2-mavzu: Shaxs rivojlanishining umumiy qonunlari, uning tashxisi toʻgʻrisida gʻoyalar Tayanch ibora va atamalar
Download 75.76 Kb.
|
2-мавзу. БТПИИ
- Bu sahifa navigatsiya:
- Geliogen nazariya
Akseleratsiya
Ma’lumki, har bir davr oʻzining muhim hayotiy, sharoitlari, ehtiyojlari va faoliyati, oʻziga xos qarama-qarshiliklari, psixikasining sifat xususiyatlari va psixik jihatdan xarakterli yangi sifatlarning hosil boʻlishi bilan ajralib turadi. Har bir davr oʻzidan oldingi davr tomonidan tayyorlanib, uning asosida shakllanishi va oʻz navbatida, oʻzidan keyingi davrning paydo boʻlishi uchun asos boʻlib xizmat qiladi. Shu oʻrinda psixologiyada mavjud yosh davrlarini tabaqalash nazariyalariga urgʻu berib oʻtish maqsadga muvofiqdir. Psixologlar tomonidan yosh davrlarning tabaqalashlarning nazariy masalalari ishlab chiqilgan. Ular ontogenetik qonuniyatlarni yoritishga katta hissa qoʻshib, amaliy va nazariy muammolarni hal qilishda keng qoʻllanilmoqda. Keyingi yillarda bolalar va maktab oʻquvchilarining jismoniy va psixik rivojlanishida akseleratsiya (lotincha - «tezlanish») hodisasi roʻy bermoqda. Olimlar akseleratsiya hodisasining ham biologik ham ijtimoiy sabablarini izohlashadi: 1. Biologik sabablari oz miqdordagi ionlashgan nurlarning va radio toʻlqinlarining ta’siri qishloq xoʻjaligi va meditsinada oʻsish va rivojlanishni, stimullashtiruvchi biologik faol moddalarning qoʻllanilishi, inson ozuqasida hayvon oqsil moddalari miqdorining oshishi. 2. Ijtimoiy sabablari – hayot tipining kuchayishi, hayot tonusining ortishi, televideniya, radio, kino orqali bolaning oʻsmirlik chogʻidan boshlab miyasiga yigʻiladigan gʻoyalar, koʻp miqdordagi informatsiyalar, ma’lumot oqimining ta’siridan iboratdir. Hozirgacha balogʻatga erishish va jinsiy yetilishning jadallashishi toʻgʻrisida bir butun ilmiy nazariya mavjud emas. Shuning uchun oʻsishdagi jadallashish, ya’ni akseleratsiya boʻyicha ham muayyan nazariya yaratilmagan. Ana shu boisdan har xil ilmiy asosdagi, bir-biridan farqli e’tirozli qator nazariyalar paydo boʻlgan. Quyida psixolog E.Gʻ.Gʻoziev tomonidan sanab oʻtilgan akseleratsiya muammosiga oid qarashlarni keltiramiz: Geliogen nazariya. Ushbu nazariya 1936-yilda chet el olimlari tomonidan yaratilgan boʻlib, uning asosiy mohiyati akseleratsiya hodisasi quyosh nurining bevosita ta’siri bilan vujudga keladi, degan gʻoyadan iboratdir. Bu gʻoya tarafdorlarining fikricha, bolalar koʻp vaqt oftobda boʻlishi natijasida ularning oʻsishida tezlashish, ya’ni akseleratsiya roʻy beradi, chunki quyosh nuri organizmni zarur elementlar, moddalar, ozuqalar bilan ta’minlaydi. Ammo hozirgi davrda akseleratsiya hodisasi janubiy (quyosh nurlari serob) mamlakatlarda ham, shimoliy geografik kenglikka joylashgan mamlakatlarda ham bir tekis roʻy bermoqda. Ikkinchi tomondan, shahar muhitidagi qizlar va oʻgʻil bolalar qishloq bolalariga qaraganda tezroq voyaga yetishi koʻrinmoqda, vaholangki, qishloq odamlari quyosh nurida koʻproq toblanadilar. Demak, hozirgi davrda geliogen nazariya ziddiyatlarga sabab boʻlmoqda. Umuman oftobda toblanishni akseleratsiya jarayonining muhim jihatlaridan biri deyish notoʻgʻridir. Download 75.76 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling