2-mavzu. Sharq va G‘arb falsafasining vujudga kelishi, rivojlanish tarixi. (2-soat)


Download 99.32 Kb.
bet3/28
Sana03.04.2023
Hajmi99.32 Kb.
#1322350
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   28
Bog'liq
2-мавзу семинар

Zardo‘shtiylik. Eramizdan oldingi VI asrdan boshlab Markaziy Osiyoda zardushtiylik dini paydo bo‘lib, eramizning III asrigacha hukmronlik qiladi. Zardushtiylikning vatani sifatida Markaziy Osiyo (Baqriya, Xorazm) va Eronni (Midiya) ko‘rsatadilar. Zardushtiylikda eng qadimgi davrlardan boshlab (eramizdan oldingi 3-2-nchi mingyilliklar) eramizdan oldingi 1-mingyillik o‘rtalarigacha bo‘lgan Markaziy Osiyo va YAqin SHarq xalqlarining diniy tasavvurlari aks etgan.
«Avesto» kitobiga binoan, Koinot, er, okean, osmon, nurli doira va jannatdan iborat. Er dumaloq bo‘lib, atrofi okean bilan o‘ralgan. Osmon to‘rt doiradan tashkil topgan: yulduzlar doirasi, oy doirasi, quyosh doirasi va jannat doirasi yoki nur makoni. YUlduzlar, Oy va Quyosh xudo Axura Mazdaning badani sifatida tasvirlanadi. Zardushtiylikning jamiyat tarixi haqidagi tasavvurlari Injil va Qur’ondagi afsonalar bilan o‘xshab ketadi. Avesto bo‘yicha birinchi odam Yimadir, barcha odamlar undan kelib chiqqan. Bu davr oltin asr sifatida tasvirlanadi: insonlar abadiy hayotga ega edilar. Xudo Axuramazda abadiy bahor yaratgan bo‘lib, kishilar farovonlikda va baxt-saodatda yashar edilar. Ammo kunlardan bir kun ular gunohga botdilar: ular ta’qiqlangan mol go‘shtini eb qo‘ydilar. Ziyonkor ruh Anxra Maynyu ularga sovuq va qor yubordi. Yima odamlarni sovuqdan qotib qolishlaridan saqlash uchun uy qurib, unga barcha tirik jonzotlardan bir juftdan yashirdi. Bu afsona SHumer, Bobil, Injil va Qur’ondagi Butun dunyoni tufor bosganligi haqidagi afsonaga o‘xshashdir.
Markaziy Osiyoda diniy-falsafiy qarashlar. Eramizdan oldingi II asrda Kushon davlati tashkil topdi. Bu davrda turli irqlarga taalluqli madaniy an’analar va diniy oqimlar bir-birlari bilan yonma-yon yashashar edi. Bunga ko‘p jihatdan kushon shohlari tomonidan yurg‘izilgan diniy bag‘rikenglik siyosati yordam bergan edi. Kushon hukmdorlari tomonidan zarb etilgan tangalarda biz hind, eron va ellinistik xudolar dastasi bilan bog‘liq bo‘lgan ilohlarning ismlari va siymolari aksini uchratamiz. Mitra va hosildorlik xudosi Orloxsho bilan bir qatorda urush xudosi Veretragna, hind xudolari SHiva va Budda turganligining guvohi bo‘lamiz. Kushon imperiyasida dunyo sivilizatsiyasi tarixida kamdan-kam uchraydigan hodisalardan biri sifatida buddaviylik, jaynizm, zardushtiylik, maxalliy va qabilaviy diniy e’tiqodlarning bir-birlari bilan tinch yashaganliklarini qayd etish lozim. Aynan ana shu Kushonlar davrida Markaziy Osiyo va Uzoq SHarq mamlakatlariga yoyilgan Mohayana shaklidagi buddaviylikning alohida rivojlanganligini kuzatish mumkin.

Download 99.32 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   28




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling