2-mavzu: Shaxs rivojlanishining umumiy qonunlari, uning tashxisi toʻgʻrisida gʻoyalar Tayanch ibora va atamalar


Download 75.76 Kb.
bet1/11
Sana13.11.2023
Hajmi75.76 Kb.
#1770405
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
2-мавзу. БТПИИ


2-mavzu: Shaxs rivojlanishining umumiy qonunlari, uning tashxisi toʻgʻrisida gʻoyalar


Tayanch ibora va atamalar: shaxs tushunchasi, individ, inson, ruh, aql, bosh miya, rivojlanish, salomatlik, ta’lim-tarbiya, shaxsning rivojlanishi, shaxsni rivojlantiruvchi omillar.

Subyektning odam zotiga mansubligi individ tushunchasida ifoda qilinadi. Odam dunyoga odam boʻlib keladi. Hayvon bolasi esa dunyoga kelgan kunidanoq hayotining oxirigacha jonzot deb yuritiladi. «Individ» tushunchasida kishining nasl-nasabi ham mujassamlashgan. Yangi tugʻilgan chaqaloqni ham, katta yoshdagi odamni ham, mutaffakkirni ham, aqli zaif ovsarni ham, yovvoyi odamni ham, madaniyatli mamlakat kishisini ham individ deb hisoblash mumkin.


Individ sifatida dunyoga kelgan kishi alohida sotsial fazilat kashf etadi, shaxs boʻlib yetishadi. Psixologiyada individ tomonidan amaliy faoliyat va munosabatlar jarayonida hosil qilinadigan hamda ijtimoiy munosabatlarning individga ta’sir oʻtkazish darajasi va sifatini belgilaydigan tarzdagi sotsial fazilatlar majmuasi shaxs tushunchasida ifodalanadi.
Shaxsning oʻzi nima? Eng avvalo, biz shaxs individning fazilati ekanligini tan oladigan boʻlsak, bu bilan biz individ va shaxsning birligini tasdiqlagan va ayni paytda bu tushunchalarning bir-biriga oʻxshashligini inkor etgan boʻlamiz. «Shaxs» va «Individ» tushuchalarining bir-biriga oʻxshashligini yetakchi psixologlar - B.G.Ananyov, A.N.Leontev va boshqalar inkor etishadi.
Sotsial munosabatlar tizimini oʻzida mujassamlashtirgan subyekt boʻlish degan ma’noni anglatadi.
Shaxs tushunchasi insonga taalluqli boʻlib, psixologik jihatdan taraqqiy etgan, shaxsiy xususiyatlari va xatti-harakatlari bilan boshqalardan ajralib turuvchi, muayyan xulq-atvor va dunyoqarashga ega boʻlgan jamiyatning a’zosini ifodalashga xizmat qiladi. Odam shaxs boʻlishi uchun psixik jihatdan rivojlanishi, oʻzini yaxlit inson sifatida his etishi, oʻz xususiyatlari va sifatlari bilan boshqalardan farq qilmogʻi kerak.
Individ” nima? Bola ma’lum yoshga qadar “individ” sanaladi. Individ (lotincha “individium” soʻzidan olingan boʻlib, «boʻlinmas», «alohida shaxs», «yagona» ma’nolarini anglatadi) xatti-harakatlarini shartli refleks yordamidagina tashkil eta oluvchi biologik mavjudotdir.
Individuallik esa shaxsning oʻziga xos xususiyati boʻlib, uning namoyon boʻlishi tarbiya jarayonini amalga oshirishda bola shaxsini puxta oʻrganish, uning yashash sharoitlaridan yetarli darajada xabardor boʻlish va ularning hisobga olinishini taqozo etadi.
Individual yondashuv oʻquvchilarning aqliy qobiliyatlari, bilishga boʻlgan qiziqish hamda iste’dodini namoyon etishda muhim ahamiyatga ega.
Bola harakatlari ongli, ijtimoiy munosabatlar jarayonidagi ishtiroki natijasida shakllana boradi.
Odamning ijtimoiy mavjudot sifatida shaxsga aylanishi uchun ijtimoiy muhit sharoitlari va tarbiya kerak boʻladi. Ana shular ta’sirida odam inson sifatida rivojlanib boradi va shaxsga aylanadi.
Shaxsning rivojlanishi qiyin, murakkab jarayon, u koʻplab ichki va tashqi ta’sirlar va omillar orqali roʻyobga chiqadi. Inson hayot ekan, butun umri davomida oʻsib, rivojlanib, oʻzgarib boradi. Bolalik, oʻsmirlik va oʻspirinlik yillarida kamol topishi yaqqol koʻzga tashlanadi.

Download 75.76 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling