2-Mavzu: Tola va ularni turlari. Paxta tolasining tuzilishi va kimoviy xossalari. Tolaning fizik-mеxanik xossalari. Kimyoviy tolalar. Tolaning xossalari uning kimyoviy tarkibi va tuzilishi paxtani dastlabki ishlash texnologiyasi
To‘qimachilik tolalarini asosiy xususiyatlari
Download 332.49 Kb. Pdf ko'rish
|
2-mavzu
To‘qimachilik tolalarini asosiy xususiyatlari
1-jadval. Ko‘rsat- kichlar O‘lchov birligi Paxta tolasi Zig‘ir (lub) Jun Tabiiy ipak Kimyoviy tolalar o‘rta tola- li Ingichka tolali Texnik tola Elemen- tar tola In- gich- ka Da- g‘al sun’iy tolalar Sinte- tik tolalar Tola uzunligi Mm 28- 35 35-45 150- 1200 1-60 30- 120 120- 150 500- 900 CHeki yo‘q CHiziqiy zichligi Teks 0,16- 0,22 0,12- 0,16 0,05- 0,05 0,16- 0,33 0,33- 0,66 0,66- 3,3 0,16- 5,5 0,1gacha va kichik Nisbiy pishiqligi Sn/teks 22- 23 29-38 35-45 40-65 10- 16 8-12 22-35 18-30 40-55 Uzishdagi uzayishi % 4-7 5-8 1-3 1-3 20- 40 15- 35 14-18 15-25 18-25 Olinadigan ip chiziqiy zichligi Teks 12- 125 3-12 12,5- 1000 70-1000 10- 100 50- 1000 2-16,5 2-25 2-25 Sintetik tolalar ichida poliamid birikma - kapron eng keng tarqalgan. Bu tola juda pishiq, uni xar xil chiziqiy zichlikda tayyorlash mumkin, nam xolatda pishiqligi deyarli o‘zgarmaydi. Kapron tolasi sof xolda xam boshqa tabiiy tolalar bilan aralashtirib ishlatiladi. Lavsan tolasi yuqori molekulyar poliefir birikma xisoblanadi va asosan shtapel , ba’zan ip ko‘rinishida ishlab chiqariladi. Keyingi vaqtlarda shtapel tolasi - lavsan ko‘pincha tabiiy yoki kimyoviy tolalarga aralashtirilib ishlatilmokda. Natijada ulardan to‘qilgan gazlama uncha g‘ijimlanmaydi, pishiqlashadi va ko‘rkamlashadi. Nitron tolasi poliakrilonitril birikma bo‘lib, asosan tabiiy tolalarga aralashtirilgan shtapel ko‘rinishida ishlatiladi. Nitron kapron va lavsanga qaraganda uncha yirik emas, lekin tukli bo‘ladi. Bu xossasi uni jun tolasi bilan aralashtirilgan xolda ishlatilishini taqozo etadi. Sof nitron tolalari asosan texnik gazlamalar to‘qish uchun ishlatiladi. Ip gazlamalar ishlab chiqarishda sintetik xlorin tolasi va sun’iy tolalar - yuqori modulli viskoza va polinoz tolalar xam ishlatiladi. Ular viskoza tolalarining modifikatsiyasi xisoblanadi. Kimiyoviy tolalarning xossalari tabiiy tolalarnikiga qaraganda bir tekisroq bo‘ladi, shu bilan birga ularning ba’zi xossalari - uzunligi, chiziqli zichligi, pishiqligini rostlab turish mumkin. Kimiyoviy tolalar ishlab chiqarishni kengaytirg‘shga yordam beradigan omillarning boshqa gruppasi Kimyoviy tolalar ishlab chiqarishni iqlim sharoitlariga bog‘liq emasligi, ba’zi xil tolalarni ishlab chiqarishda ish unumining yuqoriligi, xom ashyo resurslarining mo‘lligi va ularni ishlab chiqarish ekin maydonlarini kengaytirkshga bog‘liq emasligidir. Tabiiy tolalar ishlab chiqarishda zsa buning aksini ko‘ramiz. Kimiyoviy tola ishlab chiqarish sun’iy tolalar — viskoza tolalar ishlab chiqarishdan boshlandi. Keyinchalik sellyulozadan boshqa tolalar ishlab chiqarila boshlandi. xozirgi vaqtda sun’iy tolalar ishlab chiqarish barcha Kimyoviy tolalar ishlab chiqarishning yarmidan ko‘pini tashkil etadi. Barcha Kimyoviy tolalar tabiiy polimerlardan olinadigan sun’-iy xamda eng oddiy birikmalar — monomerlardan Kimyoviy sintez yo‘li bilan olinadigan sintetik xillarga bo‘linzdi. Ko‘pgina Kimyoviy to‘qimachilik tolalari yuqori molekulyar organik birikmalar xisoblanadi. SHisha va metall tolalar anorganik tolalar jumlasiga kiradi. To‘qimachilik tolalari ishlab chiqarishda foydalaniladigan Kimyoviy yuqori molekulyar birikmalar tuzilishiga ko‘ra karbosiklik va geterosiklik xillarga bo‘linadi. Karbosiklik birikmalar shunday birikmalarki, ularda sikllar-ga faqat uglerod atomlari kiradi. Ularga polietilen, polipropilen, polivinil xlorid kiradi. Geterosiklik birikmalar — sikllari (xalqalari) da, uglerod atomlaridan tashqari, boshqa atomlar: kislorod, azot atomlari va xokazo atomlar bo‘ladigan birikmalar. Ular jumlasiga ko‘pgina Kimyoviy tolalar kiradi. Barcha Kimyoviy tolalar suyuq yoki suyuqlantirilgan polimerni. filerlar — yigiruv voronkalarining kichik teshiklari orqali siqib o‘tkazish va xosil bo‘lgan ipni suyuqlik eki gaz bilan qotirish yo‘li bilan olinadi. Kimyoviy tolalar ishlab chiqarishning butun siklini quyidagi bosqichlarga bo‘lish mumkin: xom ashyo olish va uni dastlabki tayyorlash; iigiruv eritmasi yoki suyuqlanmasi xosil qilish (unga bo‘yovchi moddalar qo‘shib tayyor bo‘yalgan tola olish mumkin). Download 332.49 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling