Tayanch so‘zlar: Asotir, mif, falsafiy maktablar,ortodoksal va noortodoksal maktablar, ve
dalar, upanishadalar, jaynizm, buddizm, chorvaka-lokayata, vaysheshika, yoga, nyaya, sankxya, vedanta, mimansa, daosizm, konfutsiychilik, Avesto, zardushtiylik, Moniy ta’limoti, Mazdak ta’limoti, kalom falsafasi, tasavvuf, ruhiy kamolot, panteizm, peripatetizm, ilohiyotshunoslik, osiyosentrizm, panturkizm, panislomizm, ma’rifatparvarlik, jadidchilik, o‘zbek falsafasi. Antik falsafa, ellinizm, xristianlik, appologetika, patristika, sxolastika, kiniklar, sofistlar, nominalizm, realizm, ssientizm, antissientizm, renessans,empriokrititsizm, hayot falsafasi, psixoanaliz, neotomizm, ekzistensializm, neokantizm, neopozitivizm, postpozitivizm, verifikatsiya, falsifikatsiya, germenevtika, pragmatizm, strukturalizm
Qadimgi Sharq va G‘arb falsafasining vujudga kelishi,
rivojlanishining umumiy qonuniyatlari.
Qadimgi SHarq falsafasi (Misr, Bobil, Xindiston, Xitoy, Markaziy Osiyo).
Qadimgi Bobil va Misrda falsafaning paydo bo‘lishi. Eramizdan oldingi IV mingyillikning oxiri III-mingyillikning boshida qadimgi Bobil va qadimgi Misr madaniyati o‘z taraqqiyotining yuqori nuqtasiga erishadi. Bu davlatlarda falsafiy fikrlarning paydo bo‘lishi, bir tomondan, dunyo haqidagi fanlar bo‘lgan - astronomiya, kosmologiya, matematika birinchi odimlari bilan yaqindan bog‘liq bo‘lgan bo‘lsa, ikkinchi tomondan, afsonalar bilan bog‘liq edi. Qadimgi Bobil va Misr olimlari oy va kun tutilishi davriyligini aniqlashga muvofiq bo‘ldilarki, bu ularga bu hodisani oldindan aytish imkonini berdi.
Qadimgi bobilliklar va misrliklarda ilm-fan bilan kohinlar shug‘ullanar edilar. Ilm-fan bilan shug‘ullangan misrliklar va bobilliklar umuman dunyoga afsonalar orqali qarar edilar. SHunday asarlar paydo bo‘la boshlaydiki, ularda afsonalarni falsafiy talqin qilishga urinishlar ko‘zga tashlanadi («Arfa chaluvchining qo‘shig‘i», «Dunyodan xafsalasi pir bo‘lgan kishining o‘z ruhi bilan suhbati», «Hayot ma’nosi haqida xoja va qulning savol-javoblari» va boshqalar). Garchi Qadimgi Misr va Bobilda falsafiy tafakkur Qadimgi YUnoniston saviyasiga erishmagan bo‘lsa ham, ularning yutuqlari Ellada madaniyatiga katta ta’sir ko‘rsatdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |