2-mavzu. Sharq va G‘arb falsafasining vujudga kelishi, rivojlanish tarixi. (2-soat)
Download 99.32 Kb.
|
2-мавзу семинар
Mazdakiylik. Markaziy Osiyo va Eronda feodalizmning rivojlanib borishi va dehqonlar hayotining og‘irlashishi tabaqalar o‘rtasidagi qarama-qarshilikni kuchaytirib yubordi. Urushlar, tabiiy ofatlar, kahatchilik bu jarayonni chukurlashtirdi. Dehqonlarning feodal hukmdorlardan noroziligi oshib bordi. Bunday qarama - qarshiliklarning ifodasi sifatida yangi diniy- falsafiy oqim bo‘lgan mazdakiylik paydo bo‘ldi. V-VI asrlar davomida mazdakiylik feodallarga qarshi qaratilgan harakatlarning mafkurasi bo‘lib xizmat qildi.
Uni asoschisi Mazdak (529-nchi yilda qatl etilgan) Eron shohi Qubod I (hukmronlik yillari 488-528) saroyi ahllariga yaqin bo‘lgan zardushtiylik kohini edi. U shohni mamlakatda islohotlar o‘tkazish zarurligiga ishontirishga urindi. Keyinchalik Mazdak dehqonlar harakatining rahnomasiga aylandi. Harakat bostirilgach, Mazdak qatl etildi. Mazdakiylikning falsafiy ta’limoti zardushtiylikning ikki ibtido, ya’ni xayr va sharr, yorug‘lik va bilan qorong‘ulik o‘rtasidagi kurash haqidagi tasavvurlarga borib taqaladi. Tabiat uch unsur: suv, olov va tuproqdan tashkil topgan bo‘lib, ularning ko‘shilishidan ijobiy va salbiy hodisalar kelib chiqadi. YAxshilik bilan yomonlik o‘rtasidagi kurash ezgulikning g‘alabasi va yomonlik kuch ishlatish orqali yo‘q qilish bilan xotima topadi. Mazdakchilarning ijtimoiy dasturi keskin talablar qo‘ydi: barcha odamlarning teng huquqligi, iste’molda tenglik, barcha mulklarning va avvalo erning umum ixtiyorida bo‘lishi. Bu narsa oddiy xalq o‘rtasida Mazdakning dong chiqarishiga olib keldi. Vedalar. Qadimgi hind jamiyati hayoti haqida xabar beruvchi birinchi manba Vedalar bo‘lib, taxminan eramizdan oldingi 1500 va 600 yillar orasida tarkib topgandirlar. Ular garchi jamiyatning iqtisodiy rivojlanishi va ijtimoiy tarkibi haqida, atrofni, o‘rab turgan dunyoni bilish darajalari va boshqa ko‘p narsalar haqida ma’lumot bersalar ham, ustun darajada diniy mazmunga ega edilar. Aslini olganda Vedalar - samxitlar – to‘rt xilda mavjuddirlar. Rigvada (xudolarga madhiya), Samaveda (kuylar, ashulalar, hamdu sano), YAdjurveda (qurbonlik qilish paytida aytiladigan ifodalar va hikmatli so‘zlar) va Atxarveda (afsunlar). Vedalar oriy qabilalarining ibtidoiy dunyoqarashlari, diniy-afsonaviy majmua va jodugarlikni aks ettirganlar. Download 99.32 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling