2-mavzu. Sharq va G‘arb falsafasining vujudga kelishi, rivojlanish tarixi. (2-soat)


Download 99.32 Kb.
bet10/28
Sana03.04.2023
Hajmi99.32 Kb.
#1322350
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   28
Bog'liq
2-мавзу семинар

Равоқийлар таълимоти (стоицизм)
Eramizdan oldingi 302-yilda Afinada Qibrisning Kition shahridan bo‘lgan Zenon (er.ol 336-264yy.) tomonidan asos solingan ravoqiylar maktabiga Sol shahridan bo‘lgan Xrasipp (er.ol. III asr), Rodoslik Panetiy (er.ol. II asr) va boshqa faylasuflar mansub edilar. Ravoqiylar insonning axloqiy muammolariga alohida diqqat-e’tibor qaratdilar. Ularning maqsadi polis tuzumining inqirozi, to‘xtovsiz harbiy va ijtimoiy nizolar, alohida shaxsning jamiyat bilan aloqalari sustlashgan sharoitda axloqiy-falsafiy tayanch topish edi. Agar ushbu sharoitlar tug‘dirgan ta’sir natijasida adabiyot va san’atda fuqaroning ijtimoiy borlig‘ining qo‘nimsizligini aks ettirish, har narsaga qodir taqdir ramzida berilgan bo‘lsa, ravoqiylar tomonidan bu holat barcha mavjudotlarni oqilona boshqaradigan oliy kuch (logos, tabiat, xudo) ga insonning qaramligi sifatida tasvirlandi..
Asosiy xayri faoliyat sifatida ravoqiylar tushunib yashashni («sharr» (yomonlik) nima ekanligini bilish, «xayr» (yaxshilik) nima ekanligini idrok etish), ya’ni jasorat, adolatlilik, sog‘lom fikr va uning boshqa ko‘rinishlari bo‘lgan-ruhiy olijanoblik, nafsni tiyish, tirishqoqlik, jur’atlilik va rahmdillikni hisoblar edilar. Faqat axloqiy-go‘zal narsagagina yaxshilik va ezgulik alomati edi. SHu bilan birgalikda yaxshilik qandaydir foyda keltiradigan narsa ham edi. Ravoqiylarning axloqiy tushunchalari orasida tabiat va jamiyat qonunlariga muvofiq keladigan, aqliy faoliyat orqali kelib chiqqan «kerakli narsa» to‘g‘risidagi tasavvurni qayd etib o‘tish lozim.
Rimning oxirgi ravoqiychisi imperator Mark Avreliy edi. Uning nuqtai nazariga ko‘ra, dunyoda biror - bir narsani o‘zgartirib yoki to‘g‘rilab bo‘lmaydi. Uning ta’kidlashicha, barcha kishilar har doim laganbardor, yolg‘onchi va o‘z manfaatini ko‘zlovchi bo‘lganlar, hozir ham shunday va bundan keyin ham shunday bo‘lib qoladilar. Bu tartibsizlik orasida nima qoladi? Faqat o‘z zakovatiga xizmat qilish, o‘zini kamolotga etkazish va ezgulik. Ammo bunday o‘zini qo‘yarga joy topolmaydigan, hayotda hech qanday maqsadi bo‘lmagan ezgulik insoniyatga xizmat qilish borasidagi o‘z ma’nosini yo‘qotar edi. Negaki, insoniyat o‘zgarmas va illatlardan holi bo‘lmaganligi uchun, uni hech qachon ilhomlantirib bo‘lmas edi.


Download 99.32 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   28




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling