2-Mavzu: Tola va ularni turlari. Paxta tolasining tuzilishi va kimoviy xossalari. Tolaning fizik-mеxanik xossalari. Kimyoviy tolalar. Tolaning xossalari uning kimyoviy tarkibi va tuzilishi paxtani dastlabki ishlash texnologiyasi
Download 332.49 Kb. Pdf ko'rish
|
2-mavzu
Tolaning fizik-mexanik xossalari.
Paxta tolasining fizik-mexanik xossalariga chiziqli zichligi (yo‘g‘onligi), uzunligi, pishiqligi, uzayishi va qayishqoqligi, yeyilishga, egilishga, qisilishga, buralishga xamda tolaning tola ustida sirpanishga qarshiligi, gigroskopikligi, rangi, elektr va issiqlik o‘tkazuvchanligi kiradi. Chiziqli zichlik — tolaning eng muxim xossalaridan biri. Bu kattalik ma’lum uzunlikdagi tola qanday massaga ega ekanligini ko‘rsatadi. Chiziqli zichlik teks deb ataladigan birliklarda o‘lchanadi. Teks — 1 km tolaga (kalava ipga) keltirilgan, grammda yoki 1 m tolaga keltirilgan, milligrammda ifodalanadigan massa (g/km; mg/m). T=g/l bu yerda: T - tolaning, kalava ipning chiziqli zichligi, teks, g - tola massasi, g yoki mg; l - tola uzunligi, km yoki m. Juda ingichka tolani o‘lchash uchun ba’zan milliteks kattaligi ishlatiladi. U 1 km tolaning milligrammdagi massasini ko‘rsatadi. Demak, milliteks (mteks) birliklari teks birliklaridan ming marta kichik. Shuning. uchun tolaning mteks da ifodalangan ko‘rsatkichi teksda ifodalanganidan 1000 marta katta bo‘ladi. Tolaning chiziqli zichligi natijasida uning ko‘ndalang o‘lchamlarini belgilaydi. Shuning uchun, bir qarashda, tolaning ko‘ndalang kesimi diametri yoki yuzini aniqlash kerak. Biroq buni qilish qiyin. Birinchidan, shunday ingichka jism tolaning diametrini amalda o‘lchash qiyin; ikkinchidan, uning diametri butun uzunligi bo‘yicha bir xil emas; uchinchidan, tolaning ko‘ndalang kesimi butun uzunligi bo‘yicha xar xil shakl.va o‘lchamda bo‘ladi. Shuning uchun to‘qimachilik tolalarining ko‘ndalang o‘lchamlari nisbiy kattaliklar bilan o‘lchanadi. Ilgarilari shunday kattaliklardan biri (kalava ip) ning nomeri xisoblanar, u bilan tolaning ingichkaligi baxolanar edi. Nomer f) - tola uzunligining massasiga nisbati kattaligi. xozirgi vaqtda mamlakatimizning to‘qimachilik sanoatida nomer o‘rniga chiziqli zichlik (teks) ishlatiladi. Ular orasida quyidagi bog‘liqlik mavjud. N=1000/T. Nomerdan teksga o‘tilishiga sabab shuki, teks to‘g‘ri kattalik xisoblanadi, ya’ni tolaning ko‘ndalang o‘lchamlari qancha katta bo‘lsa, uning chiziqli zichligi yoki teks kattaligi xam shuncha katta bo‘ladi. Aksincha, nomer ko‘ndalang o‘lchamlarga teskari kattalik: tolaning ko‘ndalang o‘lchamlari qancha katta bo‘lsa, nomer shuncha past bo‘ladi. Tolaning uzunligi l mm, ko‘ndalang kesimining yuzi g‘ mm 2 , paxta moddasining zichligi g/sm 3 bo‘lsin. Tolaning xajmi V mm 3 tola uzunligining ko‘ndalang kesimi o‘rtacha yuziga ko‘paytmasiga teng: V=lF Berilgan tola xajmining massasi g (mg) tola xajmining zichligiga ko‘paytmasidan aniqlanadi: g=V =lF Tolaning chiziqli zichligi massasining uzunligiga nisbatidan iborat, demak, yoki o‘lchamlikka rioya qilinsa, Shunday qilib, tolaning ko‘ndalang kesimi yuzi qancha katta bo‘lsa chiziqli zichligi shuncha katta bo‘ladi. Paxta moddasining zichligi 1,5 g/sm 3 . l g T . 1000 1000 001 , 0 F l lF l g T Tolalarning chiziqli zichligi katta axamiyatga ega. Tolalardan tayyorlangan kalava ipning pishiqligi shu tolalarning pishiqligiga va ular orasidagi ishqalanish kuchiga bog‘liq. Tolaning ko‘ndalang kesimida tolalar orasidagi kontaktlar qancha ko‘p bo‘lsa (bu esa, o‘z navbatida, tolalar soniga bog‘liq), ishqalanish kuchi shuncha katta bo‘ladi. Demak, tola qancha ingichka, ya’ni chiziqli zichligi qancha kichik bo‘lsa, berilgan kalava ipning ko‘ndalang kesimida tolalar shuncha ko‘p va kalava ip shuncha pishiq bo‘ladi. Boshqa tomondan, tola qancha ingichka bo‘lsa, ulardan normal pishiqlikdagi shuncha ingichka kalava ip olish mumkin. Tolaning uzunligi ham paxtaning sifatini belgilaydigan juda muxim xarakteristikadir. Tola qancha uzun bo‘lsa, u kalava ipdagi boshqa tolalar bilan shuncha ko‘proq tutashadi va ularni ajratib olish shuncha qiyinlashadi. Demak, uzun tolalardan chiziqli zichligi bir xil bo‘lgan pishiq kalava ip olish mumkin, boshqa tomondan, ancha uzun tolalardan normal pishiqlikdagi ingichka kalava ip olish mumkin. Bu xolda gap ixtiyoriy uzunlikdagi tola xaqida ketyapti. Amalda paxtaning xar bir kichik massasida xar xil uzunlikdagi (7-8 dan 40-45 mm gacha) tolalar bo‘ladi. SHuning uchun, odatda, tolalarning uzunligi bir necha kattalik bilan: o‘rtacha uzunlik, o‘rtacha kvadratik og‘ish yoki variatsiya koeffitsienti, modal va shtapel uzunliklar bilan xarakterlanadi. Bundan tashqari, namunada tolalar gruppasining uzunlik bo‘yicha taqsimlanishini xarakterlash uchun grafik tasvir — tolalarning uzunlik bo‘yicha taqsimlanish diagrammasidan foydalaniladi. Keyingi vaqtlarda paxta tolalarining uzunligini xarakterlash uchun o‘rtacha, modal va shtapel massa-uzunlik kattaliklaridan foydalaniladi. O‘rtacha uzunlik — o‘rtacha arifmetik uzunlik bo‘lib, sinalayotgan tolalarning umumiy uzunligini ularning soniga bo‘lib aniqlanadi. o‘rtacha kvadratik og‘ish xamda variatsiya koeffitsienti tolalarning uzunlik bo‘yicha notekisliligini xarakterlaydi va paxta sifatiga katta ta’sir ko‘rsatadi. Tolaning pishiqligi deb, uning cho‘zuvchi kuchlarga qarshilik qilish xususiyatiga aytiladi. Pishshiqlikni baxolash uchun uzilish nagruzkasn kattaligidan, ya’ni tola uzilguncha chidaydigan eng katta kuchdan foydalaniladi. Chiziqli zichligi xar xil tolalarning pishiqligini taqqoslash uchun absolyut pishiqlikdan emas, nisbiy pishiqlikdan foydalaniladi. Buning uchun uzilish nagruzkasini tola ko‘ndalang kesimi yuzining birligiga yoki uning chiziqli zichligiga keltirish lozim. Tolalarning nisbiy pishiqligi baxolashda tolaning uzilish uzunligi kattaligidan, ya’ni tolaning massasi son jixatidan uning uzilish nagruzkasiga teng bo‘lgan uzunlikdan foydalaniladi. Paxta tolalarining sifatini kalava ip ishlab chiqarish uchun xom ashyo sifatida baxolashda asosiy xossalarining bir tekisligi katta axamnyatga ega. Ip gazlama sanoatida ko‘p yillardan beri Kimyoviy tolalar sof xolda xam, paxta bilan aralashtirilgan xolda xam qayta ishlab kelinmoqda. Keyingi vaqtlarda tarmoqni Kimyolashtirish protsessi jadal sur’atlar bilan rivojlanmoqda. SHuning uchun ip gazlama korxonalarida qayta ishlanadigan Kimyoviy tolalar ulushi ko‘paymoqda. Kimyoviy tolalarning xossalari tabiiy tolalarnikiga qaraganda bir tekisroq bo‘ladi, shu bilan birga ularning ba’zi xossalari - uzunligi, chiziqli zichligi, pishiqligini rostlab turish mumkin. Kimyoviy tolalar ishlab chiqarishni kengaytirishga yordam beradigan omillarning boshqa gruppasi Kimyoviy tolalar ishlab chiqarishni iqlim sharoitlariga bog‘liq emasligi, ba’zi xil tolalarni ishlab chiqarishda ish unumining yuqoriligi, xomashyo resurslarining mo‘lligi va ularni ishlab chiqarish ekin maydonlarini kengaytirkshga bog‘liq emasligidir. Tabiiy tolalar ishlab chiqarishda esa buning aksini ko‘ramiz. Kimyoviy tola ishlab chiqarish sun’iy tolalar - viskoza tolalar ishlab chiqarishdan boshlandi. Keyinchalik sellyulozadan boshqa tolalar ishlab chiqarila boshlandi. xozirgi vaqtda sun’iy tolalar ishlab chiqarish barcha Kimyoviy tolalar ishlab chiqarishning yarmidan ko‘pini tashkil etadi. Barcha Kimyoviy tolalar tabiiy polimerlardan olinadigan sun’-iy xamda eng oddiy birikmalar - monomerlardan Kimyoviy sintez yo‘li bilan olinadigan sintetik xillarga bo‘linzdi. Ko‘pgina Kimyoviy to‘qimachilik tolalari yuqori molekulyar organik birikmalar xisoblanadi. Shisha va metall tolalar anorganik tolalar jumlasiga kiradi. To‘qimachilik tolalari ishlab chiqarishda foydalaniladigan Kimyoviy yuqori molekulyar birikmalar tuzilishiga ko‘ra karbotsiklik va geterotsiklik xillarga bo‘linadi. Karbotsiklik birikmalar shunday birikmalarki, ularda sikllar-ga faqat uglerod atomlari kiradi. Ularga polietilen, polipropilen, polivinil xlorid kiradi. Geterotsiklik birikmalar — sikllari (xalqalari) da, uglerod atomlaridan tashqari, boshqa atomlar: kislorod, azot atomlari va xokazo atomlar bo‘ladigan birikmalar. Ular jumlasiga ko‘pgina Kimyoviy tolalar kiradi. Barcha Kimyoviy tolalar suyuq yoki suyuqlantirilgan polimerni. fil erlar — yigiruv voronkalarining kichik teshiklari orqali siqib o‘tkazish va xosil bo‘lgan ipni suyuqlik eki gaz bilan qotirish yo‘li bilan olinadi. Kimyoviy tolalar ishlab chiqarishning butun siklini quyidagi bosqichlarga bo‘lish mumkin: xom ashyo olish va uni dastlabki tayyorlash; iigiruv eritmasi yoki suyuqlanmasi xosil qilish (unga bo‘yovchi moddalar qo‘shib tayyor bo‘yalgan tola olish mumkin). 3.2-rasm. Kimyoviy tolalarni olish usullari. Eritmani fil er orqali siqib o‘tkazib ip olish sxemasi quyida keltirilgan. Olingan tola (ip) pardozlash (aralashmalardan tozalash, moilash yoki emul siyalash) va mexanik ishlovdan, ya’ni cho‘zish, qirqish, ourash va o‘rash operatsiyalaridan o‘tkaziladi. Kimyoviy tolalarni olish usullari 3.2- rasmda ko‘rsatilgan. Viskozani xo‘l usulda olishda (6-rasm, a) viskoza eritmasi fil trlar 1 orqali nasoslar yordamida lgiruv mashinalariga uzatiladi. So‘ngra u fil er 3 teshigi orqali o‘tib sul fat kislota eritmasi solingan tindirish vannasi 2 ga tushadi. Bu erda viskoza yayaa sellyulozaga aylanadi va ingichka egiluvchan iplar xosil bo‘ladi. Bu iplar taranglash valiklari 4 orqali bobina 5 ga o‘raladi. 6- rasm, b da atsetat tolani quruq usulda olish sxemasi ko‘rsatilgan. Bunda fil er 1 dan chiqayotgan eritma oqimlari 2 xavo ta’sirida qotadi Davo erituvchyning tez bug‘lanib ketishiga yordam beradi. Iplar shaxta 3 da xosil bo‘ladi, rolik 4 da moylanadi va bobina 5 ga suraladi. 6-rasm g, v da kapron iplarni quruq usulda olish sxemasi k¢rsatilgan. Uvoqlar tarzidagi kaprolaktam bunker 7 dan issiq eritish panjarasi 2 ga uzatiladi va u erda suyuqlanadi. Suyuqlanma fil’tr 5 orqali fil er 4 ga xaydaladi va uning teshigi orqali o‘tkaziladi. Oqimlar puflash kamerasi 5 ga kiritiladi, u erda bug‘lash shaxtasidan o‘tib qotadi, valik 7 da moylanadi, valiklar 8 va 9 da cho‘ziladi xamda bobina 10 ga o‘raladi. Uzluksiz elementar Kimyoviy tolalar tayyorlashda asosan quruq usul, shtapel tolalar tayyorlashda esa xo‘l usul qo‘llaniladi. SHtapel tolalar tayyorlashda 1200-5000 yoki xatto 12000-15000 teshikli, uzluksiz tolalar tayyorlashda esa 100-200 teshikli fil erlar ishlatiladi. Sun’iy va sintetik tolalar ko‘pincha kalta shtapel tolalar tarzida paxtaga aralashtirib ishlatiladi. Bunday aralash kalava ipdan to‘qilgan gazlamalar ajoyib kompleks iste’mol xossalariga ega bo‘ladi. Kompleks iplar asosan kombinatsiyalangan xajmiy ip, shakldor shnur yoki teksturalangan chirmov tarzida (mebelbop-dekorativ gazlamalar to‘qish uchun) ishlatiladi. Ular paxta iplarga qo‘shib buraladi yoki gazlamadagi iplar sistemasidan birida (tanda yoki arqoqda) ishlatiladi. Download 332.49 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling