mamlakatlaridagi intellektual va ijtimoiy-siyosiy islohotlar o‘tkazish yo‘lidagi izlanishlarning falsafiy asosi hisoblanadi»10. Ma’rifatparvar, adabiyotshunos, dramaturg, faylasuf, siyosiy arbob madaniyatshunoslik nazariyotchisi va amaliyotchisi Mahmudxo‘ja Behbudiy (1874-1919) jadidchilik harakatining yirik rahnamo va nazariyotchilaridan biri edi. "O‘sha davr Turkiston jadidlaridan birortasi siyosiy, ijtimoiy faoliyati hamda bilim doirasining keng va chuqurligi jihatidan unga tenglasha olmas edi", - deb yozgan edi. F.Xo‘jaev. Keksa sharqshunos L.Azizzoda esa ham 1926 yildayoq uni SHarqning eng buyuk gumanistlari va mutafakkirlari bilan bir qatorga qo‘ygan edi: "Agar O‘zbekistonda fan va madaniyat sohasida Ulug‘bek va Navoiydan keyin uchinchi bir shaxsning nomini abadiylashtirish kerak bo‘lsa, bu shubhasiz Behbudiyga o‘rnatilgan yodgorlik bo‘lishi kerak". Download 99.32 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling