2-mavzu: Shaxs rivojlanishining umumiy qonunlari, uning tashxisi toʻgʻrisida gʻoyalar Tayanch ibora va atamalar


Download 75.76 Kb.
bet3/11
Sana13.11.2023
Hajmi75.76 Kb.
#1770405
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
2-мавзу. БТПИИ

Birinchidan, tarbiya ta’sirida muhit bera olmagan bilim, ma’lumot egallanadi, mehnat va texnik faoliyat bilan bogʻliq koʻnikma va malakalar hosil boʻladi.
Ikkinchidan, tarbiya tufayli tugʻma kamchiliklar ham oʻzgartirilib, shaxs kamolga yetadi.
Uchinchidan, tarbiya yordamida muhitning salbiy ta’sirini ham yoʻqotish mumkin.
Toʻrtinchidan, tarbiya kelajakka qaratilgan maqsadni belgilaydi.
Demak, tarbiya bilan rivojlanish bir-biriga ta’sir etadi, tarbiya doimiy va uzluksizdir.
Shunday qilib, bola shaxsining rivojlanishida tarbiya ham yetakchi oʻringa ega boʻlib, tarbiya tufayli shaxs nasl-nasabi, oila muhiti, ijtimoiy muhit ta’sirida har tomonlama rivojlanishga qodir, degan xulosani chiqarish mumkin.
Zamonaviy pedagogikada shaxs shakllanishiga doir toʻrt yondashuv qaror topgan:
1. Biologik yondashuv – inson tabiiy mavjudot boʻlib, uning butun xatti-harakatlari tugʻma instinkt va ehtiyojlar natijasidir. Inson jamiyat talablariga boʻysunishga majbur, shu bilan birga tabiiy ehtiyojlarini ham namoyon qilib boradi.
2. Ijtimoiy yondashuv – inson biologik mavjudot sifatida tugʻiladi, faqat hayotiy faoliyati davomida boshqalar bilan doimiy muloqot va ijtimoiy guruhlarning ta’siri ostida ijtimoiylashadi.
3. Psixologik yondashuv – insondagi psixik jarayonlar (sezgi, idrok, fikrlash kabilar) tabiiy tavsifga ega, insonning yoʻnalganligi – qiziqishlari, qobiliyatlari ijtimoiy hodisa sanaladi.
4. Yaxlit yondashuv – shaxs yaxlit tavsifga ega boʻlib, uning rivojiga nafaqat uning faoliyatidagi oʻziga xosliklar, balki turmush tarzi ham ta’sir koʻrsatadi. Shu bilan birga ijtimoiy hayot natijalari – motiv, maqsad, qiziqish kabilar ham uning rivojlanishida muhim rol oʻynaydi.
Rivojlanishning yosh va oʻziga xos xususiyatlari. Muayyan bir yosh davriga xos boʻlgan anatomik, fiziologik (jismoniy) va psixologik xususiyatlar yosh xususiyatlari deb ataladi. Ana shu yosh xususiyatlarni hisobga olgan holda ta’lim va tarbiya ishi tashkil etiladi. Shunda bola rivojlanishiga tarbiya ta’siri kuchli boʻladi.
Muayyan bir yosh davriga xos boʻlgan anatomik, fiziologik (jismoniy) va psixologik xususiyatlar yosh xususiyatlari deb ataladi.
Bolalarning tarbiyasiga toʻgʻri yondashish, uni muvaffaqiyatli oʻqitish uchun bola rivojlanishidagi turli yoshdagi davrlariga xos xususiyatlarni bilish va uni hisobga olish muhimdir. Chunki bola orginizmining oʻsishi ham, rivojlanishi ham, psixik taraqqiy etishi ham turli yosh davrlarida turlicha boʻladi. Abu Ali Ibn Sino, Yan Amos Komenskiy, Abdulla Avloniylar ham bolani yoshiga nisbatan tarbiyalash zarurligini uqtirib oʻtganlar.
Bolaning oʻziga xos xususiyatini hisobga olish juda murakkab. Chunki bir xil yoshdagi bolalar ham psixik jihatdan turlicha boʻlishi mumkin.
Masalan, koʻrish va eshitish qobiliyati, faollik, tez anglash, sust fikr yuritish, hovliqmalik yoki vazminlik, sergaplik yoki kamgaplik, sergʻayratlik yoki gʻayratsizlik, yalqovlik yoki tirishqoqlik, palapartishlik, yigʻloqilik yoki kirishuvchanlik kabilar nerv faoliyati tizimining ta’siri boʻlib, oʻqituvchi yoki tarbiyachi ularni bilishi zarur.
Bolaning individual – oʻziga xos xususiyatini bilish uchun temperamentning umumiy tiplari va bolaning oʻziga xos xususiyatini oʻrganish, metodikasini bilish muhim. Temperament lotincha “temperamentum” soʻzidan olingan boʻlib, “qismlarning bir-biriga munosabati” ma’nosini anglatib, shaxsning individual psixologik xususiyatlari majmuidir.

Download 75.76 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling