2-mavzu. Sharq va G‘arb falsafasining vujudga kelishi, rivojlanish tarixi. (2-soat)


Qadimgi YUnon va Rim falsafasi. Ellinizm davri falsafasi


Download 99.32 Kb.
bet9/28
Sana03.04.2023
Hajmi99.32 Kb.
#1322350
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   28
Bog'liq
2-мавзу семинар

Qadimgi YUnon va Rim falsafasi. Ellinizm davri falsafasi.
Milet maktabining vakillari bo‘lgan Fales, Anaksimandr va Anaksimenlar dunyoga butunlay boshqacha qarashni rivojlantirdilar. Ularning har uchchalasi Kichik Osiyodagi yunon shahar-davlati bo‘lgan Milet shahrida tug‘ilgan edi. Miletlik mutafakkirlar birinchi bo‘lib Koinotni uyg‘un ravishda tuzilgan, o‘z-o‘zidan rivojlanuvchi va o‘zi tomonidan boshqariladigan tizim sifatida tasvirlashga urindilar. Olam hech qanday xudolar va hech qanday odamlar tomonidan yaratilgan emas. U doimo mavjud bo‘lishi lozim. Uni boshqarayotgan qonunlarni inson tushunib etishi mumkin. Ularda hech qanday tushunib bo‘lmaydigan, sirli narsa yo‘q. SHunday qilib, dunyoni diniy-afsonaviy tushunish yo‘lidan uni inson aqli vositasida tushunishga hal qiluvchi qadam ko‘yildi.
Anaksimandr tomonidan berilgan dunyo manzarasi kelib chiqishi jihatidan o‘sha zamon uchun butunlay yangi va g‘ayri oddiy edi. U o‘zida bir qator moddiyuncha va dialektik xususiyatga ega bo‘lgan unsurlarni yaqqol ifodalar edi. SHu jumladan o‘z shaklini doimo o‘zgartirib boruvchi va hamma narsalarni qamrab oluvchi birlamchi javhar to‘g‘risidagi tasavvur, moddaning hozirgi zamondagi tasavvuriga juda yaqindir. Fales eramizdan oldingi 585 yilda yuz berishi mumkin bo‘lgan quyosh tutilishini oldindan bashorat qilgan edi. U birinchi bo‘lib birnecha asosiy geometrik teoremallarni isbot qildi, iste’molga sirkul va burchak o‘lchovchi asbobni kiritdi. Ma’lum bo‘lgan er yuzini birinchi geografik xaritasini tuzgan kishi sifatida Anaksimandrni yod etadilar. U er yuzini silindr shaklida, havoda muallaq osilib turgan holatda tasavvur etgan. Anaksimandr osmon gumbazi bo‘ylab harakat qiladigan yoritgichlar holatini namoyish etadigan «samoviy doira»ni kashf etdiki, unda yoritgichlarni Erga va bir-birlariga nisbatan joylashganliklarini ko‘rsatuvchi imkoniyat mavjud edi.
Miletdan keyingi Ioniya falsafasining markazi, faylasuf Geraklitningvatani Efes shahri edi. Dunyoning birlamchi unsurini Geraklit olovda ko‘rdi. Geraklitning falsafa tarixidagi ahamiyati shunda ediki, u moddaga xos bo‘lgan qonuniylik zaruriyati haqidagi masalani dunyoning dialektik rivojlanishi holati bilan bog‘lab tushuntirdi. Qarama-qarshiliklarning dialektik birligi Geraklit tomonidan shunday ifodalandiki, ular bir-birlarini doimo o‘zaro uyg‘unlikda to‘ldiradilar va shu jihatdan paydo bo‘ladilar. U o‘z falsafasining asosiy nuqtai nazarlarini hammaga keng ma’lum bo‘lgan bir qator hikmatli so‘zlarda ifodaladi: «hamma narsa oqimda, hamma narsa o‘zgarishda», «bir daryoga ikki marta sho‘ng‘ib bo‘lmaydi» va hokazo.
Sofistlar ta’limotining eng mashhur vakillari Abder shahridan bo‘lgan Protagor va Leontinlik Gorgiy edilar. Protagor barcha hodisalar va idrokning nisbiyligi va ularning muqarrar ravishda sub’ektivligi (bir taraflama ekanligi) haqidagi qoidani oldingi surdi («inson barcha ashyolarning mezonidir»). Protagor qadimgi davrlardayoq sofizm deb nom olgan og‘zaki bahs musobaqalariga asos soldiki, unda sofistlar mantiqiy mushkul holatlarni qo‘llar va umum tomonidan qabul qilingan fikrlardan keskin farq qiladigan nuqtai nazarlarni bayon qilar edilar. Sofistlar YUnonistonda bilimlarning keng tarqalishiga imkon yaratdilar. Bundan tashqari, dalillarga asoslangan fan sofistik ishonchsizlik asosiga qurilgan kuchli raqib bilan duch kelib, uning natijasida mustahkamlandi.
Afinada sofistlarning murosasiz dushmani sifatida Suqrot (er.ol. 470-399yy.) maydonga chiqdi. U sofistlarga qarshi o‘laroq, baribir haqiqat mavjud va u bahsda topilishi mumkin, degan fikrda edi. Suqrotning kuchi bahs yuritish sohasida u ishlab chiqqan usulda ediki, unda bir qator savollar berish yo‘li bilan opponentni o‘z nuqtai nazarini noto‘g‘ri ekanligini tan olishgacha olib borib, so‘ngra shu usulning o‘zi bilan o‘z qarashlarining adolatliligini isbot qilar edi. Suqrot ta’limotining asosida donishmandlar tomonidan bilib olinadigan, ob’ektiv ravishda mavjud bo‘lgan ruh to‘g‘risidagi g‘oya yotar edi. U hayotning har qanday sohasida muvaffaqiyatli faoliyat yuritish uchun kasbiy bilimlar zarurligini ta’kidlagan edi. Ana shundan siyosiy xulosalar ham qilinar edi, ya’ni davlatga rahbarlik qilish –bu ham kasb va shuning uchun shu narsa zarurki, u bilan shunday kasbga ega bo‘lganlar shug‘ullansin.
Aflotun(er.ol. 427-347yy.) Afinadagi aslzodalar urug‘iga mansub edi. «Davlat» va «Qonunlar» degan risolalarida Aflotun orzudagidek polis (shahar-davlat)namunasini yaratdiki, unda tabaqalarga bo‘linganlik tizimi o‘zining quyi tabaqalar faoliyati ustidan jamiyat yuqori tabaqalarining qat’iy nazorati o‘rnatilishi orqali sinchkovlik bilan ishlab chiqilgan edi. Polis tepasida bilimga ega bo‘lgan kishilar, faylasuflar turishi lozim edi.
Aflotunning falsafiy-axloqiy qarashlari uning savol-javoblar tarzida yozilgan ko‘p sonli asarlarida berilganki, ulardagi bosh ishtirok etuvchi shaxs uning ustozi Suqrotdir. Aflotun aqidasicha, bizni o‘rab turgan voqey dunyo-haqiqiy g‘oyalar dunyosining faqat taxminiy in’ikosidir. G‘oyalar va tushunchalar tabiiy ravishda bizning ongimizga xos bo‘lib, ulardan ajralmasdir. Siymolar (g‘oyalar), Aflotun fikricha, zamon va makondan tashqarida bo‘lib, ularni idrok etib bo‘lmaydi, ammo ularni aql mushohada qila oladi. Aql ikki dunyoni, ya’ni u dunyo va voqey dunyoni bir-biri bilan bog‘laydi.
Arastu(er.ol. 384-322yy.) tarixga ensiklopedik olim sifatida kirdi. Uning merosi eramizdan oldingi IV asrgacha yunon fani to‘plagan haqiqiy bilimlar majmuasi edi. Ba’zi ma’lumotlarga qaraganda, uning tomonidan yozilgan asarlarning soni mingtaga yaqinlashadi. O‘z ustozi Aflotundan farqli o‘laroq, Arastu fikricha, moddiy olam birlamchi bo‘lib, g‘oyalar dunyosi ikkilamchidir. Bir hodisaning ikki tomoni sifatida shakl va mazmunni bir-biridan ajratib bo‘lmaydi. Tabiat haqidagi ta’limot uning risolalarida avvalo harakat haqidagi ta’limot sifatida namoyon bo‘ladiki, bu Arastu tizimining eng qiziq va kuchli tomonidir. U dialektikaning yirik vakili hisoblanadi. Dialektika uning uchun ehtimoliy va haqiqatga o‘xshash bilimlardan haqiqiy va ishonchli bilimlar olish usuli edi.
Faylasufning «Organon» deb umumiy nom olgan mantiqiy asarlari haqiqat va tafakkur qonunlari haqidagi ta’limotdir. O‘rta asrlarda «Organon» eng mashhur va o‘qiladigan asar bo‘lib, o‘rta asrlardagi barcha sxolastika (borliqni tekshirish va o‘rganishga emas, balki din aqidalariga suyangan idealistik falsafa) uning asosiga qurilgan edi. Arastu orzudagi (ideal) davlat tuzumi loyihasining muallifi sifatida shunday xulosaga keldiki, polis insonlar uyushmasining eng yuqori shakli bo‘lib, unda yashaydigan kishilarning maqsadi farovonlikka erishishdir.
Qadimgi dunyo tarixida eramizdan oldingi IV asrinig oxiridan eramizning I asrining oxirgi o‘n yilliklarigacha bo‘lgan davrni ellinizm davri deb atash qabul qilingan. Bu davrning falsafiy-siyosiy qarashlari polis mafkurasidan yiroqlashib ketgan edi.
Ellinistik dunyoda eng mashhur bo‘lgan voqea eramizdan oldingi IV va III asrlar bo‘sag‘asida paydo bo‘lgan ravoqiylar va epikurchilar ta’limoti edi.


Download 99.32 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   28




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling