2-mavzu. Sharq va G‘arb falsafasining vujudga kelishi, rivojlanish tarixi. (2-soat)
Download 99.32 Kb.
|
2-мавзу семинар
- Bu sahifa navigatsiya:
- Hinduviylik.
Jaynizm va buddaviylik. Eramizdan oldingibirinchi ming yillik o‘rtalarida Hindistonda Vedalar mafkurasidan holi bo‘lgan va insonning jamiyatdagi o‘rni masalasiga yangicha yondashadigan ta’limot paydo bo‘ldi. Jaynistlar fikricha, inson mohiyati ikki xil moddiy (adjiva) va ruhiy (jiva) bo‘lib, ularni bog‘lab turuvchi halqa nozik modda tariqasida tushuniladigan karma bo‘lib, ruhni qo‘pol modda bilan qo‘shilishiga imkon beradi. Jonsiz moddani karma iplari vositasida ruh bilan qo‘shilishi oqibatida yakka olingan shaxs kelib chiqadi, karma esa ruhni cheksiz qayta tug‘ilish va o‘zgarishlar silsilasida kuzatib, unga doimiy hamrohlik qilib boradi. Ruhni karma ta’siridan xalos bo‘lishi, ya’ni sansaraga faqat zohidlik va biror xayrli ish qilish yo‘li bilan erishish mumkin.
Eramizdan oldingi VI asrda Hindiston shimolida buddizm ta’limoti paydo bo‘ldi. Uningasoschisi Sidxarta Gautama (er.ol. 583-483 yy.) dir. Keyinchalik uni Budda deb atashgan. Buddizmlik markazida to‘rt haqiqat yotadi. Ularga binoan insonning mavjudligi azob-uqubat bilan chambarchas bog‘liq. Tug‘ilish, kasallik, qarilik, o‘lim, ko‘ngilsiz narsalar bilan to‘qnashuv va yoqimli narsalardan judo bo‘lish, orzudagi narsaga erishib bo‘lmaslik – bularning hammasi jafo chekishga olib keladi. Azob-uqubatning sababi quvonch va ehtiroslar orqali o‘zgarishlarga, qayta tug‘ilishga olib boruvchi ishtiyoq (trshna)dir. Azob-uqubat sababini bartaraf qilish ana shu ishtiyoqqa barham berishda yotadi. Azob-uqubatga chek qo‘yishga olib boriladigan yo‘l, ya’ni xayrli sakkiz o‘lchovli yo‘l bo‘lib, to‘g‘ri hukm yuritish, to‘g‘ri qaror qabul qilish, to‘g‘ri so‘zlash, to‘g‘ri hayotiy yo‘l tutish, to‘g‘ri niyat va orzu, to‘g‘ri diqqat-e’tibor va to‘g‘ri razm solmoqlikda o‘z ifodasini topadi. Hissiy lazzat olishga bag‘ishlangan umr ham, tarki dunyochilik va o‘z-o‘zini qiynashga qaratilgan yo‘l ham rad etiladi. Hinduviylik. Hinduviylikning falsafiy asosi o‘z ifodasini quyidagi olti tizimda topgan: Sankxya, Yoga, Vaysheshika, Nyaya, Mimansa, Vedanta. Sankxya ta’lim beradiki, dunyoning birinchi moddiy sababi bo‘lgan –prakriti mavjuddir. His-tuyg‘u orqali qabul qilinadigan prakritining dunyoviy mavjudotlarga aylanganligi quyidagi uch sifatiy unsurlar ta’siri ostida ro‘y beradi: rajas (intilish), tamas (qorong‘ulik) va sattva (oydinlik). Har bir ashyoda, uning xususiyatiga ko‘ra, ushbu uch unsurlardan biri ustunlik qiladi. Go‘zallik, donishmandlik va haqiqatga moyilligi bor ashyolarda sattva ustunlik qilsa, tamas barcha bo‘sh, chegaralangan, noaniq narsalarda hal qiluvchi unsurdir. Rajas esa, barcha faol, g‘ayratli, tajovuzkor narsalarda ustunlikka ega. Prakriti bilan bir qatorda Sankxyada dunyoning moddiy asosidan mustaqil bo‘lgan purushi (mutlaq ruh) ning mavjudligi tan olinadi. Uni barcha ashyolarda ishtirok etishi va u tufayli mavjud bo‘lgan tirik jonzotlarda mavjudligiga qaramasdan, kuzatish va topish mumkin emas. Prakriti bilan purushining qo‘shilishi chog‘ida 25 tayanch negiz kelib chiqadiki, ular orasida moddiy (suv, tuproq va shunga o‘xshash) narsalar bilan bir qatorda ma’naviy (o‘z mohiyatini anglash, aql) narsalar ham mavjud bo‘ladi. Yoga ruhiy tushunchalarni tadqiq qilish va amaliy ruhiy ta’limga urg‘u beradi; ko‘pincha ilgari mavjud bo‘lgan turli tizimlarning meditatsiya (karaxtlik) holati haqidagi qoidalardan kelib chiqadi. Vaysheshika doimiy o‘zgarishlar, abadiy va davriy paydo bo‘lish va zavol topish jarayonlari mavjudligiga asoslanadi. Biroq, bu jarayonda turg‘un unsur bo‘lgan atom ham bor. Atomlar abadiy bo‘lib, zavol topmaydilar, ular hech kim tomonidan yaratilgan emaslar. Atomlarning vaqtinchalik qo‘shilishlaridan bizning his-tuyg‘ularimizga etib kelishi mumkin bo‘lgan jonli va jonsiz ashyolar paydo bo‘ladilar. Bunday holatda boshqachaga aylanish atomlarning doimiy ravishda bo‘linishi va qo‘shilishi natijasida kelib chiqadi. Ruh nomoddiy, abadiy va beintiho bo‘lib ikki shaklda mavjud bo‘ladi: mutlaq, mukammal va hamma joyda hozir va alohida. U hayotning cheksiz charxipalagida sarson-sargardonlikda yuradi. Nyaya maktabi Vaysheshika bilan chambarchas bog‘langan bo‘lib, unda asosiy e’tibor mantiq va bilish nazariyasi masalalariga qaratiladi, jumladan, his-tuyg‘u ishonchli, haqiqiy bilim vositasi bo‘lib, xulosaga olib keladi. Xulosa esa qiyos vositasida chiqariladi. Mimansa Vedalarga qaytishni e’lon qiladi. Bu ta’limotga binoan sansara yo‘lidan qutilishning yagona chorasi Vedalar nimadan ta’lim bergan bo‘lsa, o‘shalarni izchil bajarishdir. Mimansa Vedalar matnini oliy nufuzli narsa sifatida qabul qilibgina qolmay, balki ularda abadiy mavjud bo‘lib, mutlaqlikka daxldor bo‘lgan, sezib bo‘lmaydigan umumiy javharni ko‘radi. Vedantaning falsafiy mazmuni uning o‘z nomida ifodalangan («Vedanta» aynan «Vedalar xotimasi» degan ma’noni anglatadi). Vedanta dunyo barcha narsalar undan kelib chiqadigan yagona voqeylik bilan moddiy kuchlarning o‘zaro ta’sirining mahsulidir, deb biluvchi qoidani rad etadi. U braxmani tan olib, uni dunyoning mutlaq ruhiy mohiyati sifatida tushunadi. Download 99.32 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling