2-mavzu: Shaxs rivojlanishining umumiy qonunlari, uning tashxisi toʻgʻrisida gʻoyalar Tayanch ibora va atamalar


Download 75.76 Kb.
bet2/11
Sana13.11.2023
Hajmi75.76 Kb.
#1770405
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
2-мавзу. БТПИИ

Rivojlanishning oʻzi nima?
Rivojlanish inson shaxsining tarkib topish jarayonidir. Rivojlanish oʻzaro uzviy bogʻliq qator bosqichlarda amalga oshadi. Bola aql zakovatining koʻrsatkichi, sifati, xarakteri uning atrofdagi odamlar bilan kundalik munosabatlari va amaliy faoliyatida vujudga keladi. Oʻzaro ta’sir (savol-javob) natijasida unda aqlning ijodiy mahsuldorligi, teranligi, tezligi orta boradi. Hozirgi davrda insonning rivojini yanada jadallashtiruvchi vositalar mavjud va uning aqliy oʻsish darajasini test sinovlari bilan aniqlash mumkin.
Rivojlanish shaxsning fiziologik va intellektual oʻsishida namoyon boʻladigan miqdor va sifat oʻzgarishlari mohiyatini ifoda etuvchi murakkab jarayondir. Rivojlanish mohiyatan oddiydan murakkabga, quyidan yuqoriga, eski sifatlardan yangi holatlarga oʻtish, yangilanish, yangining paydo boʻlishi, eskining yoʻqolib borishi, miqdor oʻzgarishining sifat oʻzgarishiga oʻtishini ifodalaydi. Rivojlanishining manbai qarama-qarashliklar oʻrtasidagi kurashdan iboratdir.
Bola shaxsining rivojlanishi inson ijtimoiy mavjudotdir degan falsafiy ta’limotga asoslanadi. Ayni vaqtda inson tirik, biologik mavjudot hamdir. Demak, uning rivojlanishida tabiat rivojlanishining qonuniyatlari ham muhim ahamiyatga ega. Shuningdek, shaxs bir butun mavjudot sifatida baholanar ekan, uning rivojlanishiga biologik va ijtimoiy qonuniyatlar birgalikda ta’sir etadi, ularni bir-biridan ajratib boʻlmaydi.
Chunki shaxsning faoliyati, hayot tarziga yoshi, bilimi, turmush tajribasi bilan birga boshqa fojiali holatlar, kasalliklar ham ta’sir etadi.
Inson butun umri davomida oʻzgarib boradi. U ham ijtimoiy, ham psixik jihatdan kamolga yetadi, bunda bolaga berilayotgan tarbiya maqsadga muvofiq boʻlsa, u jamiyat a’zosi sifatida kamol topib, murakkab ijtimoiy munosabatlar tizimida oʻziga munosib oʻrin egallaydi. Chunki rivojlanish tarbiya ta’siri ostida boradi.
Shaxsning fazilatlarini toʻgʻri koʻrish va bexato baholash uchun uni turli munosabatlar jarayonida kuzatish lozim.
Demak, shaxsni rivojlantirish vazifasini toʻgʻri hal etish uchun uning xulqiga ta’sir etuvchi omillar hamda shaxs xususiyatlarini yaxshi bilish zarur.
Tarbiya bolaga samarali ta’sir etishi uchun oʻsish va rivojlanish qonuniyatlarini bilish va hisobga olish maqsadga muvofiq. Shunday qilib, rivojlanish va tarbiya oʻrtasida ikki tomonlama aloqa mavjud.
Inson, odam, shaxs koʻplab fanlarning oʻrganish obyekti hisoblanadi. Shaxs deganda muayyan jamiyatning a’zosi tushuniladi. Ijtimoiy munosabatlarga kirishuvchi, ongi yuksak taraqqiy etgan, ijtimoiy taraqqiyotda ishtirok etuvchi odamgina shaxs deyiladi. Shaxsning eng asosiy belgisi – uning ongli faoliyat egasi ekanligi. Ma’lumki kishi ongi faqat jamiyatda, boshqalar bilan oʻzaro munosabatda til yordamida ijtimoiy tajribani oʻzlashtirishda shakllanadi. Binobarin shaxs ham faqat jamiyatdagina shaxsga aylanishi mumkin.
Odamning ijtimoiy mavjudot sifatida shaxs nomini olishi uchun unga ijtimoiy-iqtisodiy hayot va tarbiya kerak. Shu boisdan pedagogika fani bolaning shaxs sifatida rivojlanishi, uning har tomonlama kamolga etish qonuniyatlarini, unga ta’sir etuvchi obyektiv va subyektiv omillarni, rivojlanish jarayoniga aloqador davrlarni aniqlashi kerak. Odamning mukammal inson boʻlib yetishuvida oʻzining maqsadi asosidagi xatti-harakati, iroda sifatlarining kamol topishi natijasida ayrim nuqsonlarini bartaraf etishi, qiyinchiliklarni yengib chiqishi mumkinligini bilishimiz zarur. Demak, inson hayot faoliyati davomida oʻzgarib, shakllanib, rivojlanib boradi. Bolalik, oʻsmirlik va oʻspirinlik davrida rivojlanish nihoyatda kuchli boʻladi.
Shaxsning kamol topishida va uning xulqida ijtimoiy va biologik omillarning ta’sir kuchi hamisha ham bir xil boʻlavermaydi. Chunki uning xulqiga, munosabatlariga, aloqalariga, yoshi, bilimi, odatlari, tajribasi va vaziyat ham ta’sir etadi. Masalan, bir xildagi ta’sirlarga turli bola turlicha munosabatda boʻladi, bu ayni paytda, bolaning ehtiyoji qandayligiga ham bogʻliqdir. Shaxs ijtimoiy tajribani faol ravishda tahlil qiladi, oʻzlashtiradi, oʻzi uchun oʻzgartiradi. Bu jarayon davomida oʻzi ham shaxs sifatida shakllanadi. Shaxs shakllanib borgan sayin tashqi ta’sirlar, shu jumladan ijtimoiy ta’sirlar ham uning ichki dunyosi, psixologiyasiga qarab turli odamlarga turlicha ta’sir qiladilar. Masalan, bir xil baho turli oʻquvchilarga turlicha ta’sir qiladi.
Odam atrofni, obyektiv borliqni koʻproq bilgani sari onglilik darajasi oʻsadi, fikrlash doirasi kengayadi, yangi bilim va koʻnikmalarni egallaydi, yangi qiziqish va ehtiyojlar vujudga keladi. Demak, shaxsning kamolga yetishi jamiyat rivojiga chambarchas bogʻliqdir.
Shaxs rivojlanishiga ta’sir etuvchi omillar. Fanda, odamning shaxs sifatida rivojlanishiga biologik va ijtimoiy omillarning ta’siri oʻrtasidagi munosabatni belgilashga oid munozara koʻpdan buyon davom etmoqda.
Insonning shaxs sifatida, rivojlanishida ijtimoiy hodisalarning ta’siri kuchli boʻladimi? Yoki tabiiy omillar yetakchi oʻrin tutadimi? Balki tarbiyaning ta’siri yuqoridir? Ular oʻrtasidagi oʻzaro munosabat qanday?
Fanda biologik yoʻnalish deb nomlangan nuqtai nazar yetakchi oʻrinlardan birini egallab, uning vakillari Aristotel, Platonlar tabiiy-biologik omillarni yuqori qoʻyadi. Ular tugʻma imkoniyatlar, taqdir, tole’ har kimning hayotdagi oʻrnini belgilab bergan, deydilar.
XVI asr falsafasida vujudga kelgan preformizm oqimi namoyandalari esa shaxs rivojlanishidagi naslning roliga katta baho berib, ijtimoiy muhit va tarbiyaning rolini inkor etadi.
Xorij psixologiyasidagi yana bir oqim – bixeviorizm XX asr boshlarida yuzaga kelgan boʻlib, uning namoyondalari, ong va aqliy qobiliyat nasldan-naslga oʻtib, insonga u tabiatan berilgan, deyiladi. Mazkur ta’limotning mashxur vakili amerikalik olim E.Torndaykdir.
Pragmatizm oqimi va uning vakillari D.Dyui, A.Kombe ham shaxs rivojlanishini biologik nuqtai nazarda asoslaydilar. Ular rivojlanishni faqat miqdoriy oʻzgarishdan iborat, deb qaraydilar. Naslning rolini absolyutlashtirib, uni inson taqdirida hal qiluvchi ahamiyatga ega deb biladilar.
Demak, bir guruh xorijiy olimlar rivojlanishni biologik (nasliy) omilga bogʻlaydilar.
Muhit deganda odam yashaydigan sharoitdagi barcha tashqi ta’sir tushuniladi. Shu nuqtai nazardan tarbiya tufayli bolani oʻzi yashaydigan ijtimoiy sharoitga moslashtirish mumkin, degan xulosa kelib chiqadi.
Falsafada shaxsni jamiyat bilan bogʻliq boʻlgan ijtimoiy hayotdagi murakkab voqelik deb qaraladi. Ular individning ma’naviy boyligi uning munosabatlariga bogʻliq, deb hisoblaydilar.
Falsafiy-antropologik yondashuv oʻzining tadqiqotchilik va tarbiyaviy funksiyasiga koʻra oʻquvchining ma’naviy dunyosiga yoʻnaltirilgandir. Ana shu sababli mazkur yondashuv pedagogikadagi mavjud boshqa ilmiy yoki gnoseologik yondashuvlardan farqli ravishda muloqot va oʻzaro bir-birini tushunish asosida ta’lim-tarbiya jarayonini tashkil etishni talab etadi.
Mazkur yondashuvning oʻziga xosligi ta’lim-tarbiya jarayonining barcha subyektlariga nafaqat dunyoqarash koʻrinishida, balki mavjudlik usuli tarzida qarashni talab etadi. Mazkur mavjudlik usulini birinchi navbatda borliqni anglab yetish sifatida tushunish lozim. Ikkinchidan, mazkur mavjudlik usulini uzluksiz ravishda oʻz-oʻzi, boshqalar va boshqa madaniyatlar bilan muloqot tarzi sifatida aniqlashtirish maqsadga muvofiqdir.
Shaxsga ijtimoiy muhitning ta’siri ham muhim. Bu tarbiya orqali amalga oshiriladi.

Download 75.76 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling