2-mavzu. Sharq va G‘arb falsafasining vujudga kelishi, rivojlanish tarixi. (2-soat)
Download 99.32 Kb.
|
2-мавзу семинар
- Bu sahifa navigatsiya:
- Monixiylik.
Markaziy Osiyoda buddaviylik. Buddaviylikning yoyilishi mahalliy diniy e’tiqodlar va an’analarning yo‘q qilinishi yoki yutib yuborilishi degan ma’noni anglatmas edi. Bu mahalliy an’analar ta’sirida olib kelingan udumlarning o‘zaro ta’siri va o‘zgarishiga olib kelgan murakkab jarayon edi. Buddaviylik madaniyati Markaziy Osiyodan Xitoy, YAponiya va Quriyaga tarqaldi. Xitoycha manbalar matnida Baqtriya, So‘g‘d va Parfiyadan chiqqan, ilohiyotga doir jiddiy risolalar yozib, ularni Xitoy tiliga tarjima qilgan buddaviy rohiblarning ismlari tilga olingan. Ba’zi olimlarning fikriga ko‘ra, Markaziy Osiyolik rohiblarsiz II-IV asrlardagi Xitoy, buddaviylik haqida deyarli hech narsa bilmagan bo‘lar edi1.
Markaziy Osiyoda Vaybxashika buddaviylik maktabi tarqalgan edi. Vaybxashika maktabiga mansub bo‘lganlar o‘zlarining bilish nazariyalarida ob’ektiv dunyodan kelib chiqdilarki, uni bilish his-tuyg‘u a’zolari orqali amalga oshiriladi. Ashyolarning javhari besh doimiy unsurdir. Vaybxashika tarafdorlari fikricha, Budda oddiy odam bo‘lgan va to‘la-to‘kis nirvana holatiga erishgach, o‘z mavjudligiga barham bergan. Biroq unda ilohiy unsur-haqiqatni ichki tushunish mavjud bo‘lgan. Buddaviylik bilan bir qatorda Markaziy Osiyoga hindlarning dunyoviy fan va madaniyatining unsurlari ham tarqaldi. Monixiylik. Eramizning II-III asrlarida quldorlik tuzumi o‘zining inqiroz va buzilish bosqichiga kirdi. Inqirozning g‘oyaviy ifodasi sifatida yangi oqim bo‘lgan monixiylik (Bobilda 216 yoki 217-inchi yilda tug‘ilgan asoschisi Moniy nomidan olingan) paydo bo‘ldi. Moniy bir necha diniy-axloqiy risolalar yozgan. U «monixiylik xati» deb nom olgan alifboni kashf etdi. Moniyning ta’limoti zardushtiylik kohinlari tomonidan dushmanlik bilan kutib olindi. U ta’kiblar ostida Erondan qochdi. O‘z ta’limotini targ‘ib qilgan Moniy shon-shuhrat qozondi. Moniyning o‘sib borayotgan obro‘sidan xavfsiragan zardushtiylik kohinlari uni falsafiy bahsga chaqirdilar. Ammo u zindonga solindi va 276 yilda qatl etildi. Monixiylik zardushtiylik ta’limotining yaxshilik va yomonlik to‘g‘risidagi aqidasiga, ya’ni dualizmga tayanar edi. Xristianlik va gnostitsizm (lazzat talablik) unga sezilarli ta’sir o‘tkazgan edi. Moniylik ta’limoti o‘z ifodasini soddacha ruhda dehqonlar ozodligini targ‘ib qilishda topgan edi, bu yangi sharoitlarda Avestoning qadimgi qobiqlarida bayon etilgan Zaratushtraning ta’limotini qaytarish edi. Bu esa ezilgan va tahqirlangan dehqonlar manfaatini himoya qilishga qaratilgan edi. Monixiylikning ozod dehqonlar ruhiyatiga mos keladigan xususiyati uni eramizning IIIasrida va undan keyingi davrlarda Eron, Markaziy Osiyo, Mesopotamiya, Suriya, Misr va Rim imperiyasining sharqiy viloyatlari dehqon ommasi orasida keng tarqalishiga yordam berdi. Download 99.32 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling