Ijtimoiy akseleratsiya nazariyasi. Bu ilmiy nazariyaning asoschilaridan biri, yirik fiziolog olim A.A.Markosyan. Ta’lim-tarbiya sharoitlarida oʻquvchilarning yosh va psixologik xususiyatlarini hisobga olish zarur. Ya’ni mazkur yoshdagi bolalarning talablari, imkoniyatlari, xususiyatlariga mos keladigan pedagogik ish formalari, metodlari va vositalarini qoʻllash tushuniladi. Lekin yosh sxemasi oʻz mohiyatiga koʻra, umumiy xarakterga ega. Ana shuning uchun ham mazkur yoshdagi bolaga, maktab oʻquvchilariga nisbatan maqsadga muvofiq ta’lim-tarbiya tadbirlarini tanlashda yosh sxemasining bir oʻzi yetarli emas. Yosh xususiyati bilan birga tarbiyalanuvchining individual xususiyatlarini ham hisobga olish kerak va ana shu individual xususiyatlariga mos ravishda oʻquvchiga nisbatan individual munosabatda boʻlish lozim. Ta’lim va tarbiyaning vazifasi bolada, maktab oʻquvchisida, birinchidan mazkur yosh bosqichida yuksak rivojlanish darajasini xarakterlab beradigan va ikkinchidan bolani, maktab oʻquvchisini keyingi yosh bosqichiga, ya’ni psixik rivojlanishning yanada yuksakroq darajasiga qonuniy ravishda oʻtishga tayyorlaydigan psixik xususiyatlarini, xislatlarning va sifatlarni shakllantirishdir. Taraqqiyotning har bir yosh bosqichi oʻzining rivojlanish omillariga, qonuniyatlariga, yangiliklari va oʻzgarishlariga ega boʻlib, ular shaxsning xarakteri, temperamenti, iqtidori, bilish jarayonlariga bevosita ta’sirini oʻtkazadi.
NAZORAT UCHUN SAVOL VA TOPSHIRIQLAR
1. Shaxs va uning rivojlanishi haqida tushuncha bering?
2. Shaxs rivojlanishiga qaysi omillar ta’sir etadi?
3. Shaxs kamolotida tarbiyaning ahamiyati?
4. Talaba shaxsini tarbiyalashning asosiy tarkibiy qismlari qaysilar?
5. «Individ», «shaxs», «individuallik» tushunchalarini sharhlang.
6. Rivojlanish va shaxs rivojlanishini ta’riflang.
7. Shaxs faoliyati haqida soʻzlab bering.
8. Oʻquvchilarning yosh xususiyatlarini tavsiflang.
9. Shaxsning ijtimoiylashuvini qanday tushunasiz?
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. R.A.Mavlonova, N.H.Vohidova, N.H.Raxmonqulova. Pedagogika nazariyasi va tarixi. Darslik T:. Fan va texnologiyalar, 2010.
Do'stlaringiz bilan baham: |