2-mavzu. Sharq va G‘arb falsafasining vujudga kelishi, rivojlanish tarixi. (2-soat)
Download 99.32 Kb.
|
2-мавзу семинар
- Bu sahifa navigatsiya:
- O‘rta asr G‘arb va Sharq falsafasi rivojlanishining umumiy belgilari. Ilk o‘rta asrlar SHarq falsafasi.
Эпикур таълимоти
Epikur falsafasi Demokrit moddiyunchiligi taraqqiyotida oldinga qo‘yilgan qadam edi. Uning atomlar haqidagi ta’limotini qabul qilgan Epikur atomlarning to‘g‘ri chiziqlik harakatdan ichki ta’sir natijasida chetga og‘ishi haqidagi taxminni o‘rtaga qo‘ydi. Bu bilan u konuniylik bilan tasodifiylik uyg‘unligi muammosini oldinga surdi. Uning falsafasida inson markaziy o‘rinda turadi. Epikur o‘z vazifasini insonlarni o‘lim va taqdir xavfidan ozod qilishda deb bildi. U xudolarning tabiat va inson hayotiga aralashishlarini rad etdi va ruhning moddiyligini isbot qildi. Xudolarning mavjudligini tan olgan holda, u xudolar haqida «olomonning yolg‘on uydirmalari» ga qarshi chiqdi. O‘rta asr G‘arb va Sharq falsafasi rivojlanishining umumiy belgilari. Ilk o‘rta asrlar SHarq falsafasi. Muhammad al-Xorazmiy (780-850) IX asrning eng yirik ensiklopedik olimi bo‘lib, Xorazmda tug‘ilgan. U riyoziyot, astronomiya, jug‘rofiya sohalarida tadqiqotlar olib borib, ilmiy ekspeditsiyalarda ishtirok etgan. SHarqning birinchi Akademiyasi bo‘lgan Bag‘doddagi «Baytul hikma» - «Donishmandlik uyi»da Al-Xorazmiy rahbarligi ostida Ahmad ibn Muhammad al-Farg‘oniy, Ahmad ibn Abdulla al-Marvaziy, Xolid Marvarudiy, Abbos Javhariy kabi o‘sha zamonning eng yirik olimlari xizmat qildilar. Xorazmiy qalamiga «Astranomik jadvallar», «Hind hisobi haqida risola», «Quyosh soatlari haqida risola», «Musiqa bo‘yicha risola» va boshqa asarlar mansubdir. Xorazmiyning asosiy kashfiyoti algoritmni kashf etishi bo‘lib, u barcha matematik tenglamalarni echishning umumiy vositasidir. Al-jabr, ya’ni algebraning kashf etilishi bir-biriga qarama-qarshi munosabatda turgan ikki miqdor: «ma’lum» va «noma’lum» ning dialektik tahlil qilish natijasidir. Har qanday tenglama bu bir-birini inkor qiluvchi tushunchalarning dialektik birligidir. Qarama-qarshilikning birligi, ma’lum va noma’lum, - bu masaladir. Ushbu qarama-qarshilikni echish – masalani echishdir. Tenglamalar Xorazmiygacha ham ma’lum edi. Ammo u har safar, turlicha, yakka holda, ayrim yo‘l bilan echilar edi. Xorazmiyning xizmati shunda ediki, u turli xususiy tenglamalar tahlili asosida umumiy ko‘rinishni vujudga keltirdi. «Algoritm» so‘zi al-Xorazmiy ismining lotincha talaffuzidir. Asosiy poydevorini Xorazmiy qo‘ygan algoritmlar nazariyasi bugungi kunda zamonaviy matematika, informatika va kibernetikaning eng muhim qismidir. Al-Xorazmiyning eng yirik asari uning astronomiyaga oid «Zij»idir. Bu asari 37 bob, 116 ta jadvaldan iborat. SHaxamaiddin Ahmad ibn Muhammad ibn Kasir al-Farg‘oniy (797-865) Farg‘onada tug‘ilgan bo‘lib, Markaziy Osiyoda, Iroq va Misrda ijod qildi. Uning asosiy tadqiqot mavzusi astronomiya, jug‘rofiya, geodeziya sohalarida edi. U o‘z asarlarida o‘quvchini dunyoning tuzilishiga doir ma’lumotlar bilan tanishtiradi, sayyoralar harakati, taqvim va jug‘rofiyani sharhlab beradi. O‘z tadqiqotlarining natijalarini u arab, eron, yunon, fors, Misr va boshqa mamlakatlar olimlarining ilmiy xulosalari bilan solishtiradi. Farg‘oniy fikricha, osmon doiraga o‘xshashdir, negaki, samoviy jismlarning burchakli harakatlari tezligi bir xildir. Er ham doiradir. Uning kattaligi osmon diametriga nisbatan ozginadir. Bu shu bilan tasdiqlanadiki, inson hamisha osmonning teng yarmini ko‘radi. Quyoshning chiqishi va botishi turli kengliklarda quyidagicha: qutblarda barcha qishki kechalar bir kechani tashkil etadi; bu erda yil bir kecha va kunduzga teng, kunduz kun 6 oyga, qorong‘u kecha ham 6-oyga teng. Osmon ekvatorining doirasi ufq doirasi bilan mos tushadi, zenit (osmonning kuzatuvchi boshi ustidan ko‘ringan eng yuqori nuqtasi) esa qutb bilan mos tushadi. Farg‘oniy sayyoralar harakatining tasnifini beradi. Sobit yulduzlarning harakati – bu barcha sayyoralarga zarur bo‘lgan, yagona harakatdir. Quyosh ikki harakatda ishtirok etadi: g‘arbdan sharqqa tomon va ekliptika (Erning Quyosh atrofidagi yo‘li joylashgan tekislik) qutblari atrofida. Oy beshta aylanma harakatlarda ishtirok etadi. Osmon doirasidagi ekliptika bilan ekvator o‘rtasidagi eng aniq burchak hisobining natijalaridan biri Farg‘oniyga tegishlidir2. O‘zining ensiklopedik (hamma tomonlama) bilimlari sharofati bilan «SHarq Arastusi» va «Ikkinchi muallim» (Arastudan keyin) unvonlariga sazovor bo‘lgan Abu Nasr ibn Muhammad Forobiy(873-950) buyuk faylasuf edi. Forobiy 873 yilda Forob shahrida (Aris daryosining Sirdaryoga quyiladigan joyi) tug‘ildi. Fanlarni o‘zlashtira borib, Forobiy SHoshda (Toshkent), Samarqand, Buxoro, Bag‘dodda bo‘ldi, Eronga safar qildi. O‘z hayotining oxirgi yillarini Forobiy Halab va Damashqda o‘tkazdi va o‘sha erda 950 yili vafot etdi. Uning 160 jilddan ko‘proq asarlarining barchasini ikki guruhga bo‘lish mumkin: qadimgi yunon olimlari risolalariga sharh shaklida yozilgan asarlar, va asl nusxadagi tadkiqotlar. Forobiyning borliq haqidagi ta’limoti.Forobiy falsafiy qarashlarining asosini dunyo tuzilishi haqidagi panteistik ta’limot tashkil qiladi. Bu ta’limotga ko‘ra, butun mavjudot-borliq emanatsiya asosida yagona boshlang‘ichdan bosqichma-bosqich vujudga kelgan. Bu oltita bosqichdan iborat bo‘lib, ular o‘zaro sababiyat orqali bog‘langan. Bundagi birinchi bosqich-birinchi sabab – bu «vujudi vojib»-o‘z-o‘zidan zaruriy mavjud bo‘lgan yagona Olloh (as-sabab al-avval); ikkinchi bosqich-bu birinchi «vujudi mumkin» bo‘lib, ular osmon jismlari, ikkinchi sababdir (as-sabab as-soniy); uchinchi bosqich-bu ikkinchi «vujudi mumkin», ya’ni faol aqldir (al-aql al faol); to‘rtinchi bosqich - to‘rtinchi sabab-bu tirik mavjudotlarga xos jonxir (an-nafas), ya’ni uchinchi «vujudi mumkin»dir; beshinchi bosqich-beshinchi sabab-bu narsa va hodisalarning ko‘rinishi, ya’ni shakli (as-surat)dir, ya’ni turtinchi «vujudgi mumkin»dir; nihoyat, oltinchi bosqich-oltinchi sabab-bu narsa va hodisalarning jismi, tanasi, ya’ni moddadir, bu beshinchi «vujuddi mumkin»dir. Bu bosqichlar bir-birlari bilan sababiy bog‘langandir. Bilish nazariyasi.Forobiy inson bilishi jarayonini ikki bosqichga bo‘lib, bu bosqichlarning o‘zaro bog‘liqligini, aqliy bilim hissiy bilishsiz yuzaga kelmasligini alohida ta’kidlaydi. U inson bilish jarayonining bu bosqichlarini insondagi «tashqi quvvat» va «ichki quvvat»lar bilan izohlaydi. «Tashqi quvvatlar» bevosita tashqi ta’sirlar orqali sezgi a’zolarida vujudga keladigan sezgilardir. Ular 5 turli: teri-badan sezgisi, ta’m bilish sezgisi, hid bilish sezgisi, eshitish sezgisi, ko‘rish sezgisi. Bularnng hammasini Forobiy hissiy bilish («quvvat hissiya»), deb qaraydi. «Ichki quvvatga»ga esa u esda olib qolish (xotira), hayol (tasavvur), his-tuyg‘u nutq (fikrlash) «quvvatlari»ni kiritadi. «Ichki quvvat» deganda u insonning aqliy bilish bosqichini tushunadi. Uningcha, ilmni egallash shu «quvvatlar» orqali amalga oshadi. Abu Rayhon Muhammad ibn Ahmad Beruniy (973-1048) buyuk ensiklopedik olim, mutafakkir va insonparvar bo‘lib, 973 yilda qadimgi Xorazmning poytaxti Qiyot atrofida tavallud topdi. 16 yoshligidayoq Beruniy ekvatorga nisbatan ekliptika tekisligining qiyaligini juda katta aniqlik bilan aniqladi. YOsh yigitchalik vaqtidayoq Beruniy Markaziy Osiyoda birinchi bo‘lib, Er kurrasi qiyofasini (globus) yasadi. Bir minginchi (1000) yilda Beruniy o‘zining birinchi yirik asari bo‘lgan «Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar»ni yozib tugatdi. U butun SHarqda unga shuhrat keltirdi. Beruniyning bizgacha etib kelgan asarlari: «Osoral-boqiya» («Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar»), «Hindiston», «Geodeziya», «Kitobi Saydana» («Farmakagnoziya»), «Geografiya», «Qonuni Ma’sudiy» («Ma’sud qonunlari»), «Mineralogiya», «Kitobi at-tafxim», «Dorivor o‘simliklar haqida kitob» va boshqalarni ko‘rsatash mumkin. Uning «o‘tmish avlodlardan qolgan yodgorliklar» («Osor al-boqiya») asarida muallif yozma manbalar, xalq og‘zaki ijodi namunalari asosida xorazmliklar, sug‘diylar, eroniylar va arablarning islom dinigacha bo‘lgan e’tiqorlari to‘g‘risida, ularning astronomik, matematik va geografik tushunchalari haqida juda qimmatli tarixiy ma’lumotlar beradi. Borliq haqida ta’limot. Beruniy fikricha, falsafaga yo‘l borliqni chuqur tushunib etishga imkon beradigantabiatshunoslik fanlari orqali o‘tadi. Umuman esa, Beruniy falsafani borliqning mohiyatini biladigan fan sifatidagi ta’rifiga qo‘shiladi. U Forobiy falsafiy ta’limotiga asoslanib ollohni hamma narsaning birinchi sababi, deb hisoblaydi. Uning tushunishicha ham xudo hamma narsaning yaratuvchisi ekanligi e’tirof qilinadi. Lekin Beruniy shu birinchi sababdan kelib chiqqan hamma narsaning rivojlanish va o‘zgarish huquqini tabiatga beradi. Uning ta’limoticha, tabiatda hamma narsa tabiiy qonunlar asosida yaratiladi, tabiat o‘zining tabiiy kuchiga ega bo‘lib, shu kuch ta’sirida tabiatda to‘xtovsiz harakat, o‘zgarish, o‘sish, rivojlanish, vujudga kelish, emirilish, halok bo‘lish jarayonlari sodir bo‘ladi. Bulardan shunday xulosaga kelish mumkinki Beruniy o‘z falsafiy qarashlarida deizmga yaqin pozitsiyada turgan. U moddiy dunyoning adabiyligi haqida gapiradi. Atrofni o‘rab turgan dunyo asosida suv, olov, havo, tuproq yotadi. Bilish nazariyasi. Bilishning asosi, dunyo haqidagi bizning bilimlarimizning manbai, his-tuyg‘u a’zolari vositasida qo‘lga kiritilgan, hissiy bilimlardir. Beruniy har bir his-tuyg‘u turini tasvirlaydiki, u tufayli hayvonlar tashqi dunyoda ma’lum yo‘nalishga ega bo‘lib, atrof muhitdagi sharoitlarga moslashadilar. Insonning his-tuyg‘u a’zolari ham shu maqsadga xizmat qiladilar, ya’ni ular uning tashqarisida sodir bo‘layotgan hodisalardan unga ma’lumot berishlari lozim. Har bir his-tuyg‘u muayyan bir turdagi qo‘zg‘atuvchidan ta’sirlanmog‘i lozim, shunisi ham borki, ushbu qo‘zg‘atuvchilar moddiydirlar, negaki, faqat shundaylargina sezish uyg‘otishlari mumkin. Inson, hayvonlardan farqli o‘laroq, aqlga egadirki, shuning o‘zi insonning his-tuyg‘usini hayvonnikidan farqlaydi. Download 99.32 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling